Turkiy tillarda so‘z yasalishi hodisasi


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana18.06.2023
Hajmi395.29 Kb.
#1584028
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
turkiy tillarda so\'z yasalishi

do‘ppifurush yasamasi bilan anglashiladi. Misol: Ammamning qizi Abdurazzoq 
do‘ppifurushga tushgan edi. Do‘ppifurush ellikka borib qolgan odam (A.Qahhor, 
Sarob). 
O‘zbek tiliga soz so‘zi aslida fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib,  
“yasamoq” ma’nosini bildiradi. O‘zbek tilida -soz shaxs oti yasovchi qo‘shimcha 
sifatida qo‘llanilib, aravasoz, asbobsoz, mashinasoz, soatsoz, kemasoz, 
kompyutersoz kabi yasamalar tarkibida “so‘z yasalish asosidan anglashilgan 
narsani tuzatuvchi shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Misol: Yuk mashinasidan xaltasi 
temir - tersakka to‘la asbobsoz ranglari sarg‘aygan holda bazo‘r tushib kelardi 
(S.Boboev, Armonli dunyo); Endi sizga bitta arava kerak. Men usta Madamin 
aravasoz bilan gaplashib keldim (A.Qodiriy, G‘irvonlik mallavoy). 
O‘zbek tilining og‘zaki so‘zlashuv nutqida soatchi, kompyuterchi kabi 
yasamalarning qo‘llanilishi kuzatiladi. Adabiy tilda soatsoz, kompyutersoz “soatni, 
kompyuterni tuzatuvchi shaxs” ma’nosidagi otlarni hosil qilsa, nutq jarayonida 
ishlatiluvchi soatchi yasamasi “soatni tuzatuvchi va sotuvchi shaxs”, kompyuterchi 
yasamasi esa “kompyuterni tuzatuvchi va kompyuterda ishlovchi shaxs” 
ma’nolarini ifodalaydi.
O‘zbek tilida -soz qo‘shimchasining yakka shaxs tomonidan yasovchi, 
yaratuvchi kabi ma’noni ifodalashi g‘ayriodatiy hodisadir. Chunki mazkur 
yasovchi qo‘shimcha orqali hosil qilingan yasamalar hozirgi kunda shu narsani 


21 
ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi birdan ortiq shaxslar ma’nosini 
anglatadi
1
. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hozirgi o‘zbek adabiy tilida -soz 
qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan yasamalar “yasovchi shaxs” ma’nosini 
emas, balki “tuzatuvchi shaxs” ma’nosini aks ettiradi. 
Qoraqalpoq tiliga -soz qo‘shimchasi o‘zlashmagan. Bu qo‘shimchaga xos 
ma’no ifodalash vazifasini kemeshi, saatshы, kompyutershi singari yasamalar 
tarkibida sof turkiy tillarga oid shaxs oti yasovchi -shы//- shi qo‘shimchasi 
bajaradi. Misol: Esitken bul sөzden tappaydы qыyao‘, Kemeli jүredi, jүrmeydi 
jayao‘, Qolыnda eskegi - үsh qulash tayao‘, Mүytenniң kemeshi jigiti bardы 
(Berdaq). 
Qoraqalpoq tilining so‘zlashuv nutqida dastlabki, kemeshi misolida 
“tuzatuvchi va boshqaruvchi shaxs” ma’nosi, ikkinchi, saatshы yasamasida 
“tuzatuvchi va sotuvchi shaxs” ma’nosi, uchinchi, kompyutershi yasamasida 
“kompyuterni tuzatuvchi, kompyuterda ishlovchi shaxs” ma’nolari anglashiladi.
O‘zbek tiliga -boz qo‘shimchasi fors-tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib, ushbu 
tildagi bedanaboz, lo‘ttiboz, kaptarboz, dorboz, askiyaboz singari yasamalarda 
ijobiy va salbiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Misol: Mirvali xuddi dor 
chig‘irig‘iga osilib o‘ynayotgan dorbozga o‘xshardi (S.Ahmad, Jimjitlik); 
Holidiyning shogirdi dissertatsiya yoqlayotganida Anvar bu ilmiy ish emas, 
lo‘ttibozlik, deb fikrini isbot qilishga uringan edi (Tohir Malik, Shaytanat); U, 
katta davlatga ega bo‘laman, deb hayollanib turgan paytda butun bori yo‘g‘ini 
yutqizgan qimorbozlardek juda og‘irlik bilan qaytdi (S.Ayniy, Sudxo‘rning 
o‘limi). 
Bunday yasamalarda “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsa-hodisaga 
qiziquvchi shaxs” ma’nosi ifodalanadi. Bu qo‘shimchaning salbiy ma’no 
ifodalashini “birovga tilyog‘lamachilik qiluvchi, o‘zga qiyofada yurishni xush 
ko‘radigan shaxs” ma’nosidagi lo‘ttiboz, masxaraboz kabi yasamalardan kuzatish 
mumkin. 
1
Тожиев Ё. Ўзбек тилида аффиксал синонимия: Филол. фан. д-ри дис. – Тошкент, 1991. – Б. 126. 


22 
Qoraqalpoq tilida -boz qo‘shimchasining fonetik varianti -baz // -paz 
qo‘shimchasi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur tilda ham ushbu qo‘shimcha vositasida 
hosil qilingan yasamalar “so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsaga qiziquvchi 
shaxs” ma’nosini ifodalaydi. Qaralayotgan qo‘shimcha orqali qoraqalpoq tilida 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling