«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua
Sifat va son so’z turkumi haqida ma’lumot
Download 1.21 Mb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Sifat va son so’z turkumi haqida ma’lumot
Ba’zi turkologlar turkiy bobotilda sifatning mustaqil so‘z turkumi bo‘lganligiga shubha bilan qarashadi. "Turkiy bobotilda sifatlar maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega bo‘lmaganlar, ularning mustaqil leksik — grammatik razryad tur sifatida mavjud bo‘lganligi ham shubha uyg‘otadi" (SHerbak A.M., 1977, 108 —bet). Uning fikriga ko‘ra, sifatlar otlarning semantik — funksional taraqqiyoti natijasida yoki o‘zga morfologik tizim (qurilish) asosida paydo bo‘lgan(kelib chiqqandir). (SHerbakA.M., 1977, 109-bet). Afsuski, bunday mezon tilshunoslarimiz orasida keng tarqalgan nuqtai nazarga mosdir. Agar morfologik ko‘rsatkich bo‘lmasa, so‘z turkumi ham yo‘q. Sifatlar kishilar ongida predmetlarning belgi va xususiyatlarini ajratishga asoslangan leksik — funksional tur(razryad) bo‘lib, dunyoning barcha tillarida mavjuddir. Turkiy tillardagi ko‘pgina qo‘shimchalar juda qadimiy bo‘lib, turkiy bobotil davridan buyon qo‘llaniladi. Turkiy tillarda sifatlarni ikki kata guruhga ajratish mumkin: 1) tub sifatlar, 2_ yasama sifatlar. Tub sifatlarni qismlarga ajratib bo‘lmaydi. Bunday sifatlar u qadar ko‘p emas: sara — sora: turkchada kara, qo‘miqchada qara, no‘g‘ay tilida qara, qozoq tilida qara, qirg‘izchada hara, ozarbayjonchada gara, tatar tilida sara, chuvash tilida xura. ats-ots: turk tilida ak, qo‘miqchada ats, no‘g‘aychada ak, qozoqchada ah, qirg‘iz tilida ats, qoraqalpoq tilida ah, tatar tilida ats, boshqird tilida aq. yani—yangi: no‘g‘ay tilida uap’, qo‘mik tilida icmy, qoraqalpoq tilida jana, qozoq tilida jana, uyg‘ur tilida ieuu, ozarbayjon tilida ueni. bosh—bo‘sh: qo‘miqchada bosh, turkchada bash, ozarbayjonchada bash, turkman tilida bosh, uyg‘urchada bosh, qozoqchada bas, qoraqalpoqchada bas.YAsama sifatlar so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi. Masalan, tatar tilida kyosh—kuch so‘ziga — L1 qo‘shimchasini qo‘shish orqali xyoshl/-kuchli sifatini yasash mumkin, janjal, urush ma’nolarini anglatuvchi sug‘sh so‘ziga — shan qo‘shimchasini qo‘shish orqali sug‘shan — urishqoq, janjalkash sifatini hosil qilish mumkin. Turkii tillarda sifatlarning qo‘llanishida ma’lum cheklanishlar bor. Bunga sabab shuki, sifatli birikmada ilk unsur sifat ma’nosiga ega bo‘lgani hodda, ot shaklida qoladi: tatartshshda k’sh ‘gas- kush uyasi(ini), telk/ mex-tulki mo‘ynasi, turk tshgada demir yol — temir yo‘l, qo‘miq tilida gumush caram - kumush soat kabi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling