«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua
Olmosh so’z turkumi haqida ma’lumot
Download 1.21 Mb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatish olmoshlari.
Olmosh so’z turkumi haqida ma’lumot
Ma’lumki, olmoshlar kelib chiqishi, tarixi shakli, darajasi va ma’nosiga ko‘ra turkiy tillarda ikki katta guruhga ajratiladi: Olmoshlar(kishilik, ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari). Olmosh so‘zlar(belgilash, bo‘lishsizlik, gumon va jamlash olmoshlari). Bunday guruxlantirishning asosiy sababi ularning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishidagi o‘ziga xoslikka asoslanadi. Xususan, shaxs ma’nosidagi 1—guruh olmoshlarining turlanishi shaxs ma’nosini ifodalaydigan olmoshlarnikidan sezilarli darajada farqlanadi.N.N Poppe bu hodisaning mo‘g‘ul tiliga ham xosligini ta’kidlagan. Ko‘rsatish olmoshlari. Turkiy tillarda ko‘rsatish olmoshlari vositali kelishiklar bilan turlanganda turlicha fonetik ko‘rinishlarni oladi. Ko‘pchilik turkologlar (Kononov, Bang, Serebrennikov va boshqalar) dastlabki qadimiy variantdagi ko‘rsatish olmoshlarida «n» tovushi bo‘lmaganligini ta’kidlaydilar. Ko‘rsatish olzyushlarining fonologik tuzilmasidagi o‘zgarishlarning mohiyati til faktlarining areal tadqiqi orqaligina oydinlashtirishi mumkin. «Bu» olmoshi ayrim turkiy tillarda «m» tovushi bilan almashadi. Bu holat vositali kelishiklar bilan turlangan olmoshlarda yuz beradi. O‘zbek, turk, tatar, turkman, oltoy tillarida ko‘rsatish olmoshlarining bosh kelishik shakli «b» tovushi ishtirokida shakllansa, nog‘ay, shor, turkman, tatar tillarida vositali kelishik shakllari «m» bilan almashadi: nog‘aychada mun’n(buning), shor tilida mo‘nda(bunda), turkman tilida muna(bunga), tatar tilida moni(buni) kabi. Barcha turkiy tillarda bu, shu, u olmoshlari vositali kelishiklar, bilan qo‘llanganda o‘zakda bir «n» tovushi orttiriladi. Hatto ayrim tillarda shu asosda olmosh tarkibidagi unli tovush o‘zgarishga uchraydi. Masalan, turk tilida shunan(shuning), turkman tilida ol—ona(u—unga), tatar tilida ul—an’(u~uni; annan(undan)k&bi. Bu xususiyat ham turkiy tillarda so‘z o‘zagidagi unlining qatiy ekanligini t ko‘rsatadi. . Ayrim turkiy tillarda te(e), tu o‘zagi asosida ko‘rsatish olmopxlari yasalgan. «Ana u» olmoshi o‘rniga qirg‘izchada — te:, turkchada;: de shu, oltoychada tu ol, gagauzchada te bu so‘zlari qo‘llaniladi. So‘roq olmoshlari. Turkiy tillar so‘roq olmoshlari fonetik variantlariga ko‘ra, bir —biriga yaqin bo‘lsa —da, morfemik tuzilishi va ma’nolari jihatdan birmuncha farq qiladi. Tarixiy taraqqiyot .davomida boshqa so‘zlar kabi so‘roq olmoshlarida ham asosa-n unli tovush o‘zgarganligini kuzatish mumkin. «Kim» olmoshi O‘rxun —Enasoy yodgorligida kem, qadimgi turk tilida kim ko‘rinishida uchraydi. Kem shakli oltoy tilida saqlanib qolgan. Boshqa turkiy tillarda kim olmoshi o‘zakdagi unlining uzun —qisqa va qattiq — yumshoqligi bilan o‘zaro farqlanadi. Masalan, qirg‘iz, turkman, qumiq, turk, ozarbayjon, yoqut tillarida kim, tatar, qozoq, nog‘oy, uyg‘ur, boshqird tillarida sh shaklida ishlatiladi. CHuvash tilida esa kem so‘roq olmoshi qo‘llanadi. Ushbu dalillar boboturk davrida kim va kem sheva shakllari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. «Nima» so‘roq olmoshi ko‘pchilik turkiy tillarda ne(ne, ni) ko‘rinishidadir. Masalan, ozarbayjonchada ne, qozoq, qumiq, nog‘ay, turk tillarida ne shaklida qo‘llanadi. Turkman(neme), o‘zbek(nima), uyg‘ur(nime), xakas(nime) tillarida esa ikki bo‘g‘inli shaklda mavjud. Bu olmosh o‘zagidagi qaysi unli ilk davrga xosligini aniqlash qiyin. Ko‘pchilik olimlar «e» unlisi dastlab mavjud bo‘lib, keyinchalik «e» ga aylanganligini ta’kidlaydilar. F.Isxoqov chuvash tilida bu olmosh m’n shaklida uchrashiga asoslanib, ko‘pchilik turkiy tillarda ne olmoshi takrorlanib, qavatlanib qo‘llanganligini ko‘rsatadi(oltoycha ne~me, boshqirdcha ne~me, uyg‘urcha ni-me kabi). Uning fikricha, ayrim tillarda ikki olmosh negizning qo‘shilganligini ham ko‘rish mumkin. Masalan, qirg‘izcha emne — e(ne-m(-me)-ne ( qiyoslang, qozoqcha nemene) va tatar tilidagi nerse? — ne~ersa? birikuvidan hosil bo‘lg‘an degan qarash mavjud. Narsa — voqeaning noma’lum belgisini ifodalovchi qanday? so‘roq olmoshi ham ikki so‘zning, ya’ni qan va tag‘ birikuvidan hosil bo‘lganligi taxmin qilinadi. Bu olmosh qipchoq shevalarida qanday?, oltoychada qando‘y? yoqut tilida esa xanno‘k - qando‘g‘ shaklida qo‘llanadi. Qalay? olmoshining tarkibi ham qan asosiga -lay qo‘shimchasini, qaysi? so‘rog‘i esa -so‘ affiksining qay o‘zagiga qo‘shilishidan hosil bo‘lganligi turli manbalarda ta’ki dlanadi. Masalan, tatarchada soys’, boshqirdchada qays’, qirg‘iz, qumiqva uyg‘urchada saiso‘, xakaschada xshzo‘ kabi. Ayrim turkiy tillarda shunday ma’noni ifodalashda ne, ni olmoshlari qatnashadi: yaechik(qumiq), neche, ne jur(ozarbayjon),nichik,n1shen(turkman),nisek(boshqird).Turk tilida bu olmoshlar o‘rnida hangi? so‘rog‘i ishlatiladi. Ta’kidlash joizki, turkiy tillarning so‘nggi davrdagi taraqqiyotida tarixiy shakllar yangi shakllar bilan uyg‘unlashganligi olmoshlarning hosil bo‘lishida ham ko‘zga tashlanadi. Bu holat ham turkiy tillarda analitik birikmalarning faolligini ko‘rsatadi. Qiyoslang:na—na,na— ra—ya(ozarbayjoncha),yae—re—ye(turkcha),yai— re,ni— rek(turkmancha),xag—d—ar(xakascha), st jatsqa?(qozoqcha), st erge (uyg‘urcha) kabi. Ko‘rinib turibdiki, so‘roq olmoshlarining asosiy qismi turkiy tillarda qay yoki i$ai so‘zlari asosiga turli qo‘shimchalar yoki qadimgi tilda ot ma’nosini ifodalagan so‘zlar qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan. Bu fikrni qancha? qachon? olmoshlari misolida ham asoslash mumkin. O‘g‘uz shevalarida bunday olmoshlar ne, ni so‘zlarining turli ko‘rinishlariga ega. Masalan,yaege(1^1iqgozarbayjon^yaeshe(nog‘ay),yaishe(tatar}, yaise(boshqird) kabi. Turk va turkman tillarida vositali kelishik qo‘shimchalari orqali hosil bo‘ladigan so‘roq olmoshlarida ne so‘zidan so‘ng -re orttiriladi. Qarang: ne—re—den(turk), ni— re—dgeya(turkman) kabi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling