Tursunova Sayyora Qahramonovna
II Bob yuzasidan xulosalar
Download 284.65 Kb.
|
dissertatsiya oxirgi 2022
II Bob yuzasidan xulosalar; Demak, bizga ma’naviyatli, madaniyatli, tarixini hurmat qila oladigan bo’lajak avlod kerak ekan,buning uchun har tomonlama shaxsni tarbiyalashni burch qilib olishimiz zarur.
O’quvchi yoshlarimizda dastlabki tushunchalar oila, mahalla va bolalar bog’chasida tarkib topar ekan, ularni milliylik ruhida tarbiyalashga ko’proq e’tiborimizni qaratishimiz, tariximizni o’quvchi ongiga yetib boruvchi qiziqarli metodlardan foydalanib tadbirlar orqali, teatr tomoshalari, muzeylar, bolalar uchun mo’ljallangan ko’rsatuvlar orqali, keksalarimizning ibratomus namunalari orqali hamda kitob mutoolasi orqali singdirib borsak maqsadimizga erishgan bo’lamiz. Xulosa sifatida Boshlag’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirish uchun quyidagilarga e’tibor berishni tavsiya qilamiz: Uzluksiz ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilarga o’zbek xalqini urf –odatlari asosida “Mening oilam”,”Mening vatanim’’, ’’Men nechun vatanimni sevaman”, ”Men vatanimnini asl farzandiman’’, ”Buyuk siymolarimiz”, Donolar bisotidan”, Mening ona tabiatim,bor bo’lsin!’’, To`zalik sog’lik garovi”, mavzularda suhbatlar, uchrashuvlar, bellashuvlar, keсha va tadbirlarva bundan tashqari turli bayram munosabati bilan ko’rik tanlovlar ,musobaqalar, istedodlar bellashuvi, kitobxonlik kechalari tashkil etilishi ayni muddao hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan xalq og’zaki ijodi namunasida Sherbodlik nafaqadagi oliy toifali o’qituvchi Marvara Otaniyo`zova o’zining tashabbusi bilan kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni milliy ruhda ma’naviy madaniyatimizga kattagina hissa qo’shib kelayotgani , hamda shu tumandagi ,,Uzunsoy’’mahallasida yashovchi Turg’unova Hurdonaning kitobxonlik tanlovida ishtirok etishi, hamda turli manaviy-ma’rifiy ishlar borasida qilinayotgan ishlar yoshlarimiz ma’naviy madaniyatini takomillashishiga oila, maktab, mahalla hamkorligi doirasida juda katta hissa bo’lib ,muhim zamin yaratadi. . Tarbiya metodlari ichida eng ko‘p qo’llanadigan turi bu namuna, ibrat ko‘rsatish, ya’ni o‘rnak bo’lishdir. Buni ikki xil yo‘nalishda amalga oshirish mumkin. Birinchisi, yaxshi fazilatlarga ega bolgan insonlarming ibratli jihatlarini ko‘rsatish orqali undan o‘mak olishga undalsa, ikkinchisi salbiy axloqli kishilaming nojo’ya ishlarini ko‘rsatish bilan undan nafratlanishga o‘rgatiladi. Buyuk allomalar va mutafakkirlarning hayot yo’li bizga doim ibrat maktabi bo‘lib qoladi. Chunonchi, oiladagi kattalar ham o‘z farzandlari uchun doimo o‘rnak ko'zgusi bo’moqliklari kerak., zero xalqimiz «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», deb bejiz aytishmagan. Download 284.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling