Tursunova Sayyora Qahramonovna


III. BOB. Tajriba sinov ishlarining samaradorligi


Download 284.65 Kb.
bet20/31
Sana27.01.2023
Hajmi284.65 Kb.
#1130962
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya oxirgi 2022

III. BOB. Tajriba sinov ishlarining samaradorligi.
3.1. Boshlag’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni rivojlantirish tizimini takomillashtirish samaradorligini oshirish bo’yicha tajriba sinov ishlari mazmuni.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tajriba-sinov ishlari 2020-2022 yillar davomida Termiz shahar 9 - 15 –sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda Angor tumanidagi 33- sonli maktabidan 205 nafar o’quvchilari ishtirokida o’tkazildi.
Tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichida (2020-2021 yillar) muammoning pedagogika fanida ishlanganlik darajasi o‘rganildi; o’quvchilarda ma’naviy madaniyatning dastlabki shakllantirish nazariy yondashuvlar; o’quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish muammosining pedagogik va psixologik tadqiqotlarda o’rganilishi, manaviyat tushunchini o’quvchilar ongiga singdirish jarayoni mazmuni o‘rganildi, tadqiqotning asosiy nazariy tushunchalari tahlil etildi va ularning o’ziga xosligi hamda o‘zaro aloqadorligi tahlil qilindi; tadqiqotning tushunchalar apparati aniqlashtirildi; pedagogik eksperimentning qayd etuvchi va shakllantiruvchi bosqichlari mazmuni va metodikasi ishlab chiqildi.
Ikkinchi bosqichda (2021 – 2022 yil ) qayd qiluvchi eksperiment o‘tkazilib, unda an’anaviy tashkillashtirish sharoitdagi talabalarda tabiiy-ilmiy yuksak axloqiy fazilatlarning shakllanganlik darajasi, yuksak manaviy madaniyatni shakllantirishda kitobxonlikdan foydalanish ahamiyati o‘rganildi; o’quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishda xalq og’zaki ijodidan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi va ilmiy asoslandi; talabalarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishda birinсhi navbatda oilaning o’rni muhimligi foydalanish metodikasi samaradorligini tekshirish maqsadida shakllantiruvchi eksperiment o‘tkazildi.
Uchinchi bosqichda shakllantiruvchi eksperiment natijalari statistik tahlili amalga oshirildi; o’quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishda turli to’garaklar, sport mashg’ulotlari, ijodiy kechalar, sayilgohlar, oila tarbiyasi, madaniyat manzillari va kitobxonlikdan foydalanish metodikasi samaradorligini tasdiqlovchi nazorat eksperimenti o‘tkazildi, xulosalar shakllantirildi. Tajriba-sinоv ishlarining asоslоvchi bоsqichida bоshlang’ich ta’limda chet tillarni о’qitishda didaktik о’yinlardan fоydalanish metоdikasi samaradоrligini оshirishning dоlzarbligi asоslandi.
Tajriba-sinоv ishlarimiz mazmunida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy ma’rifiy tadbirlar faoliyati jarayоnida, ta’lim jarayоnida ulardan fоydalanish yо’lida quyidagi pedagоgik vazifalarni ijоbiy hal etishlariga e’tibоr qaratdik:
1. Ta’lim jarayоnida o’qish va tarbiya fanlarida berilgan mavzularni ma’naviyatimiz rivojiga hissasi haqida nazariy ma’lumоtlar berish, ularda о’yinlar bоrasida tasavvurni hоsil qilish.
Mazkur vazifalarning ijоbiy hal etilishi quyidagi didaktik shartlarga amal qilishni taqоzо etadi:
1. О’qituvchi va о’quvchilarga didaktik о’yinlar haqida nazariy bilimlar berishda hоzirgi zamоn talablarini inоbatga оlish.
2. Bоshlang’ich ta’limda manaviyat kо’nikmalarini didaktik о’yinlardan fоydalanishda ularning pedagоgik-psixоlоgik xususiyatlari va qiziqishlarini hisоbga оlish.
3. О’quvchilarni tillarni mustaqil ravishda о’rganishga rag’batlantirish.
Ma’naviy-axloqiy fazilatlar va ular mazmunini ifodalovchi savollarning aloqadorligidan ma’naviy madaniyatni rivojlantirish orqali o’quvchilarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish samaradorligini aniqlashga doir so‘rovnoma savollarini ishlab chiqishga harakat qildik.

O’quvchilarda ma’naviy sifatlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlashga qaratilgan so’rovnoma:


1.Bo’sh vaqtingizda kitob o’qib turasizmi ?
2.Yoshi katta bobojon va buvijonlar bilan suhbatlashib turasizmi?
3.Ota –onangiz va sinfdoshlaringiz bilan teart ,muzey, sayilgohlarga, ko’ngil ochar joylarga tez tez borib turasizmi?
4.To’garaklar va sport sihasiga yoki biror san’at turiga qatnashasizmi?
5.Milliy qadryatlarimiz,milliy o’yinlarimizga, tarixiy an’analarimizga qiziqishingiz va munosabatingiz qanday?
Ma’naviy-axloqiy fazilatlar va ular mazmunini ifodalovchi savollarning aloqadorligi
Ma’naviy-axloqiy fazilatlar Guruh nomi Ma’naviy-axloqiy fazilatlar mazmunini ifodalovchi savollar
Xushmuomalalik, samimiylik, kamtarlik, xayrixohlik, mehribonlik. Umumiy axloqiy sifatlar Ma’naviyat nima?
Go‘zallikni his etish, sabr- qanoatlilik, nafsni tiyish, sharm-hayo. Me’yorni belgilashga oid axloqiy fazilatlarga nimalar kiradi? Ma’naviy me’yorlar tushunchasiga nimalar kiradi?
Halollik, saxiylik, rahm-shafqatlilik. Ezgulik va yovuzlik tushunchalariga oid axloqiy fazilatlar “Ezgulik”, “yaxshilik”, “yomonlik” tushunchalarining mazmun-mohiyati nimada ko‘rinadi?
Sofdillik, adolatlilik,sadoqatlilik.
To’g’rilikka oid axloqiy fazilatlar “Adolat” tushunchasini qanday tushunasiz?
E’tiqodlilik, vijdon, diyonatlilik, iffatlilik, andishalilik, insonparvarlik, g‘amxo‘rlik. Mas’uliyatni his etishga oid axloqiy fazilatlar “Burch”, “vijdon”, “majburiyat” va “ma’naviy javobgarlik” tushunchalarini qanday tushunasiz?



Download 284.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling