Tursunova Sayyora Qahramonovna


-rasm. Yakuniy diagnostika


Download 284.65 Kb.
bet28/31
Sana27.01.2023
Hajmi284.65 Kb.
#1130962
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
dissertatsiya oxirgi 2022

3.2-rasm. Yakuniy diagnostika
3.2-rasmdan eksperiment guruhidagi o’quvchilarning anketa so’roqlariga bergan javoblarining natijalari nazorat guruhidagi o’quvchilarning anketa natijalariga qaraganda ancha yuqoriligi ko’rinib turibdi. Ilmiy-nazariy, metodik tayyorlanganlikda va boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari qilishga funktsional tayyorligida ijobiy dinamika kuzatiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish modelini amalda tadbiq qilish boshida o’tkazilgan dastlabki tashxis natijalari bilan taqqoslaganda, eksperiment yakunida:
Ko’rgazmalilik darajasini oshirish maqsadida, 3.3-rasmda o’quvchilarning tashxis natijalarini ko’rsatamiz.

3.3 - rasm. Verbal kreativlikning tashxisi
3.3-rasmdan eksperiment guruhidagi o’quvchilarning sinov natijalari nazorat guruhidagi o’quvchilarning natijalaridan ancha yuqori. Eksperiment guruhi o’quvchilarining verbal kreativliginingo’sishining ijobiy dinamikasi yaqqol ko’rinib turibdi.
Eksperiment yakunida bo’ljak boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish modelini amalda tadbiq qilish ishlarining boshida o’tkazilgan boshlang’ich (dastlabki) tashxis natijalari bilan taqqoslash:
past daraja nazorat guruhidagi o’quvchilarning 30,1 % da ro’y berishini, o’sish 4% -ni tashkil etganini va eksperiment guruhidagi sinovda qatnashganlar orasida faqat 8,7% past daraja ko’rsatganini, eksperiment boshida esa (boshlang’ich tashxis) bu ko’rsatkich 28,96 % -ni tashkil etganini, o’sish - 21 %;
o’rtacha daraja nazorat guruhidagi o’quvchilarning 65.4% va eksperiment guruhidagi 76.9% mos kelganini, bu esa eksperiment guruhidagi o’quvchilarning ustunligini namoyish qilishini (11.5 %);
boshlang’ich tashxis natijalariga ko’ra o’quvchilarning verbal kreativligining yuqori darajasi nazorat guruhining 6,8% -da, eksperiment guruhining 5.6% -da kuzatilganini. Yakuniy tashxis natijalariga ko’ra eksperiment guruhidagi o’sish 9,7% -ni, nazorat guruhida esa atigi 1,7% -ni tashkil etganini ko’rsatdi.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, biz tanlagan quyidagi mezonlar: boshlang’ich sinf o’quvchisining professional faoliyatining ko’rsatkichlari shaxsning imkoniyatlari, boshlang’ich sinf o’quvchisining xulq-atvori uslubi va xususiyatlari bo’lmish ijodga yo’naltirilganligi; boshlang’ich sinf o’quvchilarining ko’rsatkichlari ma`naviy madaniyatini shakllantirishga bo’lgan ilmiy-nazariy, metodik va shaxsiy tayyorgarligi bo’lmish o’quvchining ijodiy vazifani bajarishga bo’lgan tayyorligi; boshqalarga o’xshamaslik (originallik), betakrorlik, mahsuldorlik orqali namoyon bo’ladigan verbal kreativlik mezonlari bo’yicha tashxis natijalari quyidagi eksperimental tarzda tasdiqlangan xulosalar chiqardik. Ta’lim faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirishga ko’maklashuvchi pedagogik shart-sharoitlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z-o’zini rivojlantirishga qaratilgan tayyorlik sifatida ijodiy kompetentlikni shakllantirishga yo’naltirilgan ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatiga munosabatidan; boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini jarayonini ma`naviy madaniyatgang pedagogik tajribasini disseminatsiya qilishga (tarqatishga) qaratilganligidan (orientatsiya qilinganligidan); ijodiy kompetentlikni shakllantirishga mo’ljallangan ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida akmeologik, tizimlilik, kompetentlik, shaxsiy-faoliyat, kontekst, androgogik, yaxlitlik, tizimli-faoliyat vabi yondashuvlarni amalga oshirishning birligi (yaxlitligi)dan; ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini jarayonida ta’lim jarayonining sifatiga ijobiy ta’sir o’tkazadigan sub’ektlikning rivojlanishiga qadriyatli munosabatdan iborat.
Yuqoridagi qiyosiy taxlilni va tajriba sinov ishlarining bosqichlarida olingan natijalarning xaqqoniyligini isbotlash maqsadida matematik statistik usullar orqali statistik taxlil qilindi. Statistik taxlilni amalga oshirishda Pirsonning muvofiqlik kiriteriyasi (xi kvadrat usuli)dan foydalanildi. Tajriba sinov ishlarini taxlilida2 usulini qo’llash, bosh to’plam, ya’ni o’quv jarayonining normal taqsimot qonuniga bo’ysinishi haqidagi farazni tekshirishni talab etadi. Tajribava nazorat guruhlaridaolingan natijalarning bajriba bosqichlaridagi darajalarining qanday tarzda o’zlashtirishlarini taqqoslash maqsadidaguruhlarda o’zlashtirish bahosining o’rtacha qiymati deb olindi. Bu yerda xi – o’zlashtirish ko’rsatkichi bo’lib, ular past, o’rtacha, va yuqori qiymatlar(darjalarning sonli qiymatlari 3-jadvalda keltirilgan) qabul qiladi. mj – baholardan takrorlanishlar soni, N–tajribada ishtirok etayotgan o’quvchilar soni. Tajriba va nazorat guruhlarining o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichlarining nisbati samaradorlik koeffitsenti sifatida olindi.. Bunda N0 gipoteza sifatida tajriba va nazorat guruhlarida baholash turlari bo’yicha kutilayotgan ehtimollar teng (r11=r21, r12=r22, … r1s=r2s)deb,al’ternativ N1 gipoteza sifatida (r11r21, r12r22, … r1sr2s) olindi. Ushbu statistik gipotezani tekshirish uchun2 mezonidan foydalandi. Ya’ni
formulasidan foydalanildi. Bu yerda statistik qiymat, n1va n2tajriba-sinov ishlarida ishtirok etgan respodentlar soni bo’lib,n1 tajriba guruhidagi,n2– nazorat guruhlaridagi qatnashgan respedentlarning soni. O1iva O2i lar mos ravishda tajriba va nazorat guruhlaridagi baholash turlariga nisbatan olingan baholar miqdori.
Statistik gipoteza sifatida olingan ko’rsatkichlarning qiymati bilan takqoslanadi. Agar bo’lsaN0 (olib borilgan tajriba-sinov ishlaridagi tajriba guruxlaridagi olingan natijalar samarasiz) gipoteza rad etilib, N1 (olib borilgan tajriba-sinov ishlaridagi tajriba guruhlaridagi olingan natijalar samarali) gipotezaqabul qilinadi.
Bu yerdagi - normallashgan chetlanish ishonch ehtimoli p asosida aniqlanadi. Ozodlik darajasi esa K=S-1 formulasi orqali topiladi S-baholash turlari 2mezonini tajriba natijalari tanlagan respodentlarda 3 ta baholashturlari asosida olib borilgani uchuns=3 ga teng Unda, p=0,05 deb olsak, K=S-1=2 bo’lib2jadvali asosida olingan =5,99 ga teng.
Tariba sinov ishlaridagi baholash mezoni bo’yicha S=3 ga teng. Shuning uchun quyidagi formula asosida hisoblash ishlarini olib boramiz

Ushbu formulalar va yuqoridagi olingan natijalarning umumlashgan xisob Ushbu jadval ko’rsatkichlariga ko’ra dastlabki bosqichda tajriba va nazorat ugurxlaridagi o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichlari bir biriga yaqin bo’lib, samaradorlik ko’rsatkichi 1 ga teng, xi kvadrat mezoniga asosan emprik qiymat kritik qiymatdan katta bo’lmagani uchun N0 gioteza qabul qilinadi, oraliq bosqichlarda esa samaradorlik ko’rsatkichi 1.12 barobar yuqoriligini va emprik qiymat kritik qiymatdan katta bo’lgani uchun N1 gioteza qabul qilinadi. Xuddi shunda yakuniy bosqichda xam samardorlik ko’rsatkichi 1.18-1.20 barobarga yuqori bo’lib, emprik qiymat kritik qiymatdan katta bo’lgani uchun N1 gioteza qabul qilinadi.


Download 284.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling