Tursunova Sayyora Qahramonovna


Pedagogik tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari tahlili


Download 284.65 Kb.
bet26/31
Sana27.01.2023
Hajmi284.65 Kb.
#1130962
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
dissertatsiya oxirgi 2022

3.2. Pedagogik tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari tahlili
Biz tashxisni ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirishning samaradorligi haqidagi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, saqlash va tarqatish bo’yicha monitoring ishlari shakllaridan biri deb belgilaymiz.
Ishimizning eksperiment qismi tavsifiga o’tamiz.
Axborotlarni yig’ish tartibi tarkibida boshlang’ich va yakuniy tashxisdan amalga oshirildi. Dastlabki va yakuniy tashxis ushbu tadqiqot ishida aniqlangan mezon va ko’rsatkichlarga muvofiq dastlabki va yakuniy natijalarni aniqlash uchun mo’ljallangan edi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish darajasini aniqlashga qaratilgan tashxis ishlarini biz 2020-2021 o’quv yili, 2021-2022 o’quv yili davomida amalga oshirdik.
Nazorat va eksperiment guruhlaridagi boshlang’ich sinf o’quvchilari soni 205 nafar: 101 nafar o’quvchi - nazorat guruhi, 104 nafar o’quvchi - eksperiment guruhini tashkil qildi. Shulardan nazorat va eksperiment guruhlariga Termiz shahar 9-umumiy o`rta ta`lim maktab o’quvchilari 101 nafar, 51-nazorat guruhida, 50- nafar tajriba guruhida, Termiz shahar 9-umumiy o`rta ta`lim maktab o’quvchilari 104 nafar: 64 nafar o’quvchi - nazorat guruhida, 42- nafar tajriba guruhida, Toshkent davlat pedagogika universitetilarida 101 nafar: 51 nafar o’quvchi - nazorat guruhida, 50- nafar tajriba guruhida tajriba-sinov ishlari o’tkazilgan.
Eksperiment va nazorat guruhlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarini tadqiqot o’tkazish shartlari tarqatma materiallarning mavjudligi, yopiq turda qurilgan, biroq sinov ishtirokchilaridan keng javob berishni talab qilmaydigan vazifalarning
so’rovnomalar,usullarning bir xilligi kabi bir xil bo’lgan.Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar shakllantiruvchi eksperimentning yakuniy natijalarini umumlashtirish uchun foydalanildi.
Eksperiment natijalarini birinchi mezon bo’yicha baholash-o’quvchining professional faoliyatida ma`naviy madaniyatga yo’naltirilganlik.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining professional faoliyatida ma`naviy madaniyatga yo’naltirilganlikning ko’rsatkichlarini baholash uchun biz o’quvchi V.I.Zverevning shaxsiy sifatlarini tashxis qilish usulidan foydalandik (3-ilova). Ushbu usul boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarining quyidagi kabi muhim tarkibiy qismlarini baholashga imkon berdi:
a) shaxsning ijodiy yo’naltirilganligi, jumladan, motivlar va ehtiyojlar, emotsiyalar (his-tuyg’ular), qiziqishlar (manfaatlar);
b) o’quvchining qabul qilishi (idroki), tafakkuri, xotirasi, moslashuvchanligi, aqlining reaktivligi va tanqidiyligi, nutqi, irodasi va qobiliyatlarigabog’liq bo’lgan ijodiy imkoniyatlari;
v) qadriyat orientatsiyalari.
Ballar yordamida baholash o’quvchining shaxsiy sifatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
Ushbu usulning afzalligi uning ob’ektivligidan; past, o’rta yoki yuqori qiymatga mos ma’lumotlarni darajaviy farqlash imkoniyatidan iborat.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tashxis metodikasi savollariga va tasdiqlarni tanlashiga (javoblariga) qarab yig’iladigan (to’planadigan) ballar nazorat va eksperiment guruhlaridagi o’quvchilarning professional faoliyatida ma`naviy madaniyatga yo’naltirilganlikning miqdoriy va sifat komponentlarini aks ettiradi.
Eksperiment va nazorat guruhlarining ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarini tashxisini 2020-2021 o’quv yilining boshida o’tkazdik. Bu amal shakllangan ko’rsatkichlar dinamikasini aniqlash va boshlang’ich sinf o’quvchilarining mustaqil faoliyatida ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish texnologiyasiga isloh kiritish maqsadida tajribaning amaliy tadbig’i boshlanishi davriga to’g’ri keldi (oraliq tashxis); 2019-2020 o’quv yili yakunida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish bo’yicha biz tavsiya qilgan model va texnologiyaning samaradorligini aniqlash bo’yicha diagnostika ishlari olib borildi (yakuniy diagnostika).
Ma’lumotlarni umumlashtirish va dastlabki diagnostika ma’lumotlarining ko’rgazmaliligini yanada oshirish uchun ajratilgan ko’rsatkichlar bo’yicha natijalarni statistik jihatdan o’rta qiymatlarga keltirilgan ko’rsatkichlardan foydalandik. O’rtacha qiymatlar .Formulasi yodamida hisoblandi. Qo’rsatkichlarning o’rtacha qiymatlarini hisoblash (“o’rtacha qiymatga keltirilgan profillar”) umumlashtirilgan 3.2.2-jadvalning o’ng tomoniga kiritilgan.
Jadvaldan professional faoliyatda ma`naviy madaniyatga yo’naltirilganlikning pastligi nazorat guruhidagi o’quvchilarning 27% va eksperiment guruhidagi o’quvchilarning 25% javoblarida qayd etilganligiko’rinib turibdi. O’rtacha daraja nazorat guruhidagi o’quvchilarning 66% va eksperiment guruhidagi o’quvchilarning 69% javoblarida bo’ladi. Nazorat guruhidagi o’quvchilarning 7% va eksperiment guruhidagi o’quvchilarning 6% javoblarida yuqori daraja qayd etilgan. O’zo’zidan ayonki, tafovut ahamiyatsiz va har ikki guruh ishtirokchilari natijalarining qariyb teng ekanligini anglatadi.
Shunday qilib, nazorat va eksperiment guruhlarining boshlang’ich sinf o’quvchilarining dastlabki tashxisi natijalaridagi tafovut ahamiyatsiz bo’lib, bu eksperiment ishtirokchilarida barobar (teng) "boshlang’ich" imkoniyatlar mavud bo’lganligini ko’rsatadi. O’z professional faoliyatida ma`naviy madaniyatga yo’naltirilganlik darajasi o’rta va yuqori darajada bo’lgan o’quvchilarning foizi pastligi eksperimentator o’quvchisini ijodiy to’garak tashkil qilish va ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqishga undadi. Oraliq natijalarni baholash, o’quvchining professional faoliyatida ma`naviy madaniyatga yo’naltirilganlikni (darajasini) o’zgartirish uchun faoliyatga ehtimoliy (mumkin bo’lgan) islohlar qiritish uchun oraliq tashxisni amalga oshirdik.

Download 284.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling