Tursunova Sayyora Qahramonovna


IV. UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR


Download 284.65 Kb.
bet30/31
Sana27.01.2023
Hajmi284.65 Kb.
#1130962
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
dissertatsiya oxirgi 2022

IV. UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini takomillashtirish, uning shakllanish darajasi pedagogik faoliyati muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir. Ma`naviy madaniyat tarkibiga shaxsning ma`naviy madaniy yo’nalganligi, shaxsning ma`naviy madaniy imkoniyatlari, qadriyat orientatsiyalari, o’quvchining ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tayyorlanganligi, fikr-mulohaza, qarorlarining boshqalarga o’xshamasligi (originalligi) va betakrorligi, va nostandart vaziyatlarda faoliyatning mahsuldorligi kiradi. O’rganilayotgan muammoning muhimligi va dolzarbligi metodologik va nazariy asoslashni hamda jiddiy metodik ishlab chiqishni talab qiladi.
Ma`naviy madaniyat, shuningdek boshlang’ich sinf o’quvchisining umumiy ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari, ko’nikmalar va malakalarga asoslanadi. Ma`naviy madaniyat o’zgacha tarzda: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni shubha ostiga oluvchi maxsus tafakkur tarzida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’quvchisining mustaqil ta’lim faoliyatda ma`naviy madaniy kompetentligini rivojlantirish jarayoni o’qituvchini nostandart boshqalarga o’xshamagan (original) vazifa va vaziyatlarni keltirib chiqarish (tashabbuskor bo’lish) va hal qilishga tayyorlashga yo’naltirilgan.
Ma`naviy madaniy to’garak ishtirokchilari bilan hamkorlikning guruh shakllaridan foydalanib, ularni faol ma`naviy madaniy faoliyatga jalb qiluvchi ustoz o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. Bu bosqichda tajribani tahlil qilish va hamkasblariga uzatish (ular bilan baham ko’rish uchun) ko’paytiriladi. O’z tarkibida muammo qo’yish yo’li bilan yangi narsa (g’oyaya, mexanizmlarni) birlashtiruvchi qisman qidiruv usullariga ustuvorlik beriladi; ma`naviy madaniy to’garak ishtirokchilarining ta’lim-bilish ishlarida muammoli vaziyatlar yaratiladi.
Birinchi bosqichda mustaqil ta’lim faoliyatida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma`naviy madaniy kompetentligini rivojlantirish natijasi: qadriyatli-motivatsion komponent doirasida - ma`naviy madaniy faoliyatga boshlang’ich/dastlabki qiziqishni qadriyat sifatida namoyon qilish; kognitiv-konstruktiv komponent doirasida yangi bilimlarni qurish va ma’lumotlarni (mazmunan va shaklan) o’zgartirishga urinib ko’riladi (harakat qilinadi). Refleksiv-maqsadli komponent doirasida maqsadga erishishdagi professional (kasbiy) qiyinchiliklar aniqlanadi.
O’qituvchi va ma`naviy madaniy to’garak ishtirokchilarining birgalikdagi bilish ma`naviy madaniy faoliyati, darslarni loyihalashtirish, mavzuga mos ta’lim faoliyatini tashkil qilishning yangi shakl, usul va vositalarini tanlash va yakuniy natijalarni bashorat qilish ikkinchi - konstruktiv bosqichning mazmunining asosi hisoblanadi. Ijodiy to’garak ishi boshlang’ich sinf o’qituvchisining faoliyatining jarayoni va natijasining sifat jihatdan o’zgarishiga sabab bo’ladigan vazifalar tizimidagi sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqichda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma`naviy madaniy kompetentligini mustaqil ta’lim faoliyatida rivojlantirish natijasi: qiymat-motivatsion komponent doirasida - ta’lim berish faoliyati jarayoni va natijasini nostandart baholash uchun yangi bilim turtkilari (motivlari) paydo bo’ladi, ma`naviy madaniy faoliyat qadriyat sifatida qabul qilinadi; kognitiv-konstruktiv komponent doirasida ta’lim jarayonining yangi elementlari yaratiladi, va ulardan ta’lim mazmuni tuziladi. Refleksiv-maqsadli komponent doirasida usta o’quvchining ijodkorligini tahlil qilish va o’z ishlanmalarini o’zi tahlil qilish amalga oshiriladi.
Uchinchi - refleksiv bosqichda ma`naviy madaniy to’garak ishtirokchilarining to’liq mustaqil tayyorgarlik ko’rishi va master-klasslarini (mahorat darslarini) o’tkazishi yo’lga qo’yilganligi kuzatiladi. O’qituvchi ma`naviy madaniy tajribani muayyan pedagogik muammoni hal qilish nuqtai nazaridan o’zlashtiradi (orttiradi). Tajribani mustaqil o’zlashtirish internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali tajriba materiallarini taqdim etish usuli bilan o’zaro faol (interaktiv) muloqotda amalga oshiriladi. Birgalikda yaratuvchanlik ishi (ijodkorlik) ta’lim ishlarining juft va guruhli shakllari orqali tashkil etiladi (kichik guruhdagi muloqot: juftlikda, ishtirokchilari almashib turadigan juft o’rinda muloqot, guruhli muloqot (uchlik, to’rtlikda), guruhlararo muloqot)). Juftlik va guruhlar, agar sharoit imkoni bo’lsa, ma`naviy madaniy to’garak ishtirokchilarining xohish-istaklariga ko’ra shakllanadi, chunki kontaktlilik omili muhim rol o’ynaydi.
Uchinchi bosqichda mustaqil ta’lim faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy madaniy kompetentligini rivojlantirish natijasi: qadriyatli motivatsion komponent doirasida - ma`naviy madaniy kompetentlikni rivojlantirish uchun ichki rag’batlanganlik (asos, turtki, motivatsiyaning) mavjudligi, ma`naviy madaniy faoliyatda ishtirok qilish va mustaqil ta’limda ma`naviy madaniy o’z-o’zini rivojlantirishga qiziqishning mavjudligi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilarning ma`naviy madaniy faoliyatini tashkil qilishga doimiy ehtiyoj mavjud.
Refleksiv-maqsadli komponent doirasida o’qituvchi o’z ma`naviy madaniy faoliyatini va ma`naviy madaniy kompetentlikni rivojlantirish jarayonini o’zi tahlil qilish ko’nikmalariga ega. Mustaqil ma`naviy madaniy faoliyat jarayoni va natijasi chuqur anglangan (ongli) ravishda amalga oshiriladi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi ma`naviy madaniy faoliyat jarayoniga isloh kirita oladi. Ma`naviy madaniyatni rivojlantirishning yakuniy bosqichida boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z ta’lim faoliyatining sifati, fikrlar, qarashlarning va o’quv faoliyatining boshqalarga o’xshamasligini (originalligini) tegishli (adekvat) o’z-o’zini baholash kuzatiladi.
Taklif qilingan pedagogik texnologiyani amalga oshirish bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisiga darsda va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda ma`naviy madaniy faoliyatga nisbatan barqaror qiziqishni rivojlantirish imkonini beradi.
Eksperiment ishlari loyihalashtirilgan (yaratilgan) modelning va boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mustaqil ta’lim faoliyatida ma`naviy madaniy kompetentligini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan texnologiyaning yuqori samaradorligini tasdiqladi (ko’rsatdi) va ushbu shaxsning yangi paydo bo’lgan jihatining samarali rivojlanishiga yordam berdi. Bu o’rganilayotgan jarayonga boshqarsa bo’ladigan (boshqariluvchanlik) sifatni taqdim etish imkonini yaratdi. Biroq, bu jarayonni modellashtirishning boshqa usullari ham mavjud.
Ushbu tadqiqot bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mustaqil ta’lim faoliyatida ma`naviy madaniy kompetentligini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishda yangi yondashuv va mexanizmlarni izlash imkoniyatini ochib beradi va fanlarni o’qitish jarayonini takomillashtirish maqsadida pedagogika, madaniyatshunoslik sohalarida yangi ilmiy tadqiqot ishlari uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun maxsus «Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma`naviy madaniy to’garakdagi mustaqil ta’lim faoliyati» kurs dasturi va «Nostandart faoliyat - bu qiziqarli!» boshlang’ich sinf o’quvchilarining maktabdan tashqari ishlari dasturi materiallarini ma`naviy madaniy kompetentlikni boshlang’ich sinf va o’rta maktab o’qituvchilari shaxsining ajralmas qismi sifatida rivojlantirish va rivojlantirish maqsadida o’qitishning yangi texnologiyalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish jarayonida, shuningdek, ta’lim tizimi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida foydalanish mumkin.
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti materiallari ma`naviy madaniy maqsad va usulda qo’llanganda ulardan ma`naviy madaniy ta’limning yaxlitlilik nazariyasini qurishda ularning o’ziga xosligini hisobga olgan holda, turli tipdagi va ko’rinishdagi ta’lim muassasalarida foydalanish mumkin.

1 Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi. 2019-yil 31-dekabr, 1059-son qarori.

2 Sh.M. Mirziyoyev . Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha videoselektr.2019.19- mart

3 ’’Ma’naviy –marifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida ‘’
2019 yil 3 may PQ-4307sonli qaror.

4  Mirziyoyev.Sh.M.’’Yoshlarni rivojlanishida besh tashabbus’’ T.siyosat 20-29 betlar

5 ,,2022-2026 yilarga mo’ljallangan yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasi to’grisida”gi 2022yil 28 – yanvar PF-60 sonli qaror.

6 Sh.M.Mirziyoyev Oliy majlisga murojatnomasi.2020-yil 29-dekabr

7 O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalari bo’yicha videoselektordagi nutqi. 2021 yil 19 yanvar

8 I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti. 2008

9 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti. 2008 y 10 b

10 Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushuncya va tamoyillar.T., ,,O’zbekiston”,2000 . 47-bet.

11 Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”. YOSHLAR NASHRIYOT UYI. T.: 2019 5-bet

12 S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y. 87 b.

13 S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y. 95 bet b.

14 S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y.-96-bet

15 Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushuncya va tamoyillar.T., ,,O’zbekiston”,2000 yil,18-bet/

16 Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushuncya va tamoyillar.T., ,,O’zbekiston”,2000 yil,10-bet/

17 . S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y.123-bet.

18 Karimov.I A. tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., ,, Sharq’’, 1998,15-bet/

19 Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 03.01.2020-y., 09/20/1059/4265-son, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)

20 Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 03.01.2020-y., 09/20/1059/4265-son, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)



21

Download 284.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling