Tursunova Sayyora Qahramonovna


Download 284.65 Kb.
bet7/31
Sana27.01.2023
Hajmi284.65 Kb.
#1130962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya oxirgi 2022

Unga ko’ra, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog‘lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan ta’minlash; ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va bolalarni ma’naviy tarbiyalash, homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash kabi bir necha ustuvor yo’nalishlar ko’rsatilgan. p
Qadimdan urf bo'lib kelgan azaliy an’ana va qadriyatlarimizni, milliy marosim qo'shiqlarimizni to'y marosimlarida o'rni bilan ijro qilish ularning boqiyligini, abadiyligini ta’minlaydi, yosh avlod qalbida ularga nisbatan mehr va qiziqish hissini uyg'otadi. Xalqimizning milliy qadriyatlarini doimo e’zozlab, qadrlab, ularga hurmat bilan munosabatda bo'lish har birimizning burchimizdir. Zero, milliy qadriyat va an’analar millat iftixori, g'ururi hisoblanadi. Chunki har bir qadriyatimiz zamirida o'ziga xos ma’no-mazmun bor. Milliy ma’naviyatimiz shakllanishida, ma’naviy ongimiz yuksalishida milliy odat va an’analarimizning o'rni beqiyos. Shunday ekan, ularni o'rganish va amalda qo'llash orqali ham ma’naviyatimizni yuksaltirishimiz va milliy qadriyatlarimiz umrboqiyligiga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim.
Uzluksiz ma’naviy madaniy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi20:
birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr);
ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;
uchinchi bosqich — umumiy o‘rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang‘ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o‘rta va yuqori sinflar);

Download 284.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling