Tursunova Sayyora Qahramonovna
I BOB.BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA MA`NAVIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Download 284.65 Kb.
|
dissertatsiya oxirgi 2022
I BOB.BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA MA`NAVIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlari va ularninq qarashlarida ma’naviyat tushuchasi «Ma’naviyat» tushunchasining mazmun-mohiyati bo’yicha turfa fikr-mulohazalar bildirilganligini ta’kidlash joizdir. Ho`zir ana shularning ayrim mulohazalarini ko’rib chiqamiz..Ma’naviyat o’zi – inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha bo’lib ,u kishilarning falsafiy,huquqiy ,ilmiy ,badiiy ,axloqiy va diniy tasavvurlarni o’z ichiga oladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’rif berganlar: 9 “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdoni uyg’otadigan kuch. Insonning barcha qarashlarining mezonidir” . Inson ma’naviyatining mohiyati bir-biri bilan uzviy bog’langan ma’naviy-axloqiy, ilmiy-amaliy, mafkuraviy fazilatlarning yaxlit tizimi ekanligini unutmasligimiz darkor. Ma’naviy madaniy tarbiyatarbiya haqida so’z yuritganimizda, axloq tushunchasiga e’tibor qaratishimiz lo`zim. “Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aqliy va ruhiy balog’ati va dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir Ma’naviyat insonni ruhan poklanishi ,qalban ulg’ayishiga chorlaydigan ,insonning ichki dunyosini ,irodasini baquvvat qiladigan vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch ,uning barcha qarashlarining mezonidir ,desak menimcha tariximizga va bugungi hayotimizga har tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlari va ularning qarashlarida ma`naviyat tushunchasining shakllanishi. Xalqni o’z ma'naviyati va madaniyatidan yuksakroq kuch yo’qdir ,zero donolarimizda shunday so’z bor, “ma’naviyatli xalqni yengib bo’lmaydi”. Ma’naviyat tushunchasi --- inson ruhiy va aqliy olamni ifodalovchi tushuncha.U kishining falsafiy huquqiy ,ilmiy, badiiy,axloqiy,diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Inson paydo bo’libdiki, uning ma’naviyatga muhtojligi bor . Sharq ilk jonlanish davri (IX -XI asrlar) allomalari ham o’z asarlarida bilim egallashning foydasi haqida juda ko’p fikrlar bildirganlar. Tarixga nazar tashlasak, bizning ota-bobolarimiz ming yillar oldin o’zlarining tarixiy yodgorlik manbalarida,tafakkur va dunyoqarashida xalq og’zaki ijodi namunalari milliy mafkuramiz o`ziqlanadigan manbalardir10. buyuk mutaffakir ma’naviy hayotidagi muhim ijtimoiy hodisa bo’lib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarini zamon talablari asosida har qaysi avlod ongiga singdirish shakli bo’lib, o’sib kelayotgan yosh avlodda xulq odob me’yorlariga mos keladigan, zamon talablariga beradigan insoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy va amaliy harakatlar tizimi tushuniladi”. A.Avloniy shunday ta’rif bergan: “insonlarni yaxshilikg’a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’an kitobni axloq deyilur. O’z aybini bilib, iqror qilub tuzatmakg’a sa’y va ko’shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidir’’11 Zero, shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni axloq va axloqiy me’yorlar bo’lib, uning ishtirokisiz ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Ma’naviyat va axloq o’z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqo`zo etadi. “Ma’naviyat” arabcha “ma’nolar majmui” – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuidir” . Ushbu ta’rifdan kelib chiqib ayta olamizki, ma’naviy madaniy tarbiyabu – uninersal tarbiya demakdir, chunki ma’naviyat o’z tarkibiga tarbiyaning barcha turlarini qamrab oladi. Bundan ko’rinib turubdiki, islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish yo’lida ko’zlangan maqsad to’la amalga oshiriladi va ikkinchi bosqichda amalga oshilishi lo`zim bo’lgan vazifalarga zamin ho`zirlaydi. Ma’naviy-madaniy tarbiyaatizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o’z xulqiga nisbatan his-tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni tarbiyaviy ishlar tashkil etadi. Ma’naviy merosimiz hisoblangan eng qadimgi manbalarda («Avesto», «Go’ro’g’li» Alpomish» va b.q.)xalq ertaklarida ,xalq dostonlarida,afsonalarida ajdodlarimizning vatanini , xalqini sevish, or-nomus va mexr-oqibat,ezgulik va do’stlarga sadoqat kabi sifatlar ularning asosiy ijtimoiy xislatlari hisoblangan.,,Avesto’’ zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir.Zardusht eramizdan avvalgi 660- yilda Xorazmda dunyoga kelgan.Uning muqaddas kitobi ,,Avesto’’12 ham birdan yuzaga kelgan emas, balki bir necha asrlar davomida yuzaga kelgan. Zardusht ,,Avesto’’ning qadimiy nusxalarini o’rganib,to’plam bir kitob holiga keltirilgan.,,Avesto’’da inson axloq odobi ,ma’naviyati quyidagi uchlikda; Gumata—yaxshi fikr, Gugta—yaxshi so’z ,Gvarshta-yaxshi ishda ifodalanadi.,,Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon shavkat baxsh etaman,-deb ta’kidlaydi Axura Mazda.13 p Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. O’rta Osiyo yerlari—Movarounnahr VIII asr o’rtalarida arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. O’sha davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom dini mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o’ziga xos bo’lib shakllanadi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi. Qur’oni Karim, hadislar va shariatda inson ma’naviy – ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq – odob ,ma’naviy tarbiyaga oid bo’lgan fikrlarning mukammal to’plamidir. Islomda ota – onaga mehr – muhabbat, g’amxo’rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Islom ta’limotida insonlarni yaxshilik qilishga savob ishlarga qo’l urish, insofli – diyonatli, vijdonli bo’lishi, saxovatlilik, tog’ri va sofdil bo’lish,boshqalarga yordam berish, kamtarlik va halollikka chaqirish g’oyalarini ilgari surgan. Islom manbalarida islomiy g'oyalar odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, ularni yomonlikdan qaytaradi. Insonparvarlikni targ'ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik, mehnat qilish hamda yer yuzini obod va go'zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ'ib etadi. “Qur’oni Karim”ning inson kamolotga erishishidagi ahamiyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati mazmunidan ham bilsak bo'ladi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan musulmon olami, xususan, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatiga oid qarashlar axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ilm olish fazilatlari haqida shunday aytiladi: “Ilmga amal va rioya qiluvchi bo'linglar, uni faqat hikoya qiluvchi bo’lmanglar” , - deyiladi (637-hadis). Hadislarda ilmning kishilarni fahm-farosatli, o'tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham ta’kidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan bo'lsa ham borib o'rganinglar”, - deya da’vat etiladi. “Olim bo’l, ilm beruvchi bo’l yoki ilm o'rgatuvchi bo’l yoki tinglovchi bo'l. Beshinchisi bo'lma, halok bo'lasan” mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi orqali ham ilmli bo'lish insonni falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg'u beriladi (41-hadis). Bir qancha hadislarda ilmning ibodatdan ustun ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Xususan, “Ilm ibodatdan afzal va u taqvo dinining ustunidir” (268-hadis). Biroq ilmning manfaatsiz holda sarflashdan saqlanish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi va ilm ahlini ana shunga da’vat etiladi (173-hadis), haqiqiy komil insonning bilimga boy, xushxulq, sog'lom bo'lishi (182-hadis), uni faqat foydali ishlar va insonlarning farovon hayot kechirishlari yo'lida sarf etish kerakligi ham uqtiriladi: “Boshliq bo’lmasingizdan avval ilmni chuqur o'rganing!”. Rasulloh sallallohu alayhivassalamning sahobalari yoshlari ulg'ayganda ham ilm o'rganganlar. Ma’lumki, inson kamoloti avvalo uning bilim va tafakkur darajasi bilan belgilanadi. Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o'zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga undab kelgan. Ilm-fan, ma’rifat taraqqiy etgan jamiyatgina ijtimoiy iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. Ko'rinib turibdiki, islom dini ta’limotiga ko'ra, bilim va aqliy kamolot inson yetukligining asosiy mezoni sanalgan. 14 Sharq mutaffakirlarimizdan Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi bo’lsa, Abusaid Abulxayr tasavvuf shayxi,ilohiyot olimi. Lekin ular bir – birlarini tushunganlar, shu bilan birgalikda bu ikki ilm ham zarurligini anglaganlar. Al – Xorazmiy, Al – Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Xoja Axror Valiy, Al – Buxoriy,G’ijdivoniy va boshqa ulug’ zotlar hayot tarzi, ilm uchun fidoiylarligi,e’tiqot va imonning pokligi kelajakda odobli, axloqi pok kishilar bo’lishi kerakligi haqida o’z fikrlarini bildirganlar. ,,Dunyoviy va diniy g’oyalar bir – birini boyitib, taraqqiyot bosqichiga o’chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy, Muso Xorazmiy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy kabi buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat ko’rsatgan davrlarni yaqqol misol keltirishimiz mumkin.”15 Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm – ma’rifatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shu o’rinda buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning ,,Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo’lsangiz qurgan binolarimizga boqing” degan so’zlarini va ma’naviyatning gullab yashnashida muhim o’rin tutishini eslashimiz joiz. Yusuf Xos Hojib jamiyat taqdirini hal etuvchi eng ulug' mansabdorlardan oila a’zolarigacha bir-biriga bo'lgan muomala-munosabat masalalarini ham hayotiy misollar vositasida yoritadi. Katta yoshlilarning kichiklarga, kichiklarning ulug'larga, amaldor va mansabdorlarning o'z xizmatchilariga, xizmatchilaming o'z xo'jalariga, turli ijtimoiy guruh a’zolarining bir-birlariga, oilada oila a’zolarining bir-birlariga muomala madaniyatining eng oddiy ko'rinishlarigacha tasvirlab, kishining ko'z oldida yaqqol namoyon etadi. Buni biz farzand tarbiyasida uning tug'ilganidan boshlab xulq-odob qoidalarini, bilim va hunarni o'rgatish, buning uchun pok va bilimli muallim-murabbiy tanlash, farzandning xatti-harakatini doimo nazoratda saqlash kabi masalalarning bayon etilishidan ham bilsak bo'ladi. Mutafakkir ulug’lar va kichiklar o'rtasidagi xulq-odob qoidalari haqida gapirar ekan, shu asnoda kamtarlik, salomlashish odobi, talablari, qoidalarini ham tavsiya etadi. Ma’rifatparvar olim A.Avloniy shunday ta’rif bergan: “insonlarni yaxshilikg’a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’an kitobni axloq deyilur. O’z aybini bilib, iqror qilub tuzatmakg’a sa’y va ko’shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidir. IX-XV asrlarda Yaqin Sharq mamlakatlari, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ma'naviy taraqqiyotida, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, diniy, falasafiy ta'limotlari rivojlanishida kеskin o’zgarish, tub burilish davri bo’ldi, desak adashmagan bo’lamiz. Bu madaniy jonlanish va yuksalish jamiyat hayotining barcha sohalarida kirib boradi, ma'naviy hayotni qamrab oladi. Ijtimoiy taraqqiyotning ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari dunyo madaniyati taraqqiyotining eng oldingi, yetakchi sohalarida turish darajasiga ko’tarila oldilar. Markaziy Osiyoning jahon madaniyati taraqqiyotining eng yirik va markaziy o’choqlaridan biriga aylanishi xuddi shu davrga to’g’ri kеladi. Ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari safidan o’zining aql-idroki va tafakkuri, qomusiyligi bilan insoniyatni lol qoldirgan fan va madaniyatning so’nmas yulduzlari, jahonga mashhur bo’lgan matеmatik, astronom, kimyogar, minеrolog va tibbiyotchilar, shoir, yo`zuvchi va san'atshunoslar, tasviriy san'at va naqqoshlik ilmiy arboblari, dunyo tan bеrgan faylasuf va tarixchilar, so’z san'atining toji hisoblangan adabiyotchi va tilshunoslar, g’azal mulkining sultonlari “Muallimi soniy” va “Shayx ur-rais”lar saf-saf bo’lib yetishdilar Amir Temur va Temuriylar davri O`rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyoti va san’ati rivojida muhim bosqich yangi tarixiy davrni boshlab berdi. ,,Sohibqiron16 Amir Temur parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga insonni ulug’lash, uning ruhiyatiga qanoat bag’ishlash kabi ezgu g’oyalar asos bo’lgan.” Temuriylar sulolasining ma’naviy hayotdagi ko’tarilishi va yuksalishi IX- XII asrlarga borib taqaladi, shu davr mobaynida madaniyat, ma’naviyat va ma’rigatga hissa qo’shgan buyuk tafakkur egalari: Sharofiddin Ali Yazdiy, Xondamir, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Gutfiy, Kamoliddin Bekzod, Mirak Naqqosh kishilarning madaniyat, ma’naviyat va ma’rifati yutug’ining barcha sohalarini mukammal bilib o’zlashtirib olganlar. Mirzo Ulug’bek buyuk ilm fan rivojida katta ahamiyatga ega bo’lib o’zi qurdirgan rasadxonada 100 dan ortiq ilm- marifat ahlini to’plab keng jabhada ish olib borgan. Temuriylar davri ma’naviyati va ma’rifati rivojiga o’zlarining ongli hayoti va insonlarning baxti- saodati yo’lida ilmini va san’atini baxshida etgan ikki buyuk mutafakkir Abduraxmon Jomiy va Mir Alisher Navoiylar o`ziga xos takrorlanmas ijod qilib ochmas iz qoldirganlar. Abduraxmon Jomiy ,,Xiradnomai Iskandar” ( ,,Iskandar aqlnomasi’’)asarida el dardi bilan yashovchi hukmdor siymosini taratib hukmdor adolatli va odil bo’lishi lo`zim deb quyidagi satrlarni bitadi; Agar chiqsa adolatning quyoshi, Taralgay har tomon nuri ziyosi. Agar zulm etsa zolim ,bu sitamdan, Jahon bo’lgay qaro yo’q intihosi. O’zbek xalqining buyuk farzandi davlat arbobi o`zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy O’rta Osiyoning ma’naviy madaniyatiga ,ma’rifatiga va uning taqaqqiyotida muhim o’rin tutadi.U adabiyot san’atning turli sohalarga oid qirqdan ortiq asar yaratgan. ,,Chor devon”, ,,Hamsa’’, ,,Mahbubul – ulub”, ,,Muhokamatul –lugatayn’’, ,,Majolisun – nafis’’, ,,Lisonut – tayr’’ va boshqalqr shular jumlasidandir. Navoiy o’z asarlarida zolim mustabid nodon hukmdorlarni qoralab,ularga qarshi insonparvar, adolatli , ma’naviyatli hukmdor obrazini qo’yadi. Odami ersang demagil odami, Oniki yoq xalq g’amidin g’ami. A.Navoiyning o’quvchi yoshlarni ma’naviy axloq- odobga undovchi quyidagi inratli va hikmatli so’zlarini misol keltiramiz, * Har kimningki so’zi – yolg’on, yolg’onligi bilingach,uyatda qolg’on; *Caqimchilik hatto chin gap bo’lsa ham ko’ngilsizdir,yolg’on bo’lsa yanada nafratlidir; *ilmni kim vositayu joh etar,o’ziniyu xalqni gumroh etar. *bordur inson zotiga oncha sharaf,-kim yomon axloqinetsa bartaraf. *odam borki ,odamlarning naqshidir ,odam borki undan hayvon yaxshidir. *befoyda so’zni ko’p aytma , foydali so’zni eshiturdan qaytma. Temuriylar davri ilm- fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyati jahon sivilisatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Bunda ulug’ bobomiz Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazrdir.17 Markaziy Osiyo allomalari va XIX asrdagi jadidlar harakati, Temuriylar davrida A.Temur va uning davomchilari ham kishining insoniy sifatlariga alohida to’xtalib, komil inson siymosining asosiy belgi (xislat)larini ko’rsatganlar. Ularning asarlarida ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim bo’lgan insoniy sifatlar – insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish, ma’naviyatni yuksaltirish , komil inson va yetuk jamoaga erishish masalalari yoritilgan. Markaziy Osiyo allomalari va XIX asrdagi jadidlar harakati, Temuriylar davrida A.Temur va uning davomchilari ham kishining insoniy sifatlariga alohida to’xtalib, komil inson siymosining asosiy belgi (xislat)larini ko’rsatganlar. Ularning asarlarida ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim bo’lgan insoniy sifatlar – insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish, ma’naviyatni yuksaltirish , komil inson va yetuk jamoaga erishish masalalari yoritilgan. Buyuk allomamiz Ibn Sino esa bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or turmush masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tatbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi Ibn Sino har bir ma’naviy-axloqiy xislatning ta’rifini beradi: Buyuk allomamiz Ibn Sino esa bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or turmush masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tatbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi Ibn Sino har bir ma’naviy-axloqiy xislatning ta’rifini beradi; mo'tadillik - tan uchun zaruriy o`ziq va xulq me’yorlariga to'g'ri kelmaydigan ishlami qilmaslik; saxiylik - yordamga muxtoj kishilarga ko'maklashuvchi insoniy quvvat; g'azab - biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik - inson o'z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat; aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma-shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ma’lumki, o‘zbek xalqining aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti o‘ziga xos tarixiy, etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar negizida shakllangan. Xarakterdagi milliy o’ziga xoslikning negizini esa shu xalqning hayotiy tajribalari, urf-odatlari, marosim va ma’rakalarining yaxlit tizimi tashkil etadi. Shu o'rinda o‘zbek xalqi budda, zardushtiylik, islom, sotsializm kabi to‘rtta katta diniy-mafkuraviy bosqichni o‘z boshidan kechirganligini ham aytib o'tishimiz joiz. Har bir mafkuraviy- diniy ta’sirlar davrida necha avlodlar almashgani va bu jarayonlaming millat fe’l-atvoriga o‘chmas iz qoldirganini ham hisobga olishimiz kerak. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz. Misol uchun, tilimizdagi mehr- oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan iboralarni olaylik. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlaming amaliy ifodasidir». Darhaqiqat, o‘zbek milliy mentalitetiga xos jihatlardan biri jamiyat hayoti, insonlar turmush tarzining ko'proq an’ana, urf-odatlar orqali boshqarilishidir. «Biz buni, ayniqsa, xalqimizning to'y-tantanalarga o‘ta o‘chligida, yillar davomida yig‘ib-terib elga tarqatishdan zavq-shavq olishida, aza va yo‘qlov marosimlarini uyushgan holda o‘tkazishda, bola tug'ilishidan tortib to motamgacha bo'lgan barcha marosim va urf-odatlariimizda keng jamoatchilik va mahalla ahlining doimo bosh-qosh bo'lishi kabi udumlarda kuzatamiz». Xalqimizga xos bo'lgan axloqiy me’yorlar bag'rikenglik, hojatba- rorlik, mardlik, lafz halolligi, saxovatpeshalik, vatanparvarlik, mehnatse- varlik, halollik, to'g'rilik, donolik, mehmondo'stlik, kamtarlik, saxiylik, epchillik, sabr-qanoatlilik, rostgo'ylik, mehr-oqibatlilik, ahillik, sami- miylik, andishalilik, farosatlilik, tejamkorlik, mas’uliyatlilik kabi xislatlarda namoyon bo'ladi. Xalq pedagogikasi manbalarida ana shu ajoyib insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi behisob misollar mavjud. Jumladan, «Ezgu ish» rivoyatida xalq manfaatiga yaraydigan ezgulik va himmat haqida so'z yuritiladi: Abu Nasr Farobiy shogirdlari bilan har gal ko'rishganida: «Qanday ezgu ish qildinglar? Kimlarga yaxshiliklaring tegdi?» - deb so'rar ekan. Navbatdagi uchrashuvda shogirdlaridan biri: «Kechagi tunda eshigim oldiga notanish kishi kelib qoldi. Qarasam, bir faqir yordamga narsa tiladi. Uni ichkariga olib kirdim, izzat-hurmat bilan xonaning to'riga o'tqazib, egnimdagi choponimni unga kiydirdim. So'ng arzini eshitib, bor mol-mulkimni hadya etdim. Ustimdagi kiyimlarimdan bo'lak hech vaqo qolmadi. Shundan xursand bo'lib, huzuringizda tiz cho'kib o'tiribman», - debdi. Alloma shogird so'zlarini tinglabdi-yu, munosabatini sezdirmabdi. Gal boshqa shogirdga kelibdi: «Qaysi kun shoh o'rdasi yonidan o'tib ketayotsam, bir odamni jazolamoqchi bo'lib turishgan ekan. Hukm bo'yicha uning bir qo'li chopilishi kerak ekan. Uni bu og'ir qiynoqdan qutqarmoq uchun o'z qo'limdan kechdim. Ko'rib turibsizki, endi yakdastman». Ustozdan yana sado chiqmabdi. Shunda yonidagilari undan: «Bular- ning qaysi biri fidoyi va komilroqdir?» - deb so'rashibdi. «Bulaming yaxshiliklari faqat ikki kishi uchungina qilingan yaxshilik. Odam qilgan yaxshiliklardan barcha el bahra topmog'i kerak, xalq manfaatiga yaraydigan ezgulik va himmatgina tahsinga loyiqdir», - debdi usto`z». Farobiy esa bilimidan yurish turishidan ma’rifatli ,madaniyatli obrazni tasvirlar ekan ,bunday deydi: ”Har kimki ilm hikmatni o’rganmagan bo’lsa,uni yoshligidan boshlasin ,sog’-salomatligi yaxshi bo’lsin ,barcha qonun-qoidalar ni bilsin bilimdon toniq bo’lsin ,ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin ,barcha real narsalar to’g’risidagi bilimga ega bo’lsin”. Xulosa qilib aytganda, Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o'z mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o'zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi turadi. Abu Rayhon Beruniy bilim olishni ma’naviy-madaniy tarbiyaabilan bog'laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. Beruniyning inson kamolotida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muhim o'rnini ta’kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as-Saydana», «al-Qonuni al-Mas’udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida uchratamiz. Beruniy fikricha, axloqlilik insonning eng asosiy sifati bo’liishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o'zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi kurash natijasida namoyon bo'ladi va tarkib topadi. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezondir. Insonning ma’naviy-axloqiy kamolga yetishi muammosi ta’lim-tarbiyada markaziy masala bo'lib kelgan. Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka etishga to'sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg'onchilik, munofiqlik, manmanlik, takabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi, boylikka ruju qo’yish va ta’magirlik, g'azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi. Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor bergan. Har bir axloqan barkamol inson o'zining turmush tarzini uyg'un, go'zal eta oladi. Uyg'unlik, go'zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi - o`zodlik, tarbiyalilik bo'lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi, deydi. Shuning uchun inson o'z tabiatiga yoqadigan ishlami bajarishi zarur, deb ko'rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go'zaligi, turmush tarzidagi go'zallikning uyg'un bo'lishi talab etiladi. Bunga inson kiyadigan kiyimidan kundalik turmushdagi yurish-turushi, so'zi, qalbi, qilgan ishi - hammasining go'zal bo'lishi ta’kidlangan. Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb ko'rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida muomala qilishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo'lishi bilan birga, mehnatsevar va hunar egasi bo'lishi ham kerak, deydi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu ho`zirgi davr pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Muayyan bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o'z zamondoshlari - buyuk mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sino kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Buyuk Amir Temurning nabirasi ,benazir alloma Mirzo Ulug’bekning o’rta asrlarda buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanatining vorisi bo’lib, xalqning azaliy orzusi-- tinchlik,totuvlik ilm –fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo’lida shijoat va matonat ko’satgan. Mirzo Ulug’bekning “Oila Mirzo muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha bolaning ilm olishiga bo’lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rin egallaydi” deb fikr berganlar. Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlaming haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish; kishilar baxtsizlik, azob-uqubatga duchor bo'lganda, ular bilan xushmuomalada bo’luvchi insoniy quvvat; kamtarlikka esa xudbin ishlar bilan shug’ullanishdan to'xtatuvchi kuch sifatida ta’rif beradi. va vazifasidir .O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota ona tarbiyachi bo’lishi mumkin . Axloqiy tarbiya eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga , g’ururiga tegmagan holda yakkama- yakka suhbatida bo’lish nasihat qilishdir. Download 284.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling