Tursunova Sayyora Qahramonovna


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatning shakllanishidagi mavjud holat


Download 284.65 Kb.
bet9/31
Sana27.01.2023
Hajmi284.65 Kb.
#1130962
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya oxirgi 2022

1.3 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatning shakllanishidagi mavjud holat.
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirayotgan islohotlar zamirida o’sib kelayotgan avlodni har tamonlma yetuk va barkamol qilib voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib olingan. Ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar farzandlarimizning ma’naviy yetuk qiyofasini kamol toptirish hisoblanadi. Yoshlarning har tamonlama barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida davlatimiz tomonidan ishlab chiqiligan qonunlarning hayotga tadbiq etilishini alohida e’tirof etmoq joiz. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”da ko’rsatilishicha, boshlang‘ich sinflarda inobatga olinishi lo`zim bo‘lgan jihatlar23:
- “Tarbiya” fani orqali o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim mazmuniga keng singdirish;
- o‘quv fanlari doirasidagi ma’naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qo‘llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq va topshiriqlar bilan boyitish (ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar);
- muvaffaqiyatga erishishga intilish motivining shaxs ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlanishi;
- bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish;
- o‘zining va atrofdagilarning xulqi, xatti-harakatlariga munosabat bildirish, mehnatsevarlikka o‘rgatish;
- kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilishga ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi;
- bilimlarning kengayishi, chuqurlashuvi, ma’naviy-axloqiy ko‘nikma va malakalarning rivojlanishi;
- o‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo‘lishi;
- ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaxsiy fazilatlarni shakllantirish;
- xavfsiz hayot ko‘nikmalarini mustahkamlash;
- kasblar to‘g‘risida tasavvurlarni kengaytirish, kasbga va mehnatga qiziqtirish;
- vijdonan mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish, mehnatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatish;
- muvaffaqiyatga erishish motivlarini kuchaytirish;
- o‘zini-o‘zi baholashga o‘rgatish;
- faoliyatda o‘zini ko‘rsatishga intilishni rag‘batlantirish;
- tengdoshlari bilan ma’naviy-axloqiy munosabatlar tajribasini boyitish;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish kabilardan iborat.
Ushbu ko’rsatilgan jihatlar asosida 1-4-sinf o’quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarining shakllanganligini aniqlashtirish oldimizga qo’yilgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Biz tadqiqotimizni tadqiqot obyektimiz bo’lgan Termiz shahar 16, 13 - umumiy o’rta ta’lim maktabi va Uzun tumanidagi 5, 9 - umumiy o’rta ta’lim maktabda 1-4-sinf o’quvchilarida ushbu jihatlarning qay darajada shakllanganligini o’rganib chiqdik. Kuzatishlarimiz davomida ko’rsatilgan jihatlardan kelib chiqib ayta olamizki, ayrim o‘quvchi-yoshlarda o’z-o’zini real baholash, yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini-o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi, o’zaro axloqiy munosabatlarining yaxshi emasligini ko’rishimiz hamda bu jihatlar ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yoshlarimizning hayotda o’z o’rinlarini topishdalarida, mustaqil, ijobiy qarorlar qabul qilishda, jamiyatga nafi tegadigan faol shaxslar bo’lib yetishida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishni inobatga olib, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablar o‘quv rejasiga “Tarbiya” fani kiritildi. Bu fanning asosiy mohiyati kichik yoshdan boshlab ma’naviy tarbiya xislatlarini singdirish, o‘quvchilarga puxta bilim berish, muvaffaqiyatga erishish motivini kuchaytirish, mehnatsevarlikka o‘rgatish, kasbga yo‘naltirish, o‘zaro hamkorlik qilish, kattalar bilan ijtimoiylashuv jarayoni, milliy qadriyatlarni o‘rganish, ajdodlarning boy ilmiy merosidan foydalanish, ma’naviy-axloqiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish kabi bir qancha vazifalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bugungi kunda yoshlarga o‘rtasida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni singdirish bugungi ota-ona, o‘qituvchi-murabbiy va tarbiyalanuvchilarning burchi hisoblanadi.

Download 284.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling