Tursunova Sayyora Qahramonovna
II. BOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARNING MA`NAVIY MA`DANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA OILA ,MAKTAB, MAHALLA HAMKORLIGINING O’RNI
Download 284.65 Kb.
|
dissertatsiya oxirgi 2022
II. BOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARNING MA`NAVIY MA`DANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA OILA ,MAKTAB, MAHALLA HAMKORLIGINING O’RNI
2.1. Boshlang`ich sinf o`quvchilarning ma`naviy ma`daniyatini rivojlantirishning usul va vositalari. Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha masalalarni o'zida mujassam etgan. Shunga ko'ra barkamol shaxs vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahillik, ilm va kasb-hunarga mehr-muhabbat, adolatlilik, ziyraklik, tashabbuskorlik, e’tiqod va sadoqatlilik, oqibatlilik, odoblilik kabi fazilatlarga ega bo’lishi, shu bilan birga chuqur ilm egallashi, vaqtning qadriga yetishi, xalq udumlari va milliy urf-odatlarini yaxshi bilishi va qadrlashi, diniy ta’limotlarni to‘g‘ri tushunishi, muomala odobi va kiyinish madaniyatiga rioya qilishi lo`zimligi uqtirilgan. Bu fazilatlaming aksi bo'lgan nodonlik, badxulqlilik, manmanlik, qo‘rqoqlik, yolg‘onchilik, odobsizlik, insofsizlik, sabrsizlik, baxillik, kibru havo, hasadgo‘ylik, farosatsizlik kabi illatlardan xoli bo‘lishi talab etilgan. Ana shu ijobiy fazilatlami yoshlar tarbiyasiga singdirish va illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo‘yicha xalq pedagogikasida qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud. 24Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o’rni beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari ,ilk hayotiy tushcha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakteri,tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar –yaxshilik va ezgulik,,oliyjanoblik,va mehr –oqibat ,or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. 25Prezidentimiz tashabbusi bilan 2020 yil 2- martdagi PF – 5953- sonli ,,2020- 2025- yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’sida’’gi farmonida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni targ’ib qilish,ularning madaniy va ma’naviy savodxonligini oshirish borasida oila, maktab, mahalla hamkorligida ham bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, besh tashabbusning to’rtinchi yo’nalishi kitobxonlik ekan yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishini ,hamda ota – onalarning farzandlariga kitob sovga qilishlarini keng targib etgan holda mahalla va maktab hamkorkigida ,,Kitoblar karvoni’’, ,,Men farzandimga kitob sovg’a qilaman”, ,,Mahallam kutubxonasi – kichik ziyo maskanim” shiori ostida tadbirlar, bundan tashqari butun respublikamiz bo’ylab uyushtililayotgan ,,yosh kitobxon” ko’rik tanlovlarining o’tkazilishi va bu orqali g’oliblar munosib yuksak sovg’alar bilan taqdirlanishi oilalarimizga, jamiyatimizga sog’lom ma’naviy muhitni olib kirmoqda. Bola tarbiyasiga eng avvalo ota – onaning shaxsi ,hayotiy faoliyatlari turmush tarzi va xokazolar bilan birgalilda oiladagi ma’naviy –axloqiy muhit katta ta’sir ko’rsatadi. O’zbeklarning milliy ma’naviyatini,o’ziga xos sharqona axloqiy fazilatlari bola tarbiyasida ham o’z aksini topgan. Hadislarda aytiganidek, ota–onalarning farzandlariga qoldiradigan eng katta merosi ularga o’rgatadigan axloqi va odobdir. Prezidentimiz Islom Karimov 26,,Eng asosiy mezon–hayot haqiqatini aks ettirish risolasida ma’naviyatimizni yo’qotsak, o’zimizni va o’zligimizni yo’qotamiz. Ma’naviyatni yuksaltirisak, o’z maqsadimizga erishga kuchli madad topamiz.’’deb bayon bergan edilar. O‘git-nasihat qilish, ibrat-o‘rnak ko‘rsatish, rag‘batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo‘llab kelgan bo‘lib, uning quyidagi ijobiy shakllari: -tushuntirish; o‘rgatish, mashq qildirish; odatlantirish;-kun tartibini rejalashtirish;-yaxshi xislat va ishlarga undash;-iltimos qilish;-istak bildirish;-maqtash;-rahmat aytish, minnatdorchilik bildirish; -ma’qullash; -olqish aytish; -duo qilish; -alqash; -tasalli berish; -mukofotlash, taqdirlash; -ishonch bildirish; -oqlash; -vasiyat qilish; Shuningdek, xalq pedagogikasida o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda quyidagi holatlar qoralanadi: -ta’qiqlash, ma’n etish; -buyurish;-ta’na, o‘pka-gina qilish; -talab qilish; -uyaltirish, yolvorish va ko‘ndirish; -tanbeh berish; -majbur qilish ; -nafrat bildirish;-masxara qilish;-duoyibad qilish;-koyish va qarg‘ash;-ayblash va uyaltirish; -oq qilish; -ont-qasam ichirish; -aybiga iqror qildirish; ishonchsizlik bildirish, -zarda qilish; -ko‘r-ko‘rona ishonish;-yomonlash va vaysash; -urishish; -qo‘rqitish; -gapirmasdan qo‘yish; -jismoniy jazo berish va h.k. O’zbekiston Respubliksi Prezidenti tashabbusi bilan 2020-2021–o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim maktablarida darsliklarning yangi taxrirdagi nashlari ,ayniqsa boshlang’ich ta’limda darsliklarning yangilanishi,jumladan ‘’Tarbiya ‘’darsligining fan sifatida kirib kelishi o’quvchilarning ma’naviyati va tarbiyasida muhim o’rin tuta boshladi, bu esa ma’naviy madaniyatimizning shakllanishiga bir turtki bo’ldi. Bu darslikda keltirilgan barсha mavzular, ma’lumotlar, rivoyatlar, maqollar, hikmatli so’zlarni ho`zirgi vaqtda dolzarb bo’lgan tarbiya, madaniyat, ma’naviyat, qadimiy urf odatlar, milliy an’analar, mehr-oqibat va hokazolarni shakllantirishda ahamiyati kattadir. Tarbiya darsligida masalan ,3- sinf tarbiya darsligida yil oxirida o’quvchi qanday konikmalar va ma’naviyatimizni shakllantiruvchi omillarga erish usullariga olib boradigan jiyatlari quyidagilardir. 1. oila va jamoadoshlari oldidagi o’zini o’zining ma’suliyatini anglaydi. 2. maqsad va orzu umidlarini amalga oshirishga harakat qiladi. 3. kommunikativlik, ahillik, keсhirimlilik, rahm-shafqatlilik kabi sifatlarga ega bo’ladi. 4. tashqi ko’rinish etikasiga amal qiladi va liboslarni tanlashda o’z fikrini bildira oladi. 5. sabr qanoat, shukronalik, qat’iy irodali bo’lishga intiladi. O’quvchilarimizda ma’naviy axloqning rivojlanishida nafaqat oila shu bilan birgalikda mahalla va maktab hamkorligi muhim, сhunki bola oiladan tashqarida mahalla va maktab muhiti bilan bog’liq bo’gan tarzda tarkib topadi. Atrofdagilarning, tengdoshlarining bolaning kamol topishida ta’siri juda kuchli bo’lib har qanday salbiy va ijobiy muhitni singdirishi mumkin. 27Prezidentimizning 2020 yil 18 –fevraldagi PF-5938-sonli farmoniga muvofiq. ‘’Jamiyatda ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, oilalarni qo’llab quvvatlash to’g’risida’’gi qarorlari ayni muddao bo’ldi. Mahalladagi muhitni sog’lomlashtirish uchun turli sport o’yingohlari, to’garaklar,qiziqishlarini hisobga olgan holda bellashuvlar, musobaqalar, bayramlar, mehr-muruvvat tadbirlari uyushtilisa farzandlarni bo’sh vaqtlari bo’lmaydi. Hayotning mazmunini to‘g‘ri tushuntirish, farzandlarga odob- axloqni o‘rgatish, ezgu ishlarga odatlantirishda xalq pedagogikasining yuqorida ta’kidlangan tarbiya metodlaridan foydalaniladi. O‘git va nasihat metodi xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida o‘z aksini topgan. Masalan, xalq maqollari o‘git va nasihat shaklida beriladi: - Yaxshi bo‘lsang kelinchak, bo‘la ko‘rma erinchak. - Eling senga cho‘zsa qo‘l, unga doim sodiq bo‘l. - Ko‘kka boqma, ko‘pga boq. - Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan. - Yo‘qni borday qil, bomi bolday qil. - Yaxshilik qilsang, yashir, yaxshilik ko‘rsang, oshir. - Obro‘ topaman desang - kamtar bo‘l. Manaviyatni targ’ib etuvchi yana bir rivoyatni misol keltimoq joizdir. Boshlang’ich sinf o’qish darsliklaridan birida “Ma’naviyatli xalqni yengib bo’lmaydi” ertagida bir podshoning yurtini dushmanlar bosib olmoqchi bo’lib ularga elchi yuborib taslim qilmoqchi bo’lganda podshoning huzuriga bir yupun kiyingan bir bola qo’lida so`z bilan ajoyib kuy chalib barchani lol qoldirishiga ko’ra podshoh unga katta e’tibor qaratib yonginasida olib o’tirganini hayrat bilan o’z podshosiga so’zlab beradi. Buni eshitgan podshoh shunday deydi; ”Shunday, ulkan yurtning shoxi bir kichik mashshoxga shuncha izzat–ikrom ko’rsatibdimi, demak bu xalq ma’naviyati yuksak ekan, ma’naviyatli xalqni esa yengib bo’lmaydi’’ deb tan bergan ekan.Xaqiqatdan ham ma’naviyatli xalq har jihatdan kuchli va mustahkam irodali xalq hisoblanadi. Ma’naviyat va axloq o’z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqo`zo etadi. Ma’naviy-madaniy tarbiyaatizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o’z xulqiga nisbatan his-tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni tarbiyaviy ishlar tashkil etadi. Shunga ko’ra, ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag’bat bilan hosil bo’ladigan faoliyat eng asosiysi bo’lib hisoblanadi. Ma’naviyat insonning falsafiy-huquqiy, diniy-axloqiy tasavvurlarini aks ettiruvchi ma’naviy manba hisoblanadi. Shunga asosan, u kishilarni bir-birlariga yaqinlashtiradigan va ularni hamjihatlikka erishishga yordam beradigan, hamkorlikning yangi qirralarini ochadigan boylikdir. Ma’naviyat tariximiz, qadriyatlarimiz asosini tashkil etib yoshlarni madaniy boyliklarga hurmat-e’tibor va ularni yanada rivojlantirish, kelajakda iqtisodiy taraqqiyoti kuchli mamlakatni qurishga undab, zamonaviy bilimlarni, yuksak tajribalarni egallashga chorlaydi. Ma’naviyat tushunchasiga Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’rif berganlar: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdoni uyg’otadigan kuch. Insonning barcha qarashlarining mezonidir”. Inson ma’naviyatining mohiyati bir-biri bilan uzviy bog’langan ma’naviy-axloqiy, ilmiy-amaliy, mafkuraviy fazilatlarning yaxlit tizimi ekanligini unutmasligimiz darkor. Ma’naviy madaniy tarbiyatarbiya haqida so’z yuritganimizda, axloq tushunchasiga e’tibor qaratishimiz lo`zim. “Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aqliy va ruhiy balog’ati va dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir”. 28A.Erkayevning fikricha, “ma’naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikkka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir” . Har qanday millatni avvalo ma’naviy madaniyatini yuksaltirish dastlab oilaning ta’sir kuchidan boshlanadi, chunki insonning ilk hayotiy tushunchalari eng sof va pokiza tuyg’ulari ,tasavvurlari oila bag’ridan boshlanadi. Bolaning xulq-atvori, tabiati, ma’naviy mezon va qarashlari yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or- nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalar poydevori oila sharoyitida qaror topishi tabiiydir. Zero, avlodlarimiz tajribasidan ma’lumki, oila jamiyatning negizi bo’lib hisoblangan va ko’p asrlik mustahkam ma’naviy tayanсhga egadir. Bu tayanch tajribalari albatta, oiladagi asta sekinlik bilan bobolar o’giti, momolar maslahati, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi. Oilada tarbiya topib keyingi ta’limni, madaniyatni, dunyoqarashni, jamoaviy birdamlikni, umummadaniy xislatlarni maktabgacha ta’lim maskanidan, maktabdan to’plab borishadi. Boshlag’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy madaniyatini shakllantirishda oilaning qo’llab quvvatlashi bilan turli teatr tomoshalari, saylgohlarga sayrlar, milliy kuy qo’shiqlar konserti va turli to’garaklar, ommaviy kitobxonlik kechalari, kutubxonalarga tashrif buyrib taniqli shoir va yo`zuvchilar bilan davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilishi o’quvchi yoshlarda milliy ma’naviy salohiyatini oshirish omillariga zamin yaratadi. Xalq og'zaki ijodi namunalarida jasurlik, mardlik, sadoqat, insoniylik, xushxulqlilik xislatlariga ega bo'lgan inson qiyofasi gavdalangan. Ibtidoiy turmush tarzi hamda odamlar o'rtasidagi munosabatlar mazmuni insonlarda ana shunday sifatlarning shakllanishini taqo`zo etgan. Bilimlilik, xushxulqlilik, muayyan kasb yoki hunarga ega bo'lish inson ma’naviy kamolotini belgilovchi asosiy ko'rsatgichlar hisoblangan. Hozirgi paytda mahallalarimizda yashayotgan ziyoli oilalarimizdan yetishib chiqatotgan kichik yoshdagi o’gil qizlarimiz kitonxonlikka, san’at sohasida, sport yo’nalishida, hunarmandchilik va boshqa yo’nalishlarda qatnashib kelatotgan oila farzandlariga berilayotgan e’tibor tufayli mahallalarimizda ijtimoiy ma’naviy sog’lom muhit paydo bo’lmoqda. Bunga misol qilib Termiz shahridagi ,,Shifokor’’ mahallasida yashovchi 4 - sinf o’quvchisi Abduraimova Sadoqat yosh istedod egalarini yuzaga chiqarish maqsadida ,,Besh tashabbus” doirasidagi o’tkazilgan ,,Bo’zatov Fest” yoshlar ovo`zi tanlovida 1 o’rinni egallagani, va ,,Yulduz” mahallasida yashovchi mahallalar o’rtasida sportni keng targib qilish maqsadida 4 - sinf o’quvchisi Komiljnov Maqsud sportning boks turi bo’yicha qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdi. Sherobod tumanida ,,Uzunsoy’’mahallasida yashovchi Turg’unova Hurdona o’zining bilimga chanqoqligi va tirishqoqligi bilan surxondaryo viloyatida o’tkazilgan ,,kitobxon oila’’ ko’rik tanlavida munosib qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan. Download 284.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling