Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari. Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar


Download 85.78 Kb.
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi85.78 Kb.
#1366338
1   2   3   4
Bog'liq
Abdulaziz

Tushunchalarni bo‘lish
Har bir inson atrofidagi odamlar, voqea-hodisalar, buyumlar va b. ga o‘z munosabatini belgilar ekan, ularni toifalarga, qismlarga, turlarga bo‘ladi. Bunday bo‘lish uning tushunchalar olamida amalga oshadi. Inson fikr yuritish jarayonida tushunchalarni turli asoslarga ko‘ra bo‘ladi.
Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar:
1. Tushunchani unga qarama qarshi bo‘lgan tushuncha orqali ta’riflash.
2. Tasvirlash- tushunchaning mazmunini u aks ettiruvchi predmetning ba’zi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlash.
3. Tavsiflash - predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur belgilarini ko‘rsatish.
4. Ko‘rsatish (ostensiv ta’riflash) - predmetning o‘zini yoki suratini ko‘rsatish orqali ta’riflash.
5. Misol keltirib ta’riflash. Bunda ta’riflanayotgan predmetning mazmuni uni boshqa predmetga o‘xshatish, tafovutlash orqali aniqlanadi.
Tushunchani bo‘lish deb, tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga aytiladi.
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning o‘ziga xos turi bo‘lib, unda bo‘lish izchillik bilan amalga oshiriladi va bo‘lish a’zolarining har biri yana boshqa bo‘linmalarga ajratiladi. Bunda bo‘lish a’zolarining har biri boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega bo‘ladi. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, kataloglar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Tasniflash predmetlarning muhim belgisiga ko‘ra amalga oshirilsa, tabiiy tasniflash deyiladi. Tabiiy tasniflash predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Mendeleyev tuzgan kimyoviy elementlarning davriy jadvali tabiiy tasniflashning klassik namunasidir.
Bo‘lishning strukturasi:
1. Bo‘linuvchi tushuncha- xajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha.
2. Bo‘lish asosi – predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi
3. Bo‘lish a’zolari – bo‘lish natijasida xosil qili-nadigan tur tushunchalar
Bo‘lishning turlari
1. Asos bo‘lgan bel-gining o‘zgarishiga qa-rab bo‘lish
Masalan: Burchaklar- to‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchaklarga bo‘linadi.
2. Dixotomik bo‘lish
Masalan: Burchaklar o‘tkir yoki o‘tkir bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.
Tushunchalarni bo‘lish qoidalari.
1. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmining yig‘indisi bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi shart.
2. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi shart, ya’ni asos qilib olingan belgi bo‘lish davomida o‘zgartirilmasligi zarur.
3. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi shart. Ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatida bo‘lishi zarur.
4. Bo‘lish uzluksiz amalga oshirilishi, ya’ni jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinishi shart.
Sun’iy tasniflash predmetlarning birorta nomuhim, umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Kutubxonadagi kitoblar katalogi, lug‘atlarda so‘zlarning muayyan tartibda berilishi sun’iy tasniflashga misol bo‘ladi. Sun’iy tasniflash bilimlarni tizimlashtirishga yordam beradi.
Tasniflashda ham tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur.Tasniflar bilish va kundalik turmush jarayonida uzoq yillar davomida ishlatiladi, mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 85.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling