Tutash muhit meхanikasining umumiy хarakteristikasi. Asоsiy gipоtezalar


\ TUTASH MUHIT KLASSIK MОDELLARI


Download 1 Mb.
bet28/30
Sana05.01.2022
Hajmi1 Mb.
#219807
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
TUTASH MUHIT MEХANIKASINING UMUMIY

\

TUTASH MUHIT KLASSIK MОDELLARI

Jismlarning tutash muhitlarga mansubligini tajribalar asоsida tekshirish mumkin. Suyuqliklar, gazlar va deformatsiyalanadigan qattik jismlar tutash muhit sifatida eng umumiy fizik xususiyatlarga ega bo’lishlaridan tashqari, ularning har birlariga хos farqlari mavjudki, ularni e’tiborga olgan holda tahlil etish ham tutash muhit mexanikasining asosiy vazifalaridandir. Ichki va tashqi kuchlarga, kuchlanishlarga tutash muhit zarralari reaksiyalari turlicha bo’lishi tabiiydir. Masalan, suv va temir bo’laklari og’irlik maydоnida bir-biridan nihoyatda katta farq qila oladigan mexanik ko’chishlarga, siljishlarga ega bo’lishi kundalik hayotda ma’lum: suyuqlik zarralarida har bir elementar maydonchaga tegishli urinma kuchlanishlar temirdagiga qaraganda nihoyatda kichik yoki nolga tengligini elementar fizika kursi asosida, oddiy tajriba asosida ta’kidlash mumkin. Albatta, tutash muhitlar sifatida faqatgina suyuqlik va gazlar, ma’lum qonuniyatlar asosida deformatsiyalanadigan qattiq jismlargina emas, balki murakkab ichki kuchlanganlik, u bilan bog’liq bo’lgan va vaqt o’tishiga ham bog’liq bo’lgan jarayonlar tekshirilishi mumkin.

Bu bobda tutash muhitning eng sodda modellari sifatida tan olingan va shuning uchun ham klassik modellar deb ataluvchi tutash muhit modellari bilan ish ko’ramiz. Har bir model uchun ta’rif berish asosida ularning boshqa tutash muhit modellaridan farqi va ta’sir doirasi ajratiladi, ular uchun mexanika qonunlari tatbiqi asosida asosiy tenglamalari keltirib chiqariladi. Olingan tenglamalar massaning saqlanish qonuni, harakat miqdori, uning momenti o’zgarishi tenglamalari va, umuman olganda, keyingi boblarda o’rganiladigan termodinamika qonunlaridan kelib chiqadigan munosabatlar asosidagi tenglamalar sistemasidan iborat bo’lib, bu tenglamalar real fizik jarayonlarga mos keluvchi chegaraviy va boshlang’ich shartlarni ifodalovchi tenglamalar bilan birgalikda yagona sistemani tashkil etadi.

Bu bobda termodinamik jarayonlar o’zgarmas bo’lgan hol uchun tutash muhitning eng sodda modellari - klassik modellari o’rganiladi. Bu modellarni tuzish yopiq tenglamalar sistemasini tuzishdan iboratdir.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling