Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Download 153.21 Kb.
bet24/37
Sana22.04.2023
Hajmi153.21 Kb.
#1379459
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Ta’rifi. Urg’ochisining uzunligi 3-4 mm bo’lib, tuxum qo’yish davrida esa 5-6 mm ga yetadi. Tanasi oq mumsimon tezak bilan qoplangan, chetlarida 17 juft mumsimon o’siq shu jumladan tana uzunligining yarmigacha boradigan ikkita uzun dum ipi bor. Oyoqlari yaxshi rivojlangan, bilinar-bilinmas kalta tuklar bilan qoplangan, son va boldirining pastki tomoni sertuk. Ko’zlari yirik, mo’ylovlari 8 bo’g’imli bo’ladi. Qurtning orqa qismi bir oz chuzilgan, tanasi anal bo’laklarni xosil qiladi, xar bir bo’lakda bittadan to’q bo’ladi. Anal teshigi qorin oxirgi segmentining tergitidadir.
Qurtning erkagi 1,02-1,5 mm uzunlikda, qanotli, qizg’ish-jigar rangli, ko’zlari qora bo’lib, qizil doiralar bilan o’ralgan. Mo’ylovlari 10 bo’g’imli. tuxumining uzunligi 0,3 mm, oval shaklda bo’lib, bir uchi bir oz toraygan. Rangi sariq -zarg’aldok bo’lib, yupqa mumsimon oq gard bilan qoplangan. Birinchi yoshdagi lichinkasining uzunligi taxminan 0,45 mm, oval shaklda bo’ladi, oziqlana boshlashi bilan mumsimon oq tezak bilan qoplanadi, ikkita dum ipi bor. Uning mumsimon yon usiklari bo’lmaydi. Ikkinchi yoshdagi lichinkaning uzunligi 1 mm gacha boradi, mo’ylovlari 6 b^imli. Uchinchi yoshdagi lichinkaning uzunligi esa 1,7 mm gacha boradi, mo’ylovlari 7 bo’g’imli. Ikkinchi va uchinchi yoshdagi lichinkalar mumsimon zich oq tezak va tuklar bilan qoplangan, yonida 16 juft o’sig’i va ikkita uzun dum ipi bor.
Hayot kechirishi. Komstok qurti po’stloq tangachalari ostida, daraxtlarning kavagida, o’simlik ildizlarida, xazon orasida, devor yoriqlarida tuxumlik stadiyasida qishlaydi. Urg’ochi xasharot tuxum quyish paytida mumsimon oq par, ya’ni ovisak chiqaradi, tuxumlar shu ovisakning ichida tup-tup bo’lib turadi. Voyaga yetgan urg’ochilari xam, lichinkalari xam kishgacha qoladi, ammo qora sovuqda va yog’ingarchilik ko’p bo’lgan da ulib ketadi. Yaxshi ximoyalanmagan joylardagi tuxumlarning talayginasi xam kish bo’yi nobud bo’ladi. Lichinkalar tut daraxtining kurtaklari bo’rta boshlaganda, martning ikkinchi yarmi-aprel boshlarida tuxumdan chiqa boshlaydi. Komstok qurti xammaxo’r bo’lib, yovvoyi va madaniy o’simliklarning 300 turida yashay oladi, ayniqsa tut, katalpa, qora ermon va pechakni xush ko’radi. Komstok qurti o’simlikning xamma qismlarini: tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, Funchalari, gullari, mevalarini va 5-6 sm chuqurlikdagi tuproqka kirib ildizlarining yuqori qismini suradi. Ayrim xollarda esa 40 sm gacha chuqurlikda uchraydi. Qurt odatda bargning pastki tomonidagi tomirlar buylab oziqlanadi. Bu zararkunandaning urg’ochilari uchta lichinkalik yoshini o’tadi, ikkinchi yoshdagi lichinka po’st tashlagandan keyin urg’ochisi tinchlik davriga kiradi, ya’ni G’umbakka aylanadi. Komstok qurti taxminan bir yarim oyda bir nasl beradi. Yoz bo’yi uchta, ba’zan (ayniqsa janubiy Tojikistonda) to’rtta nasl beradi. Urg’ochisi so’nggi po’st tashlashdan 10-30 kun keyin tuxum qo’ya boshlaydi. Hashorotning birinchi nasli odatda 200-350 ta va ko’pi bilan 670 ta, ikkinchi nasli 250 ta, ko’pi bilan 435 ta, uchinchi nasli esa 200 ta, ko’pi bilan 350 ta tuxum qo’yadi. Urg’ochi qurt xammasi bo’lib 15-36 kun yashaydi. Voyaga yetgan qurtlar va lichinkalar qoroli joylarda yashaydi; tik tushib turgan quyosh nurida 38°S xaroratda 3 minutda ulib qoladi. Birinchi yoshdagi lichinkalar («brodyajkalar») chiqqan joyidan xar tomonga o’rmalab ketsa xam, qurt daraxtning bir shoxi yoki qo’shni shoxlari doirasidagi yaqin masofadagina faol xarakatlana oladi, xolos. Yangi o’simliklarga asosan passiv yo’l bilan: tut ko’chati, bargi, chilpindisi, utini, transport vositalari, kiyim-kechak, xayvonlar juni, kushlar (ayniqsa chumchuklar) panjasi, ariq suvi bilan tarqaladi (komstok qurti suvga chukmaydi va bir necha kungacha ovqatsiz yashay oladi), qurt qishloq xo’jaligi asboblari va sabzavot hamda mevalar bilan ham tarqalishi mumkin.
Markaziy Osiyoda komstok qurtini bir qancha yirtkichlar yo’q qilib turadi; ulardan bon mushkasi (eisor^ bona Rohd.) ning axamiyati kattaroq, uning lichinkalari qishlayotgan qurtning ko’pincha 80-90 % ini uldiradi. Bon mushkasi yiliga 5-6 nasl bersa xam, ko’klamda va yozda baribir kam bo’ladi va o’suv mavsumining oxiridagina ko’payib qoladi. Komstok qurtini oltinko’zlarning lichinkalari (ayniqsa SЫuBora vulgaris Schr.) va tugmacha qo’ng’izlar (SossineShdae) yeydi.
Chet eldan maxsus oldirilgan psevdafikus (Pseudapcus malinus Gah.) degan parazit komstok qurtini yo’qotishda toyat katta rol o’ynaydi.

Download 153.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling