Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Qo'llanish doirasi chegaralangan so'zlar


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778723
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
Qo'llanish doirasi chegaralangan so'zlar - faqat ma'lum bir sotsial guruh yoki 
hudud doirasidagina ishlatiladigan noadabiy qatlamga oid so'zlar 
So'zlar qo‟llanishiga kora : 
1)hududiy chegaralangan (sheva) 
2)sotsial chegaralangan so'zlar  

 Hududiy chegaralangan so'zlar - ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan 
umumxalq tiliga xos bolmagan sozlar 
Sotsial chegaralangan so'zlar - faqat ma'lum ijtimoiy guruh doirasidagina 
qo'llanadigan umumxalq leksikasiga xos bo'lmagan so'zlar 

 Varvarizmlar - tilimizga chet tilidan noo'rin o'zlashgan kelgindi so'zlar. 
M : karochi, privet, sava, saxranit, zato, vapshe 

 Vulgarizmlar - lotincha oddiy, odatiy
Kundalik hayotda ishlatiladigan kishilar nutqida kop uchraydigan so'kish, qarg'ish 
dag'al so'zlar. 
M : haromi, oqpadar, yeryutkur,
M : Urush noming o'chsin jahonda 
Sut ko'r qilgur, xaromi Zafar 
Beti yoq bezbetginam 
🔆 Ta'bular(Disfemizm) 🔆 - inglizcha taqiqlash - qo'pol so'zlar 
M : O'ldi, xotin, bo'g'oz, tug'di, joni chiqdi 
🔆 Evfemizm 🔆 
💠 Fikrni ogʻir botmaydigan, tinglovchiga malol kelmaydigan qilib ifodalash, 
nomaqbul soʻzlarni maqbuliga almashtirib bayon qilish vositalari evfemizm deyiladi. 
Yunon tilida bu soʻz ―yumshoq gapirmoq‖ maʼnosini anglatadi. 
Yomon boʻlibdi deyishning oʻrniga yaxshi boʻlmabdi desa, kasal ifodasidan koʻra 
mazasi yoʻq, tobi yoʻq deyilsa, kishi koʻngliga qattiq botmaydi.
Evfemizmni oʻrinli qoʻllash kishining madaniyatliligini bildiradi. Turmush 
oʻrtogʻining ismini aytmaslik (dadasi, dadajonisi, onasi deyish yoki katta farzandining 
ismi bilan chaqirish), sizlash kabilarni ham evfemizmga misol qilish mumkin. 


Evfemizmga yana misollar: 
• oʻldi — olamdan oʻtdi, vafot etdi, narigi dunyoga rihlat qildi
• tugʻdi — koʻzi yoridi; 
• chol — yoshi ulugʻ inson, moʻysafid; 
• nogiron — imkoniyati cheklangan inson; 
• koʻr — koʻzi ojiz; 
• aroqxoʻr — zararli odatlari bor odam; 
• negr — qora tanli inson; 
• shunday qilishing kerak — shunday qilsang maqsadga muvofiq boʻladi. 



Parazit so'zlar - kishilar nutqida odat tusiga kirib bo'lgan va nutqida o'ta ko'p 
takrorlanishi natijasida nutqning jo'yaliligiga putur yetkazadigan alogizmlar 
M : shu-shu, haligi, o'sha, hozir, innaykeyin 

 Kanselyarizm - o'ta rasmiy xarakterga ega bo'lganligi sababli kichilar nutqida 
kam uchraydigan so'zlar
Ijozat etilsin, quyidagilar inobatga olinsin 

 Argo - lahja so'zidan olingan bo'lib muhim ijtimoiy guruh doirasidan o'rin olgan 
va faqat shu guruh a'zolari uchun tushunarli bolgan sozlar. 



Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling