Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Yasashga asos va yasovchi vosita


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778723
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91
Yasashga asos va yasovchi vosita 
Agar so'zda birdan ortiq yasovchi qo'shimcha bo'lsa eng oxirgisi yasovchi vosita 
hisoblanadi, oldingilari esa yasashga asos qism tarkibiga kiradi. 
Tara + q -> taramoq (tara) - yasashga asos qism. 
q - yasovchi vosita. Taroq - yasalma.
Taroqchi. Taroq+chi 
Taroq - yasashga asos qism 
Taroqchi - yasalma 
-chi : yasovchi vosita.
Terim : ter - yasashga asos qism 
-im : yasovchi vosita. Terim-yasalma 
Terimchi : terim - yasashga asos qism, -chi - yasovchi vosita, terimchi - yasalma
Asosga qo'shimchalarning qo'shilish tartibi :
Asos + so'z yasovchi + lug'aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi
Test : Qoʻshimchalar soʻz tarkibi asosida joylashmagan ot berilgan javobni aniqlang 
A)Chirindi 
B)Qaqshatqich 
C)Belanchak 
D)Oshirma(xamir) 


Yechim : Bunda A javobdagi so‘zning asosi chirimoq fe‘li. Unga -ndi ot yasovchisi 
qo‘shilyapti. Asos+so‘z yasovchi shaklida, so‘z tarkibidagi qo‘shimchalar qo‘shilish 
tartibi buzilmagan, A variantni chiqarib tashlaymiz. B javobda Qaqsha+t(lug‘aviy, 
nisbat shakli) + qich (so‘z yasovchi). Bunda qo‘shimchalar tartibi buzilgan ammo 
bizdan ot so‘raldi, qaqshatqich esa sifat. B ham xato. D javobda ham xuddi shu holat 
(asos+lug‘aviy+so‘z yasovchi) oshirma so‘zi ot emas, sifatga mansub. Demak javob 
C. Bela+n(lug‘aviy)+chak(ot yasovchi) tartib buzilgan va ot so‘z turkumiga mansub. 
Ko'makchi morfemalar vazifasiga ko'ra 2 xil bo'ladi : 
1.So'z yasovchi morfemalar 
2.Shakl yasovchi morfemalar
So'z yasovchi qo'shimchalar qo'llanishiga ko'ra 2 turga bo'linadi : 
1.Unumsiz yasovchilar 
2.Unumli yasovchilar
Unumsiz yasovchilar - bugungi kunda so'z yasashdan to'xtagan shakllar : 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling