Shakl yasovchi qo'shimchalar :
1.Sintaktik shakl yasovchi
2.Lug'aviy shakl yasovchi
Es : shakl yasovchi qo'shimchalar so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar
nomi bilan ham
kelishi mumkin.
Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar - yetakchi morfemaga (asos) ga qo'shilib
undan yangi so'z yasamaydigan va o'zi qo'shilgan so'zni boshqasiga bog'lamaydigan
uning ma'nosiga qo'shimcha ma'no yuklab, leksik ma'noni biroz o'zgartiradigan
qo'shimchalar.
M : kitob+lar (miqdorini ko'paytirdi)
Katta+roq (kattalik darajasi me'yordan kamaydi)
Qiz+cha( qizning yoshi kichikligini ko'rsatdi)
Salima+xon (so'zlovchining Salimaga hurmatini ifodaladi)
Es : so'z yasovchilar leksik ma'noni tubdan o'zgartiradi, lug'aviy shakllar
esa qisman
o'zgartirib ma'noga unchalik ta'sir ko'rsatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: