Tuzuvchi: Shukurov F. M. SamDu “Xorijiy Sharq tillari” kafedrasi o’qituvchisi
Download 0.54 Mb.
|
5e5817ec2b415da5af273d952119369e “XORIJIY TIL (ARAB TILI)” FANIDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish. 2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 3.Yangi mavzu
- DARS. harflar va ularning imlosi
- 1.Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish. 2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
- DARS. Shamsiy va qamariy harflar va ularning imlosi
5 - - DARS. Tanvin belgilari
Darsning maqsadi: talabalarga haqida ma’lumot berish. Dars turi - amaliy mashg’ulot. Dars metodi - jonli nutq asosida og’zaki va yozma bayon. Dars jihozi - darslik, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar. Darsning borishi. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish. 2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 3.Yangi mavzu: Asrlar davomida qo‘llanib kelgan arab alifbosi xalq ommasining savod chiqarish uchun birmuncha qiyinchilik tug‘dirardi. Shuning uchun ham o‘zbek ziyolilari oldida alifboni soddalashtirish yoki boshqa osonroq imloni qabul qilish masalasi ko‘ndalang turardi. Nihoyat, 1921 yilda arab yozuvi isloh qilindi. Ya’ni yozuv oldingisiga nibatan birmuncha soddalashtirildi. Ommaning osonroq savod chiqarish uchun muayyan qulaylik yaratildi. Isloh talabiga muvofiq, yozuvda barcha harflar ifodalandi, arab tiliga xos bo‘lgan tovushlarni ifodalofchi ayrim harflar ( ٟ ٛ ٓ ٗ م س) yozuvdan butunlay chiqarib tashlandi. Ular o‘rniga esa talaffuzi jihatidan o‘zbek tilidagi tovushlarga yaqin bo‘lgan harflar qo‘llaniladigan bo‘ldi. Eski yozuvdagi ٓ(sod), ٗ (se) harflari o‘rniga isloh qilingan alifboda (sin) harfi, ٟ (zo), ٗ(zod), م (zol) harflari o‘rniga ى (ze), ٛ (to) tharfi o‘rniga د (te) ishlatila boshladi. Masalan:
Ma’lumki, eski yozuvda qisqa unlilar yozuvda ifodalanmas edi. Isloh qilingan arab alifbosida esa ular yozuvda to‘la aks etadigan bo‘ldi. Hatto ular uchun maxsus harfiy belgilar ham ishlab chiqildi.
Misollar:
Eski yozuvda ّ (vov) harfi uch xil tovushni, ya’ni v, o‘ va u ni ifodalab kelar edi. Isloh qilingan yozuvda esa ular bir-biridan farqlanib turuvchi harfiy belgilar bilan yoziladigan bo‘ldi. Hatto v undoshi uchun maxsus belgi qabul qilindi. Masalan:
Eski yozuvdagi ی (yo) harfi isloh qilingan yozuvda uch xil ifodalanadi:
Eski yozuvdagi ًگ (ng) yoki یٌگ (ing) tovushi birikmalari isloh qilingan alifboda ٳ yoki گ harfiga muvofiq kelgan, masalan:
6 - - DARS. harflar va ularning imlosi Darsning maqsadi: talabalarga eski o’zbek yozuviga xos harflarning o’qilish qoidalarini tushuntirish. Dars turi - amaliy mashg’ulot. Dars metodi - jonli nutq asosida og’zaki va yozma bayon. Dars jihozi - darslik, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar. Darsning borishi. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish. 2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 3.Yangi mavzu: Hozirgi yozuvdan savod chiqargan kishi uchun eski o‘zbek yozuvini o‘rganish ancha mashaqqatli ish bo‘lib ko‘rinadi. Biroq bu yozuvning xususiyatlariga chuqur ilmiylik nuqtai nazaridan yondoshgan va metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘ldan borgan kishi uchun yozuvni o‘zlashtirishda hech qanday qiyinchilik bo‘lmaydi, aksincha, unda shu yozuvni o‘rganishga nisbatan alohida qiziqish va ishtiyoq paydo bo‘ladi. Eski o‘zbek yozuvini o‘rganish bo‘yicha yaratilgan qo‘llanmalar anchagina bor va ulardan foydalanib talabalarimiz eski yozuv sirlari bilan allaqachon tanishib ulgurdilar. Biroq yozuvni o‘rganish ustidagi mashqlar o‘quvchini tabiiy tarzda bir qancha noaniq nuqtalarga, anglashilmovchiliklarga duch keltiradiki, biz bu erda tilga olingan ma’lumotlar orqali ana shu xil noaniqliklarni bartaraf etishga va eski yozuvning eski o‘zbek tilini o‘rganishga yo‘l ochuvchi ayrim tomonlarini yoritishga harakat qilamiz. Shunga e’tibor berish kerakki, qalam uchi satr chizig‘i bo‘ylab yo‘l olar ekan, shu yo‘nalishda u so‘z libosi (harf shakli)ni bichib, tikib borish bilan birga, ma’lum to‘xtamga borganda, qalam uchini yuqoridan o‘ngga va undan quyiga borib bu libosning tugmachalarini – ost-ust nuqtalarini ham o‘rni o‘rniga qo‘yib (qadab) boradi. Masalan, «qalam» so‘zini yozar ekanmiz, o‘ngdan chapga qarab qalam uchi bir harakat bilan (daftardan uzilmasdan) u so‘z shaklini yozib chiqadi: ٱلن kabi. Yozuvning fonetik-funktsional tabiati haqida so‘z borganda ba’zi olimlar bu yozuvni fonografik yozuv deb baholasalar, boshqalari yarim fonografik yozuv deb hisoblaydilar. Arab yozuvi arab tili qurilishiga moslashgan bo‘lib, so‘zdagi undosh tovushlarni, asosan, bo‘g‘inlarni ifodalashga xizmat qilgan. Eski o‘zbek yozuvi va o‘zbek tiliga o‘tib o‘zlashib qolgan arabcha so‘zlarni o‘z shakli bilan ifodalasa ham, bu tilning o‘z so‘zlarini fonografik asosda ifodalashga xizmat qildirilgan. Masalan, «Maktab» so‘zi 6 tovushli (fonemali) so‘z, ammo yozuvda u هکزت (m+k+t+b) tarzida 4 undosh harf bilan ifodalangan. Mamlakat so‘zida 8 ta fonema bor, yozuvda esa u هولکذ ( m+m+l+k+t) tarzida 5 harf bilan yoziladi. Bular – arabcha so‘zlar. «Qoshiq», «qiziq», «chiziq», «bildi» kabi turkcha-o‘zbekcha so‘zlarda esa 5 tadan fonema bor, ular yozuvda ham 5 harf bilan ifoda etiladi: Ko‘rinadiki, arab yozuvi bilan shu yozuv asosida shakllangan eski o‘zbek yozuvi bu jihatdan aynan bir xil emas ekan. Qadimgi turkiy yozuvlar ta’siri bilan eski o‘zbek yozuvi so‘zdagi har bir tovushni alohida-alohida ifodalashga xizmat qildirilgan, lekin bu tilga arab tilidan o‘tib o‘zlashib qolgan so‘zlar ko‘pligi tufayli, uning fonografiklik xususiyati ochiq ko‘rinmay qoladi. Arabcha so‘zlarning boshida va oxirida kelganda alif ( ا ) ham sof unli tovushni ifoda qilmaydi, ‘aza’, ‘ibtida’ so‘zlaridagi kabi hamza (ء) bilan qandaydir bir to‘siq bilan aytiluvchi chala unli tovushni bildiradi. Hozirgi yozuvimizdagi kabi eski o‘zbek yozuvida ham harflar o‘zaro bir-birlari bilan qo‘shib yoziladi. Qo‘shib yozish talabi bilan yoki qo‘shib yozish natijasida harflar so‘zning qaysi o‘rnida kelishiga qarab turlicha ko‘rinishlar kasb etadi: so‘zning boshida kelsa – bir xil, so‘z orasida kelsa – ikkinchi xil, so‘z oxirida kelsa – uchinchi xil. Hammasi bo‘lib to‘rt xil. 7 - DARS. Shamsiy va qamariy harflar va ularning imlosi Darsning maqsadi: talabalarga Alif yo (y). So’z boshida qo’llanishi, uning “e”, “i” unlisini ifoda qilishi haqida ma’lumot berish. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling