U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

anjir – zanjir 
qayiq – ayiq 
So‘zlarining ikkinchi bo‘g‘inidagi i tovushi qisqa talaffuz qilinishi suhbat 
asnosida eslatiladi. 
husnixat daqiqasi: multimedia ilova asosida bosh 
va kichik Aa harfi va harf unsurlarining yozilishi ko‘rsatiladi. Gap 
yozishda harflarning bog‘lanishi tushuntiriladi: 
Bb, Bb, Bb, Bb.
Bola aziz, odobi undan aziz. 


17
iii. Mustahkamlash. 
5-mashq asosida multimedia ilova namoyish etiladi. o‘quvchilarga so‘zlar-
ning bitta tovushini o‘zgartirib, yangi so‘z hosil qilishlari kerakligi aytiladi. 
qovun – sovun 
ikki – _______ 
mart – _______ 
so‘qmoq – _______ 
savlat – _______
Mashq shartini bajarish uchun o‘quvchilar multimedia 1-ilovadagi harflardan 
foydalanib so‘zlarni yozishlari lozim. So‘z to‘g‘ri yozilsa, «To‘g‘ri», aksi bo‘lsa, 
«o‘ylab ko‘ring» degan ovoz eshitiladi. o‘quvchilar quyidagi so‘zlarni yozish-
lari kerak: 
 qovun – sovun 
 ikki – ukki 
 mart – mard 
 so‘qmoq – to‘qmoq 
 savlat – davlat
mashq to‘liq bajarilgach, «ofarin» so‘zi va qarsak ovozi eshitiladi. namo-
yish tugagach, quyidagi savollar beriladi: 
qaysi tovushlar so‘zlarning ma’nosini o‘zgartiryapti? 
– 
– q – s, i – u, t – d, s – t, s – d tovushlari.
– bu so‘zlarni talaffuz qilganimizda ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? 
– tovush bilan. 
Shu so‘zlarni yozganimizda ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? 
– 
– Harf bilan. 
mashqdagi so‘zlar ma’nosi ustida ishlash maqsadida ma’nodosh so‘z toptiriladi. 
Lug‘at ishi: 
mard – jasur, qo‘rqmas, botir

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling