U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Darsning texnologik xaritasi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

Darsning texnologik xaritasi
o‘quv materiali: Unli tovushlar va harflar.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: tovush, harf, unli tovushlar, ovoz va shovqin.
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut. 
Mavzuning qisqacha ta’rifi: o‘quvchilar dars yakunida tovushlar ovoz va shovqinning 
ishtirokiga ko‘ra 2 turga bo‘linishi, unli tovushlarning to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq 
aytilishi va ovozdan hosil bo‘lishi, unli tovushlar so‘z ma’nosini farqlashga xizmat 
qilishi haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar. 
o‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: 
Dars turi: yangi bilim ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars. 
Dars metodi: suhbat, analiz-sintez, tushuntirish, ta’limiy o‘yin. 
Dars ihozi: darslik, mavzu asosida tayyorlangan slayd, rag‘batlantirish uchun 
kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimedia ilovalar. 
nazorat: og‘zaki nazorat, savol-javob, o‘zini o‘zi nazorat qilish. 
Baholash: o‘quvchilar dars yakunida baholanadilar. 
Darsning maqsadi va vazifalari
Dars maqsadi: 
a) ta’limiy maqsad: tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra 2 turga bo‘linishi, 
unli tovushlarning belgilari: to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va ovozdan hosil 
bo‘lishi, unli tovushlar so‘z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqida ma’lumot 
berish; 
b) tarbiyaviy maqsad: mashqdagi matn orqali o‘quvchilarni Vatanimiz poytaxt bilan 
tanishtirish, Vatanga mehr uyg‘otish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilar lug‘atini tinchlik qo‘rg‘oni, ozodlik kuyi, 
mehrning o‘chog‘i so‘zlari bilan boyitish, mashqlarni ifodali o‘qish ko‘nikmasini 
rivojlantirish.
Kutilayotgan natija: dars yakunida o‘quvchilar unli va undosh tovushlar, unli 
tovushlarning to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va ovozdan hosil bo‘lishi, unli 
tovushlar so‘z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. 


21

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling