U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


a)  o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, og‘zaki  nutqni yozma nutqda ifodalay olishlarini tekshirish; tarbiyaviy maqsad


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

a) 
o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, og‘zaki 
nutqni yozma nutqda ifodalay olishlarini tekshirish;
tarbiyaviy maqsad:
b) 
o‘quvchilarni tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatishga 
o‘rgatish va ahillik, inoqlik xislatlarini tarkib toptirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning chiroyli va savodli yozish-
larini nazorat qilish. 
Dars turi: nazorat darsi. 
Dars metodi: suhbat metodi, analiz-sintez, induksiya. 
Dars jihozi: darslikda berilgan 3-mashqdagi rasm asosida multimedia ilo-
vasi. 
Darsning borishi: 
i. Tashkilliy qism: 
salomlashish;
– 
davomatni aniqlash;
– 
navbatchi axborotini tinglash;
– 
sinf tozaligini, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. 
– 
ii. o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 
Uy vazifasi 2-mashq shartiga ko‘ra tekshirladi. 
So‘zlarning ma’nosini farqlashga xizmat qilayotgan tovushni ayting. 
– 
Uyga vazifa so‘ralayotganda so‘zlarning adabiy-orfoepik talaffuzi ustida 
ham ishlanadi: bahor, baho so‘zlarining birinchi bo‘g‘inidagi a tovushini a deb 
talaffuz qilish to‘g‘ri talaffuz sanalishi, h tovush-harfi imlosi suhbat asosida qayd 
etiladi. quyidagi savollardan foydalanib darslikdagi qoida o‘quvchilarning javob-
lari asosida keltirib chiqariladi: 
tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi? 
– 
– Harflar bilan. 
Harflarni biz nima qilamiz? 
– 
– Yozamiz. 
o‘zbek yozuvida nechta harf bor? 
– 
– 29 ta. 
Tovushlar harflar bilan ifodalanadi. Harflarni yozamiz, ko‘ramiz va 
o‘qiymiz. o‘zbek yozuvida 29 ta harf bor.


15
iii. nazorat ishini tashkil etish. 
Darslikda berilgan 3-mashqdagi rasm asosida multfilm namoyish etiladi. 
Unda qish fasli tasvirlangan. daraxtlar, dalalar qor bilan qoplangan. bolalar 
qishki kiyimda qishki o‘yinlar o‘ynayapti. namoyish tugagach, darslikdagi rasm-
ga aylanadi. 
namoyish tugagach, quyidagi savollar beriladi: 
rasmda qaysi fasl tasvirlangan? 
– 
– Qish fasli. 
qishda tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? 
– 
– Havo sovuq bo‘ladi, qor yog‘adi. 
Hayvonlar va qushlar qishda qanday kun kechiradi? 
– 
(Masalan, ayiq issiq inida uyquda bo‘ladi, boshqa hayvonlar yashash uchun 
kurashadilar.) 
qishda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynaydi? 
– 
– Bolalar qorbo‘ron o‘ynaydilar, chana va chang‘ida uchadilar. 
rasmdagi bolalarga ism qo‘ying. (
– 
Bolalar o‘zlari yoqtirgan ismlarni 
qo‘yadi). 
kimlar qorbo‘ron o‘ynayapti?
– 
 
– …, …, …lar qorbo‘ron o‘ynayapti. 
bolalar yana qanday o‘yinlar o‘ynayaptilar? 
– 
– …, …, …, …lar qorbobo yasashyapti, …, …lar chanada uchyapti. 
o‘qituvchi darslikdagi savollarga o‘quvchilar bergan javoblarning mazmun 
jihatidan to‘g‘ri tuzilganini namuna uchun doskaga yozadi. Har bir o‘quvchi daf-
tarlariga o‘zi tuzgan javoblarni yozadi. o‘quvchilarning savollarga bergan javob-
laridan ba’zilari namuna uchun o‘qitiladi. 

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling