U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


 intizom. 2. o‘zaro hurmat


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

1. intizom.
2. o‘zaro hurmat.
3. Faollik.
4. aniqlik.
5. ahillik.
6. o‘ng qo‘l qoidasi.
ii. yangi mavzu bayoni. 2-ilova. 
o‘quvchilarni darslik bilan tanishtirish maqsadida quyidagi savollar asosida 
suhbat tashkil etiladi: 
o‘zbekiston respublikasining davlat tili qaysi til? 
– 
– o‘zbekiston respublikasining davlat tili o‘zbek tili. 
o‘zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan? 
– 
– o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berilgan. 
Hammamiz qaysi tilda gaplashamiz? 
– 
Hammamiz 
– 
o‘zbek tilida tilda gaplashamiz. 
biz so‘zlashadigan til qaysi millatga xos? 
– 
biz so‘zlashadigan til 
– 
o‘zbek millatiga millatga xos. 
o‘zbek millati ko‘p yillik tarixga ega. o‘zbek tilining boyligi va jozi-
– 
basini dunyoga tanitgan buyuk mutaffakir bobomiz kim? 
o‘zbek tilining boyligi va jozibasini dunyoga tanitgan buyuk mutaffakir bo-
bomiz alisher navoiy


10
alisher navoiyning qanday hikmatli so‘zlarini bilasiz? 
– 
(o‘qituvchi hikmatli so‘zlarning ma’nosi ustida tushuntirish ishlari olib 
boradi.) 
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. 
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, 
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim. 
Tilga e’tibor – elga e’tibor. 
o‘qituvchi so‘zi: 
agar odamlar o‘z tilini unutsalar, millatini yo‘qotadilar. Shuning uchun 
– 
siz o‘zbek tilini yaxshi bilib olishingiz lozim. buning uchun maktabda ona tili 
fani o‘rgatiladi. nima uchun ona tili fani dedik? o‘quvchilarning javoblari ting-
lanadi va bildirilgan fikrlar xulosalanadi va izohlanadi.) 
Bola go‘dakligidan ona allasini ona tilida eshitadi. Vatanimiz biz uchun 
– 
yagona, onamiz ham yagona, shuning uchun ona-Vatan, ona tilim, deymiz. Siz-
ga berilgan «ona tili» darsligingiz ona tilini o‘rganib olishingiz uchun yordam 
beradi. bu darslikni olimlarimiz: tal’at G‘afforova, ergash Shodmonov, Xoli-
da G‘ulomovalar yozishgan. darslikdagi mashq va topshiriqlar sizni to‘g‘ri va 
mazmunli gapirishga, to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatadi. 
Shundan so‘ng darslik muqovasidagi rasm asosida suhbat uyushtiriladi. 
Darslik mualifflari va shartli belgilari tanishtiriladi. 

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling