U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


-ilova.  Multimedia 1-ilova


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

3-ilova. 
Multimedia 1-ilova. 
darslik muqovasidagi a. navoiy haykali, bog‘-gulzorlar, guldasta ko‘targan 
o‘quvchilar va quyosh tasvirining mohiyati, ya’ni buyuk mutaffakir bobomiz-
ning o‘zbek tilining jahonga tanitishdagi ulkan xizmatlarini ulug‘lab shahrimizda 
unin g sharafiga qo‘yilgan haykali, ajdodlarimiz mehnatidan faxrlangan va ularga 
o‘xshashni orzu qilgan o‘quvchilar, yurtimizning tinch va faravonligini aks et-
tiruvchi bog‘-gulzorlar hamda uchayotgan qushlar, nur sochayotgan quyosh – 
Vatanimizning obodligi haqida o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. 
«ona tilim» she’ri bilan multimedia orqali tanishtiriladi. buning uchun 
video tasvir namoyish etiladi. She’r yuzasidan quyidagicha suhbat tashkil qili-
nadi: 
She’r nima haqida ekan? 
– 


11
– She’r ona tili haqida ekan. 
She’rning muallifi kim? 
– 
– She’rning muallifi Muhammad yusuf
ona tili haqida she’rda nima deyilgan? 
– 
– ona tili haqida she’rda jon tilim, jon-dilim deyilgan. 
«yuragimning to‘rida 
– 
Sayrab turgan bulbulim», – misralarining ma’nosini tushuntiring. 
o‘quvchilarning javoblari tinglanib, mashqqa yakun yasaladi. 
4-ilova. Lug‘at ustida ishlash. 
She’rdagi izohtalab so‘zlar ma’nosi ustida ishlashda o‘qituvchi o‘quvchilarga 
izohtalab so‘zga ma’nodosh so‘z topish topshirig‘ini beradi. quyidagi so‘zlarga 
izohli lug‘atda berilgan ta’rifni keltiramiz: 
yuragimning to‘rida – to‘ri so‘zining ma’nosi joyning yuqori qismi, ya’ni 
quyiga qarama-qarshi tomoni
suyumli – eng yaxshi ko‘rilgan
suyuk hurmat-izzat qilgan
ardoqli – e’zoz-ehtiromga loyiq
buyuk – ulkan, katta
5-ilova. Multimedia 2-ilova.
«oila» mavzusidagi rasmda buva, buvi, ota, ona, qiz va o‘g‘il farzandlar 
tasvirlangan. o‘qituvchi tomonidan beriladigan quyidagi savollar yordamida oila 
a’zolarining nomi ketma-ketlikda aytiladi. 
savol: 
bu kim? (ota). 
Shunda ota rasmi ekranda kattalashtirilib ko‘rsatiladi va rasm ostida ota so‘zi 
hosil bo‘ladi. o‘quvchilar bu so‘zni o‘qiydilar. o‘qituvchi tomonidan beriladi-
gan keyingi savollar yordamida ota so‘zida nechta harf va tovush borligi aniqla-
nadi. Shundan so‘ng ota rasmi o‘z o‘rniga qaytariladi. Shu tariqa oiladagi kishilar 
nomlari tahlil qilinadi. 
1-mashqda keltirilgan so‘zlar darslikdan o‘quvchilarga o‘qitiladi va o‘qitish 
jarayonida savollar yordamida so‘zdagi tovush va harflar soni aniqlanadi. Qaysi 
tovush so‘zning ma’nosini o‘zgartirishi aytib o‘tiladi. 

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling