U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

husnixat daqiqasi: Multimedia ilova asosida bosh va kichik Ee harfi 
va harf unsurlarining yozilishi ko‘rsatiladi. Gap yozishda harflarning 
bog‘lanishi tushuntiriladi: 
Ee, Ee, Ee, Ee. 
Elyor ertak o‘qidi. 
iii. yangi mavzu bayoni. 4-ilova. 
8-mashq multimedia 2-ilova asosida tushuntiriladi. Ilovada she’r muallifi 
tanishtirilib, she’r matni o‘qib eshittiriladi: 
Poytaxt shahar, bosh shahar
Qadim tuproq, Shosh shahar…
Sen tinchlik qo‘ng‘irog‘i, 
Sen ozodlik kuyisan. 
Sen mehrning o‘chog‘i, 
Sen oftobning uyisan. 
 
 
 
 
 Muhammad yusuf 


24
Videorolik namoyishida Toshkentning avvalgi va hozirgi ko‘rinishi tasvirla-
nadi. She’rning dastlabki ikki qatori ko‘chirilib, unlilar tagiga chizish kerakligi 
aytiladi. She’r matni yuzasidan quyidagicha suhbat o‘tkaziladi: 
She’r sizga yoqdimi? 
– 
– … 
She’r nima haqida ekan? 
– 
– Toshkent shahri haqida ekan. 
She’rning muallifi kim? 
– 
– Muhammad Yusuf. 
Siz avval muhammad yusufning qaysi she’rini o‘qigan edingiz? 
– 
– «Ona tilim» she’rini. 
nima uchun she’rda toshkentni bosh shahar deyilgan? 
– 
– Poytaxt bo‘lgani uchun. 
o‘zbekistonning poytaxti qayer? 
– 
– Toshkent shahri. 
Lug‘at ustida ishlash: 
Qadim tuproq, Shosh shahar, tinchlik qo‘rg‘oni, ozodlik kuyi, mehrning 
o‘chog‘i, oftobning uyi so‘z birikmalarinig ma’nolari tahlil qilinadi. 
5-ilova. 
poytaxt so‘zida nechta tovush bor? 
1. 
(7 ta.) 
tovushlarni nima qildingiz? 
2. 
(Talaffuz qildik.) 
Harflarni-chi? 
3. 
(Yozdik.) 
tovushlar necha turga bo‘linadi? 
4. 
(2 turga: unli va undosh.) 
Poytaxt so‘zidagi unli harflarning tagiga bitta chiziq chizing. 
5. 
p
6. oytaxt – nima uchun bu tovushlar unli tovush deyiladi? 
So‘zdagi undosh tovushlarini aniqlang. 
7. 
nima uchun bu tovushlar unli tovushlardan farqlanadi? 
8. 
o‘quvchilarning savollarga bergan javoblari umumlashtirish jarayonida 
to‘ldiriladi. 

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling