54
2 5 - d a r s
MavzU. Bo‘G‘in
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad:
a)
o‘quvchilarga bo‘g‘in va bo‘g‘in hosil bo‘lishi haqida
umumiy tushuncha berish;
tarbiyaviy maqsad:
b)
qushlarni sevish,
ularning palaponlarini asrash,
parvarishlash, ularga ozor bermaslik, qushlar bizning do‘stimiz ekanligi haqida
tushuncha hosil qilish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: so‘zlarni chiziqcha orqali bo‘g‘inga
ajratib
yozish, tahlil qilish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat,
kichik guruhlarda ishlash, ta’limiy o‘yin.
Dars jihozi: bo‘ginga bo‘linuvchi so‘zlar yozilgan kartochkalar,
fonetik
tahlil uchun shablonlar, tarqatma harflar.
Darsning borishi:
i. Tashkiliy qism:
– salomlashish;
– navbatchi axborotini tinglash.
Bizning shiorimiz:
O‘rgan – o‘rgat shiori,
Boshlang‘ichdir poydevori.
Sog‘ tanda – sog‘lom aql,
Biz bunga doim kafil!
– bolalar, hozirgi darsimizning nomi nima?
– Ona tilim jon-u dilim,
Sening bilan biyron tilim.
– barakalla!
– Maqsadimiz barkamol inson bo‘lib el-yurtga xizmat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: