U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


so‘zda nechta unli harf bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in hosil bo‘ladi. so‘zlar


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

so‘zda nechta unli harf bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in hosil bo‘ladi. so‘zlar 
bo‘ginlarga bo‘linadi.
Dam olish daqiqasi.
63-mashq. 1-multimedia ilova tarkibida mashqda berilgan so‘zlar o‘qitiladi 
va qarsaklar yordamida bo‘g‘inlarga bo‘linadi, bo‘g‘inlar chiziqcha bilan 
ajratiladi. 
n a m u n a : oppoq – op-poq, so-vuq – so-vuq…
Lug‘at ishi:
musaffo – juda ham sof, beg‘ubor
yaxmalak – muzdan bo‘lgan yer
64-mashq. doskaga rasm ilinadi. Hikoya mavzusi ustida to‘xtaladi. 
ajratilgan so‘zlar doskada bo‘ginga bo‘lib yoziladi: 
I-ni-dan, tu-xum, bu-vi-si, Ha-san, bo-la, och-di.
«Bo‘g‘indan so‘z top» ta’limiy o‘yini asosida amalga oshiriladi. 
tarqoq holdagi bo‘g‘inlardan mashqdagi ajratilgan so‘zlarni hosil qiling.
n a m u n a : Hasan, inidan, tuxum, buvisi, bola, ochdi.
matn haqida quyidagi savollar yordamida suhbat o‘tkaziladi.
1. Hikoya nima haqida ekan?
2. Hasan nima qildi?
3. buvisi Hasanga nima dedi?
4. bir necha kundan keyin qanday voqea sodir bo‘ldi?
5. Hikoyaning davomi qanday bo‘lishi mumkin?


57
o‘quvchilarning javoblari tinglanib, xulosa qilinadi. Hikoyaning tarbiyaviy 
ahamiyati yoritiladi. o‘quvchilar hikoyani davom ettirishadi.
hikoyaning davomi: qaldirg‘och bolalari katta bo‘lib, yanagi yil ham 
Hasanjonning uyiga kelishdi. Hasanjon bundan juda quvondi. Chunki buvisining 
aytishicha, fayzli, tinch va osoyishta xonadonga qaldirg‘och in quradi. kelasi yil 
qaldirg‘ochlar boshqa do‘stlari bilan ham kelib, inlar qurib, palaponlarini voyaga 
yetkazishdi.
Topshiriq. Ini so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.
ini – uyasi
Fonetik tahlil o‘tkazish.
doskaga so‘z yoziladi. masalan: qaldirg‘och.
o‘quvchilar qo‘liga tarqatma tarqatiladi.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling