U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
a
v 174 ko‘rinishga bitta resurs bo‘lish taklif qilinadi). Bu misolda sikl C-T-D- U-C ketma-ketlikda bo‘ladi. Bir biriga qarshi kurashishi uchun amaliyotda to‘rtta strategiya ishlatiladi: Muammolarni to‘liq rad etish. Agar siz muammoni rad etmasangiz, u sizni rad etishi mumkin. Aniqlash va bartaraf etish. Bir birini bloklash holati paydo bo‘lishga ruhsat beriladi, so‘ng u aniqlaniladi va muammoni hal qilish uchun choralar ko‘riladi. Bir birini bloklash to‘rtta shartidan birontasi bajarilmaslikka yo‘l qo‘ymaslik uchun oldini olish. Berklik holatidan dinamik qochishda resurslarni to‘g‘ri taqsimlash. Nazorat savollari 1. Qurilmalarni boshqarish nima uchun kerak? 2. Qurilmalar turlarini keltiring. 3.O‘zaro birgalikda bloklash nima va uning shartlarini tushuntiring. 4. Kiritish/chiqarish menejeri vazifalari. 5. Tarmoq qurilmalariga misol keltiring. 6. Kontroller qanday vazifani bajaradi? 7. Kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishini tushuntiring. 8. Kiritish/chiqarish qurilmalarida to‘xtalishlarni tushuntiring. 9. Qurilmalarni boshqarish bo‘yicha operatsion tizimning vazifalari. 10. DMA kontrolleri nima va uning vazifasi? 11. Protsessor va kiritish/chiqarish qurilmalarini parallel ishlashini tushuntiring. 175 VBOB. FAYL TIZIMI VA FAYLLARNI BOSHQARISH JARAYONI 5.1. Operatsion tizimlar fayl tizimi, tuzilishi va tashkil etilishi Fayllarni boshqarish Operatsion tizimining muhim vazifalaridan biri foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan ma’lumotlar bilan qulay ishlash vositalarini taqdim etish hisoblanadi. Buning uchun OT saqlangan ma’lumotlarning fizik tuzilishini foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan mantiqiy model bilan almashtiradi - tizim kataloglari va fayllari ierarxik tashkil qilingan bo‘ladi. Har qanday kompyuter dasturi ma’lumotlarni qabul qiladi, saqlaydi va namoyish qiladi. Ish paytida, jarayon cheklangan miqdordagi ma’lumotni o‘z manzil maydonida saqlashi mumkin, chunki uning hajmi virtual manzil maydoni doirasi bilan cheklangan. Ba’zi amaliy dasturlar uchun, masalan, aviachiptalarni bron qilish tizimlari, bank tizimlari va boshqalar, faqat virtual manzillar maydoni yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, jarayon tugaganidan so‘ng, uning manzil maydonida saqlanadigan ma’lumotlar yo‘qoladi. Shu bilan birga, bir qator dasturlar (masalan, ma’lumotlar bazalari) uchun uni uzoq vaqt, ba’zan esa abadiy saqlash kerak. Bunday dasturlar uchun jarayon tugaganidan keyin ma’lumotlarning yo‘qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kompyuter, shuningdek, ishlamay qolganda, jarayonda uzilishlar bo‘lganda ham ma’lumot saqlanishi kerak. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling