U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Xavfsizlik va himoya (Protection and security). Ko‘p 
foydalanuvchili yoki tarmoqqa ulangan kompyuter tizimida 
saqlanadigan 
ma’lumotlarning 
egalari 
ushbu 
ma’lumotlardan 
foydalanishni va boshqarishni xohlaydilar. Bir vaqtning o‘zida bir 
nechta alohida jarayonlar sodir bo‘lganda, bitta jarayon boshqa 
jarayonga yoki operatsion tizimning o‘ziga xalaqit bermasligi 
kerak.Himoyalash – tizim resurslariga barcha kirishlar boshqarilishini 
ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Tizimni begona odamlardan himoyalash 
ham muhim. Bunday xavfsizlik har bir foydalanuvchidan tizim 
resurslariga kirish huquqini olish uchun, odatda, parol yordamida 
tizimda autentifikatsiya (o‘zini haqiqiyligini tasdiqlashni) qilishni 
talab qilishdan boshlanadi.
1.4. Kompyuter tizimlari, ularning tuzilishi va ahamiyati 
Hisoblash jarayonida 
operatsion 
tizimlarining 
vazifasini 
yaxshiroq tushunish uchun kompyuter tizimini ko‘rib chiqamiz. U 
quyidagi komponentlardan tashkil topgan: 
 Kompyuter qurilmalari (hardware), uning asosiy qismi – 
markaziy protsessor (Central Processor Unit - CPU) – kompyuter 


19 
buyruqlarini bajarish yo‘riqnomasi, dasturlar va ma’lumotlar 
saqlanadigan xotira, kompyuterga axborotlarni kiritishni ta’minlovchi 
va foydalanuvchi – inson qabul qilgan yoki boshqa dustur shaklida 
dastur natijalarini chiqaruvchi kiritish/chiqarish qurilmasi yoki tashqi 
qurilma.
 Operatsion tizim (operating system) – kursimizning asosiy 
predmeti. 
Foydalanuvchili 
va 
turli 
xil 
dasturli 
kompyuter 
apparatlaridan foydalanishni boshqaruvchi tizim dasturiy ta’minoti.
 Amaliy dasturiy ta’minot (applications software) – turli xil 
masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan dasturlar. Ularga ko‘proq 
dasturlash tillari (masalan C++) bilan dasturlarni translyatsiya qilishni 
ta’minlovchi kompilyatorlar, mashina kodi (buyruq), ma’lumotlar 
omborini boshqarish tizimi, grafik kutubxona, o‘yin dasturlari, ofis 
dasturlari kiradi. Amaliy dasturiy ta’minot operatsion tizim bilan 
solishtirilganda 
nisbatan 
yuqori 
pog‘onada 
joylashadi, 
va 
kompyuterdagi turli xil amaliy va kundalik masalalarni yechishga 
yordam beradi. 
 Foydalanuvchilar (users) – insonlar va boshqa kompyuterlar. 
Kompyuter tizimlari komponentlariga foydalanuvchi inson sifatida – 
kompyuterda o‘z ish faoliyati jarayonining hisoblash tizimlari bir 
qismi bo‘lgan istalgan inson bo‘lishi mumkin. Tarmoqdagi boshqa 
kompyuterlar ushbu kompyuterga bog‘lanish (serverga ulanish) 
bo‘yicha foydalanuvchi rolini bajarishi mumkin. Masalan, katta 
dasturlarni bajarish yoki fayllarni saqlash. 
Kompyuter tizimlarining ishlash tafsilotlarini o‘rganishdan oldin 
bizga kompyuter tizimining tuzilishi haqida umumiy ma’lumot kerak. 
Ushbu bo‘limda biz ushbu strukturaning bir nechta qismlarini ko‘rib 
chiqamiz.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling