U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Simmetrik va assimmetrik ko‘p protsessorli tizimlar


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Simmetrik va assimmetrik ko‘p protsessorli tizimlar 
Simmetrik ko‘p protsessorli tizim (symmetric multiprocessing 
(SMP)) – bu ko‘p protsessorli kompyuter tizimi bo‘lib, uning barcha 
protsessorlari teng huquqli va o‘sha bir OT nusxasini ishlatadi. 
Operatsion tizim bunda istalgan protsessorda bajarilishi mumkin. 
Bunday tizimda istalgan bo‘sh protsessorga istalgan topshiriq berilishi 
mumkin. 
Barcha protsessorlar umumiy xotira va umumiy disklar 
resurslarini ishlatadi. Bir necha jarayonlar (yoki oqimlar) unumdorli 
sezilarli buzilmasdan bir vaqtda bajarilishi mumkin. Ko‘plab 
zamonaviy OTlar SMP arxitekturasini qo‘llaydi. Simmetrik 
multiprotsessorli tizimda OT (masalan, Linux) o‘rnatilgandan keyin 
foydalanuvchi menyuda boot loader ni ko‘rishi mumkin, bu haqiqatda 
uning kompyuteriga bitta emas, balki ikkita SMP qo‘llanadigan va 
qo‘llanmaydigan OT versiyalari o‘rnatilganligini bildiradi. 


27 
Assimmetrik 
ko‘p 
protsessorli 
tizim 
(asymmetric 
multiprocessing) – bu ko‘p protsessorli kompyuter tizimi bo‘lib, unda 
protsessorlar o‘z funksiyalari bo‘yicha maxsuslashtirilgan. Har bir 
protsessorga o‘ziga xos topshiriq beriladi. Bosh protsessor (master 
processor) bo‘ysunuvchi jarayonlarning (slave processors) ishlashini 
rejalashtiradi. Bunday tizimda OT bitta ma’lum unga biriktirilgan 
markaziy protsessorda bajariladi. 
Bunday arxitektura juda katta tizimlar uchun o‘ziga xos. Misol 
uchun "Elbrus" tizimi o‘z tarkibida konfiguratsiyaga bog‘liq ravishda 
bittadan o‘ntagacha markaziy protsessorlarga, bittadan to‘rttagacha 
maxsuslashtirilgan kiritish/chiqarish protsessorlariga (KChP), bittadan 
to‘rttagacha ma’lumotlarni uzatish protsessorlariga (MUP) ega. 
Kompyuterlarning 
SMP-arxitekturasini 
tashkil 
etish 
sxemasi
1.3- rasmda keltirilgan. 
1.3- rasm. Kompyuterlarning SMP-arxitekturasini tashkil etish 
sxemasi

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling