U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Parallel kompyuter tizimlari va ularni OTlarining o‘ziga xos


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Parallel kompyuter tizimlari va ularni OTlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Parallel kompyuter tizimlari bu bir necha to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘zaro ta’sirlashishadigan multiprotsessorli tizimlar hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda multiprotsessorli ishchi stansiyalar chiqarilmoqda. 
Masalan, ish stoli kompyuteriga ega bo‘lish bilan siz uning tarkibida 
ikkita yoki hatto to‘rtta protsessorlarni aniqlashingiz mumkin. 
Mos ravishda, OT bunday tizimni rekonfiguratsiyalash, yangi 
protsessorlarni ulash yoki tizimdan protsessorlarni olib tashlash, 
masalalarni yechishni bir nechta protsessorlarda parallellashtirish va 
ularni yechadigan parallel jarayonlarni sinxronlashtirishni ta’minlashi 
kerak. 
Parallel kompyuterlar orasidan protsessorlar umumiy xotira va 
taymerga (taktlarga) ajratiladigan, uzviy bog‘langan (tightly coupled) 
tizimlar ajralib turadi, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlashish umumiy 
xotira orqali bo‘lib o‘tadi. 
Very Long Instruction Word (VLIW) va Explicit Parallelism 
Instruction 
Computer 
(EPIC) 
arxitekturalardagi 
parallel 
kompyuterlarda hisoblashlarni parallellashtirish buyruqlar darajasida 
bo‘lib o‘tadi. 
Ko‘p yadroli (multi-core) kompyuterlar – assotsiativ xotirani 
(keshni) ajratadigan va umumiy xotirada ishlaydigan bitta kristallda 
joylashgan bir-birlari bilan uzviy bog‘langan protsessorlarga 
(yadrolarga) asoslangan kompyuter tizimlari hisoblanadi. 
Parallel kompyuter tizimining afzalliklari 


26 
1. Yaxshilangan unumdorlik (throughput) – ma’lumki, masalan 
yechish algoritmini parallellashtirish uni yechishga ketadigan vaqtni 
kamaytirishga imkon berishi mumkin;
2. Tejamkorlik – parallel OTda ishning qismini boshqa 
protsessor yoki yadroga berish mumkin;
3. Oshirilgan ishonchlilik – protsessorlardan biri ishdan 
chiqqanda OT hisoblashlarni boshqa protsessorga o‘tkazishi mumkin;
4. Foydalanuvchiga “do‘stona” unumdorlikni kamaytirish 
(graceful degradation) – agar protsessorlardan biri ishdan chiqsa va 
konfiguratsiyadan chiqarilgan bo‘lsa, foydalanuvchi kompyuter va 
OTni to‘g‘ri tashkil etishda hisoblashlarning sekinlashishini 
sezmasligi mumkin. 
5. Xatoliklarga barqarorlik (fail-soft system) – qurilma va 
dasturdagi xatoliklarda ko‘p protsessorli tizimning barqaror ishlashi. 
Very Long Instruction Word (VLIW) va Explicit Parallelism 
Instruction 
Computer 
(EPIC) 
arxitekturalardagi 
parallel 
kompyuterlarda hisoblashlarni parallellashtirish buyruqlar darajasida 
bo‘lib o‘tadi. 
Ko‘p yadroli (multi-core) kompyuterlar – assotsiativ xotirani 
(keshni) taqsimlaydigan va umumiy xotirada ishlaydigan bitta 
kristallda joylashgan bir-birlari bilan uzviy bog‘langan protsessorlarga 
(yadrolarga) asoslangan kompyuter tizimlari hisoblanadi. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling