U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Linux Utilitalari 
Linux foydalanuvchi buyruqlar qatori interfeysi (qobiq) ko‘plab 
yordamchi standart dasturlardan tashkil topgan. Ushbu dasturlarni 
quyidagi olti toifaga bo‘lish mumkin:
1. Fayllar va kataloglarni boshqarish buyruqlari; 
2. Filtrlar; 
3. Matn muharrirlari va kompilyatorlar kabi dasturlarni ishlab 
chiqish vositalari; 
4. Matn protsessorlari; 
5. Tizim boshqaruvi
6. Har xil. 
9.1- jadval 
Buyruq 
Funksiya 
cat 
standart fayla bir nechta fayllarni ulash 
chmod 
faylni himoya qilish rejimini o‘zgartirish 
cp 
faylni nusxalash 
cut 
fayldan matn ustunlarini kesish 
grep 
ma’lum bir shablonni fayldan qidirish 
head 
fayldan birinchi qatorni ajratib olish 
ls 
katalog ro‘yhati
make 
ikkilik 
faylni 
yaratish 
uchun 
fayllarni 
kompilatsiya qilish 
mkdir 
katalog yaratish 
paste 
matnlarni faylga joylashtirish 
pr 
chop etish uchun faylni formatlash
rm 
faylni o‘chirish 
rmdir 
katalogni o‘chirish 
sort 
fayl satrlarini alifbo bo‘yicha tartiblash 
tail 
fayldan ohirgi satrlarni chiqarish 
tr 
Belgilarni bir to‘plamdan boshqasiga o‘zgartirish 


343 
POSIX 1003.1-2008 standarti ushbu dasturlarning taxminan 150 
tasining sintaksisi va semantikasini aniqlaydi, asosan birinchi uchta 
toifaga kiradi. Ushbu dasturlarni standartlashtirish g‘oyasining 
maqsadi barcha Linux tizimlarida ishlaydigan qobiq skriptlarini 
yozish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Ushbu standart yordamchi 
dasturlarga qo‘shimcha ravishda veb-brauzerlar, multimedia fayllarini 
ishga tushuruvchilar, rasmlarni ochish dasturlari, ofis to‘plamlari va 
boshqa shu kabi ko‘plab dasturlar mavjud. Fayllar va kataloglarni 
boshqarish buyruqlari 9.1- jadvalda keltirilgan. Masalan, quyidagi 
buyruqni ko‘rib chiqamiz: 
cp a b 
Ushbu buyruq asl faylni o‘zgartirmasdan, a faylni b fayliga 
ko‘chirib o‘tkazadi.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling