U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


 Xalqaro savdoning mazmuni va tarkibiy tuzilishi


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
2. Xalqaro savdoning mazmuni va tarkibiy tuzilishi
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning
avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro 
hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni 
tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro 
savdoni tashkil etadi. 
Xalqaro savdo – bu turli davlat-milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va 
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud 


287 
bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar 
xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 
Eksport – bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur 
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. 
Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat 
ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo‘lgan 
mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur 
tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro 
aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog‘liq. 
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyusiyasi va 
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o‘zgaradi. Hozirgi 
davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari 
yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 
qismi to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xom-ashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini 
tashkil qiladi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling