U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika
O‘rin almashtirishga doir misollar
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
49997 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Guruhlashlarga (gruppalashlar) doir misollar 1-misol. Qavariq
2.3. O‘rin almashtirishga doir misollar
1-misol. A,B,D,E,F harflardan ma‟noga ega bo„lmaganlik shartini ham e‟tiborga olib, beshta harfdan iborat nechta so„z tuzish mumkin? Yechish: Masala shartiga ko„ra tuzilayotgan so„zlarning ma‟nosiga e‟tibor bermay, A,B,D,E,F harfdan iborat uzunligi beshga teng bo„lgan kombinatsiyalar sonini topamiz. A,B,C,D,E harflar soni va tuzilishi kerak bo„lgan kombinatsiyalar uzunligi tengligi sababli, o„rin almashtirishlar formulasidan foydalanamiz. Demak, uchun, ya‟ni 5 ta elementdan 5 talik juftliklar (kombinatsiyalar) soni ta ekan. Misollar 1. Yigirma nafar o„quvchidan iborat sinfda o„zaro sovg„a almashtirishlar soni qancha? J: 2. Mehnat so„zidan 6 ta harfdan iborat nechta har xil so„z tuzish mumkin? J: 3. A,B,D,E,F harflaridan A harfi B harfidan keyin joylashadigan qilib o„rin almashtirishlar soni qancha? J: 51 4. A,B,D,E,F harflaridan A harfi B harfidan keyin, D harfi F harfidan keyin joylashadigan qilib o„rin almashtirishlar soni qancha? J: 5. Kitob tokchasidagi 10 ta matematika va 8 ta fizika kitoblarining o„zaro o„rin almashtirishlari soni qancha? (Matematika va fizika kitoblari o„zaro aralashib ketishi mumkin emas). Ularni o„zaro aralashtirmasdan nechta o„rin almashtirish bajarish mumkin? J: 6. Har bir raqam bir marta uchraydi degan shartda 1,2,3,4,5,6 raqamlaridan birinchi raqami 2 ga va oxirgi raqami 5 ga teng bo„lgan nechta olti xonali son tuzish mumkin? J: 2.4. Guruhlashlarga (gruppalashlar) doir misollar 1-misol. Qavariq to„qqizburchakning diagonallari sonini toping. Yechish: Ma‟lumki, qavariq ko„pburchakning diagonallari uning biror burchagidan chiquvchi va shu burchakka qo„shni bo„lmagan burchaklarni tutashtiruvchi chiziqlardan iborat. Agar aylanada yotgan 9 ta nuqtani tutashtirsak, qavariq to„qqizburchak hosil bo„ladi. Bu nuqtalardan o„tuvchi barcha vatarlar sonidan ko„pburchakni tomonlarini hosil qiluvchi vatarlar sonini ayirib tashlasak, qavariq ko„pburchakning diagonallari soni hosil bo„ladi. Umumiy vatarlar soni 9 ta elementdan 2 tadan tuzilgan guruhlashlar (kombinatsiyalar) soniga teng. Bu vatarlar bir-biridan hech bo„lmaganda bitta nuqtasi bilan farq qiladi. Shartga ko„ra, uchun ta umumiy vatar mavjud. Qavariq to„qqizburchakning tomonlarini hosil qiluvchi vatarlar 9 ta bo„lgani uchun diagonallar soni 36-9 27 ta ekan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling