U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
49997 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Matematik statistikaning asosiy masalalari 1.1. Bosh to‘plam, tanlanma to‘plam va uning hosil qilish usullari.
130 IV BOB. MATEMATIK STATISTIKA ELEMENTLARI Ushbu bobda matematik statistikaning obyekti, predmeti, vazifa- lari, matematik statistikaning asosiy masalalari, bosh to‘plam, tanlanma to‘plam va uni hosil qilish usullari, variatsion qator, gistogramma va poligon, empirik taqsimot funksiyasi kabi ba’zi ma’lumotlar bayon etiladi. 1-§. Matematik statistikaning asosiy masalalari 1.1. Bosh to‘plam, tanlanma to‘plam va uning hosil qilish usullari. “Statistika” so„zi lotincha so„zdan olingan bo„lib, holat, vaziyat degan ma‟noni anglatadi va u tabiat hamda jamiyatda sodir bo„layotgan ommaviy hodisalarni o„rganadi. Matematik statistikaning asosiy vazifasi statistik ma‟lumotlarni to„plash, ularni tahlil qilish, baholash usullarini ishlab chiqish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdan iborat. Hodisalarni matematik statistika usullari bilan o„rganish, baholash fan va texnika uchun dolzarb bo„lgan juda ko„p masalalarni oydin- lashtirishga muhim omil bo„lib xizmat qiladi. Ayrim xususiyatlariga ko„ra tekshirish lozim bo„lgan bir jinsli obyektlarni bir guruhini olaylik. Masalan, biror kasallikka qarshi preparatni samaradorligi aniqlanyapti. Bunda nazorat uchun obyektlarni hammasini yoppasiga tekshirish mahsulotni isrof bo„lishiga, ko„p vaqtni va sarf-xarajatlarni sarflashga olib keladi. Yana bir misol sifatida aholining biror so„rovnomaga munosabatini aniqlash va zarur ma‟lumotlarni yig„ish masalasini olaylik. Optimallikni hisobga olib, bunday hollarda kerakli ma‟lumotlarni olish uchun tanlanma so„rovlar o„tkaziladi. Tekshirishning bunday usuli tanlanma usul deyiladi. Statistik tahlil qilish uchun tasodifiy tanlab olingan to„plamga tanlanma to‘plam deyiladi. Tekshirilayotgan alomati bo„yicha o„rganilayotgan barcha obyektlar to„plami bosh to‘plam deyiladi. Bosh to„plam yoki tanlanma to„plamdagi barcha obyektlar soni uning hajmi deyiladi. Odatda, bosh to„plamning hajmi , tanlanma to„plamning hajmi harfi bilan belgilanadi. Masalan, agar 1000 ta mahsulotni sifatini tekshirish uchun 10 ta mahsulot tanlab olinsa, bosh to„plamning hajmi , 131 tanlanma to„plamning hajmi bo„ladi. Agar tanlanma to„plam bosh to„plamning deyarli barcha xususiyatlarini o„zida saqlasa, u holda bunday tanlanma to„plam reprezentativ (vakolatli) tanlanma deyiladi. Tanlanma reprezentativ bo„lishi uchun, u tasodifiy tanlangan bo„lib, tanlab olinish usuli bosh to„plamning bizni qiziqtirayotgan belgisiga ta‟sir etmagan shaklda, bosh to„plamning har bir elementi tanlanmada bir xil imkoniyat bilan qatnashishi zurur. Agar tanlanma reprezentativ bo„lmasa, u holda tanlanma ustida chiqarilgan xulosalarni bosh to„plam uchun tatbiq qilish noto„g„ri xulosalarga olib keladi. Tanlanmalar tuzilishiga ko„ra ikkiga bo„linadi: takroriy va notakroriy tanlanmalar. Tanlangan obyekt kuzatish o„tkazilgandan so„ng bosh to„plamga qaytarilsa, tanlanma takroriy deyiladi. Bunda har bir tanlangan obyekt keyingi tanlanmada yana ishtirok etishi hamda takroriy tanlanmaning hajmi va bosh to„plamning hajmi ixtiyoriy munosabatda bo„lishi mumkin, ya‟ni, Agar kuzatish uchun olingan tanlanma bosh to„plamga qaytarilmasa, bu notakroriy tanlanma deyiladi. Notakroriy tanlanma uchun munosabat o„rinli. Agar bosh to„plam hajmi juda katta bo„lsa va tanlanma to„plamning hajmi kichik bo„lsa, u holda takroriy va notakroriy tanlanmalar orasida farq sezilarli bo„lmaydi. Amaliyotda ko„pincha notakroriy tanlanma usulidan foyda- laniladi. Tanlash usuliga ko„ra tanlanma tasodifiy, mexanik, tipik va seriyali tanlanmalarga bo„linadi. Bosh to„plamdan obyektlar tavakkaliga bittalab olinadigan tanlanma tasodifiy tanlanma deyiladi. Tasodifiy tanlanmani quyidagicha hosil qilish mumkin: bosh to„plamning hajmi chekli bo„lsa, uning barcha obyektlari raqamlab chiqiladi. Ular aralashtirilgandan so„ng, bittalab ta obyektlar olinadi. Tanlab olingan obyektlar tasodifiy tanlanmani hosil qiladi. Bosh to„plamda obyektlar bir necha guruhlarga bo„linib, so„ngra har bir guruhdan bittadan obyekt olish orqali hosil qilingan tanlanma mexanik tanlanma deyiladi. Mexanik tanlanma ko„pincha reprezentativ bo„lmaydi. Masalan, texnik nosozlik tufayli, har beshinchi mahsulot sifatsiz bo„lsin, u holda bosh to„plamdan olingan 5% li mexanik tanlanma maz- kur partiyadagi sifatsiz mahsulotning aniq nisbatini noto„g„ri ifodalaydi. Bosh to„plamdagi obyektlar namunaviy o„zaro kesishmaydigan “seriya- larga” ajratilgan bo„lib, har bir seriyadan tasodifiy tanlanma olingan bo„lsa, bunday tanlanma namunaviy tanlanma deyiladi. Masalan, barcha litseylardan iqtidorli o„quvchilar ajratilgan bo„lsin. Har bir litseydan 2 tadan o„quvchi olinsa, bu namunaviy tanlanma bo„ladi. 132 Bosh to„plamdagi obyektlar o„zaro kesishmaydigan seriyalarga ajratilgan bo„lib, tanlanma bir necha seriyadan iborat bo„lsa, bunday tanlanma seriyali tanlanma deyiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda 2 ta litsey tanlab olinib, ularning o„quvchilari tekshirilsa, bunda seriyali tanlanmaga ega bo„lamiz. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling