Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari splayni, bular standart splaynlardan yoki WRectangle (Devor uchun to‘g‘ri to‘rtburchak) murakkab splayn guruhidan (eslatiladi: hohlagan bu splaynilarni avvalo tahrirlanadigan turga o‘tkazish, ana shundan so‘ng obyekt osti splaynni va boshqa obyektlarni tahrir mumkin). Ana shunday o‘xshash tashkil etuvchi splaynlar bilan ishlashda ularni tashkil etuvchi alohida chiziqlarni splayning obyekt ostisi splayn bilan tahrirlash mumkin. Splayn Vertex (Cho‘qqi)larining turlari. Line (Chiziq) splaynini yaratish ketma-ketligini ifodalasa, shuni aytish kerakki chiziqni yaratishda silliq yoki siniq qilib chizish mumkin. Ko‘proq qo‘llanadigan variant bu ikkinchisi bo‘lib, bunda avval siniq chiziqlar yaratiladi, so‘ngra uning shakli silliqlanadi. Chiziq shaklini silliqlash davrida uning Vertex (Cho‘qqi)lariga (tayanch nuqtalariga) ishlov beriladi. Sahna hohlagan usul bilan tozalanadi (barcha obyektlarni y o‘qotish, yoki asosiy menyu Reset buyrug‘i bilan). Front (Oldidan ko‘rinish) proyeksiya oynasida Line (Chiziq) uskunasi yordamida ixtiyoriy shaklda siniq chiziq yaratiladi. Siniq chiziqni hosil qilish uchun rasm chizish vaqtida sichqonchaning chap tugmasi kursorni surayotgan davrida bosilmasligi lozim. Chiziqning nazorat nuqtasini hosil qilinadigan joylaridagina sichqonchaning chap tugmasi bosilishi lozim. Quydagi rasmda ko‘rsatilgandek chiziq hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy siniq chiziq Yaratilgan siniq chiziq belgilnadi, buyruqlar panelining ikkinchi bo‘limiga o‘tiladi. Bu yerda modifikator oynasida, splaynning obyekt osti Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari tuzilishi ochiladi va Vertex (Cho‘qqi) bandi tanlanadi. Convert to Editable Spline Convert to Ecitable Mesh Convert to Editable Poly Convert to Editable Patch Spline obyekti Obyekt ostidagi daraja tanlanishi bilanoq, splaynning barcha chiziqlari och rangli kvadratlar bilan belgilanadi. Markazga yaqinroq splaynning hohlagan Vertex (Cho‘qqi)si belgilanadi, belgilangan cho‘qqi qizil rangga bo‘yalishi kerak. Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish bilan belgilangan Vertex (Cho‘qqi)ga nisbatan menyu paydo bo‘ladi. Bu yerda, uning yuqorigi chap qismida Vertex (Cho‘qqi)lar turining guruhi joylashgan. Menyudagi cho‘qqilar turining guruhi Bular quyidagi cho‘qqilarning turlari: Corner (Burchakli) - agarda haqiqatda siniq chiziq yaratilgan bo‘lsa, aynan ana shu tur belgilangan bo‘lishi kerak, chunki hozirgi paytda ana shu tur qo‘llaniladi. Agarda menyu boshqa tur bilan belgilangan bo‘lsa, Corner (Burchak)ni belgilash lozim. Bu turning xususiyati shundaki, chiziq ana shu cho‘qqidan og‘ganda sinadi va aniq burchak hosil qiladi. Smooth (Silliqlangan) - hohlagan cho‘qqini tanlab, uni Smooth (Silliq) turga o‘tkaziladi. Ana shu cho‘qqidan o‘tgan chiziq silliqlangan bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling