Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
3- MODIFIKATORLAR VA SPLAYNLAR YORDAMIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari Tayyor Loft model. 6. Splayn - kesim ajratiladi (ko‘pburchak). Buyruqlar panelining ikkinchi bo‘limiga o‘tiladi va uning radius, tomonlar sonining ko‘rsatkichlar qiymati o‘zgartiriladi. Splayn shakli o‘zgaradi, u bilan birga Loft model shakli ham o‘zgaradi. 7. Agarda splayn - yo‘lni (yoy) ko‘rsatkichlari bilan ham, yuqoridagi amal bajarilsa splayn, Loft model shakllari o‘zgaradi. Shunday qilib, Loft usuli modelni yo‘l bo‘ylab uning yuzasini tasvirlash imkonini beradi. Shu bilan birga tayyor model dastlabki splayn bilan o‘zining shaklini yoki shakllarini saqlaydi. Bu juda qulay chunki yordamichi obyektlar yordamida modelni muharrirlash imkonini beradi. Loft modellar har xil interyer elementlarini yaratishda har xil hoshiyalar, o‘yma mebel oyoqlarini va mebel elementlarini yaratishda qo‘llaniladi. Loft usuli nimasidur bilan yuzani siqib chiqarish usuliga o‘xshab ketadi, lekin bu yerda balandlik Amount (Soni) ko‘rsatkich yordamida berilmaydi, balki alohida splayn yordamida beriladi. Xuddi kesimni siqib chiqarish usuli kabi, dastlabki splaynlarga ham talab qo‘yiladi, agar talab buzilsa ulardan Loft model olib bo‘lmaydi. Splayn yo‘lga quyidagi talablar qo‘yiladi: uning shakli bir martadan ortiq uzilmasligi lozim, u ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin, faqatgina bir joyda va bir marotaba. Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari EDIT MESH BILAN ISHLASH Modifier Edit Mesh - geometriyani tahrirlashning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, ularsiz murakkab shaklli obyektlarni modellashtirishni tasavvur qilish qiyin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrir qilishdan tashqari, u turli xil modifikatorlarni qo‘llash uchun tarmoqlarni yoki ularning pastki obyektlarini tanlashda ishlatilishi mumkin. Edit Mesh modifikatori yordamida olma modelini yaratish misolini ko‘rib chiqaylik. 1. Yuqori ko‘rish oynasida 45 radiusli Sphere (Shar) obyektini yarating. 2. Buyruqlar panelining Modify (O‘zgartirish) buyrug‘idagi o‘zgartiruvchilar ro‘yxatidan Meshni tahrirlash qatorini tanlang. 3. Tanlovni tarqatishda Vertex (Cho‘qqi) tugmasini bosish orqali nuqtani tahrir qilish rejimiga o‘ting. 4. Perspektiv (Perspektiva) ko‘rish oynasida shaming yuqori tepasini tanlang. 5. Rasmda ko‘rsatilgandek, yumshoq tanlov ko‘rsatkichlarini kengaytiring va yumshoq tanlash ko‘rsatkichlarining qiymatlarini ko‘rsating. Bundan tashqari, sharning yuqori nuqtasi atrofidagi uchta qator rang bilan ajratilgan bo ‘lishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling