Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Urunma chizig‘i qancha uzun bo‘lsa, shakl shuncha silliqlanadi. Urunma
chizig‘i qancha qisqa bo‘lsa, shakl shuncha uchli bo‘ladi. Urunma
chizig‘ining yo‘nalishini o‘zgartirib, chiziq shaklini har xil buzib ko‘rsatish
mumkin. Bezye turidagi Vertex (Cho‘qqi)lar ko‘p qo‘llaniladi,
chunki
splayn shaklini qulay tarzda silliqlaydi va unga aniqlik kiritadi.
Bezier Corner
(Burchakli bezye) - bu tur
avvalgi turdan shu bilan
farqlanadiki, uning urunmasi bitta emas,
balki ikki qismdan tashkil
topgan, ularni har birini alohida tahrirlash mumkin. Bu splayn yuzasida
o‘tkir burchaklarni silliq segmentlar bilan umumlashtirish imkonini beradi.
Quydagi rasmda Bezier Corner (Burchakli bezye) turdan foydalanib,
chiziqning bir necha variantlari ko‘rsatilgan. Ko‘rinib
turibdiki, bunday
turdagi silliqlash, shakllarning bir qancha variantlarini yaratish imkonini
beradi.
Bezier Corner turiga o‘tkazish
LOFTLASH USULI. LOFTING YORDAMIDA
MURAKKAB OBYEKTLARNI
YARATISH VA SOZLASH
Navbatdagi splaynlar asosida modellar yaratish usuli bu Loft usulidir.
Bu usul yuzani siqib chiqarish usuliga ozgina o‘xshaydi, lekin undan
farqliroq Loft usuli yuzani siqib chiqarishni faqat bir tarafgagina emas,
balki ma’lum yo‘l bo‘yicha siqib chiqarishni amalga oshiradi.
Shunday
qilib, Loft usuli yordamida obyektlarni yaratish asosida yo‘l va kesim yuza
yotadi.
Shunga ko‘ra ana shu usuldan foydalanishda kamida ikki splaynlar