Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1205655
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- YORUG‘LIK MANBALARI VA KAMERALAR

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
ishlashda maxsus yoritish sistemalari o‘rganiladi. V-Ray vizualizator ham 
shaxsiy tur yorug‘lik manbai bilan ishlaydi. 
Standart yorug‘lik manbai Create (Yaratish) buyruqlar panelining 
o‘ng bo‘limida, uchinchi bo‘lim osti Lights (Yorug‘liklar)da joylashgan. 
Bunda obyektlar turining svitokini (to‘plamini) ochish va standart bandni 
tanlash lozim. 
Standart yoruglik manbaining bloki 
Uning oldida standart yorug‘lik manbaining ro‘yxati joylashgan. 
Ba’zilarining ishlash tartibi bilan batafsil tanishamiz - Omni (Nuqtali), 
Target Spot (Nuqtali yo‘naltirilgan), Target Direct (To‘g‘ri yo‘naltirilgan). 
Omni (Nuqtali). 
Omni (Nuqtali) manbaa fazoda nuqta bo‘lib 
namoyon bo‘ladi, undan har tarafga yorug‘lik tarqaladi. U oddiy 
lampochkaning analogi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur manbaani sahnaning 
turli joyiga o‘rnatib, qayerdan yorug‘lik tarqalishi ko‘rsatiladi. Sahnada 
bitta mustaqil yorug‘lik manbai o‘rnatilgan zahoti, standart yorug‘lik 
avtomatik ravishta o‘chiriladi, yoritish mustaqil yoritish manbaidan 
yoritiladi 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Omni yoruglik manbasidagi sahna. 
Target Spot (Nuqtali yo‘naltirilgan). 
Target Spot (Nuqtali 
yo‘naltirilgan) manbaa, yo‘naltirilgan projektor. Yorug‘lik nurlari 
konussimon shaklda bo‘ladi. Bu aniq yo‘naltirilgan bo‘ladi, agarda obyekt 
konus nuriga tushmasa, u yoritilmaydi. Bu obyekt sfera kabi yaratiladi. 
Manbaa yaratiladigan Target Spot (Nuqtali yo‘naltirilgan) uskunasi 
tanlanadi, uch o‘lchamli fazo nuqtasining qayerida manbaa o‘rnatiladigan 
bo‘lsa, ana shu nuqtada sichqonchaning chap turgmasi bosiladi, so‘ngra 
kursorni shula qayerga yo‘naltirilishi lozim bo‘lsa, o‘sha yerga suriladi. 
Shunday qilib sahnada qo‘shimcha Target Spot (Nuqtali yo‘naltirilgan) 
yorug‘lik manbai qo‘shiladi. 
Target Spot yoruglik manbasidagi sahna. 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling