Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
5- YORUG‘LIK MANBALARI VA KAMERALAR
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 4. Endi sahnada modeldan tashqari ularga yo‘naltirilgan kamera paydo bo‘ldi. Sahnani yangi yaratilgan kamera orqali ko‘rish uchun Perpective (Perspektiva) proyeksiya oynasi belgilanadi, so‘ngra ana shu oyna menyusi ochiladi (sichqonchaning chap tugmasini chap burchakdagi nomiga bosish y o‘li bilan) va Cameras - Camera 01 menyu bandi tanlanadi, yoki “C” tugma bosiladi. 5. Oyna proyeksiyasining ko‘rinishi o‘zgaradi. Endi Perspective (Perspektiva) yozuv o‘rniga oynaning yuqorigi chap burchagida Camera 01 yozuvi namoyon bo‘ladi. Ko‘rish esa syomka kamerasi orqali amalga oshiriladi. 6. Harakat manipulyatori olinadi, hohlagan ortografik oyna proyeksiyasida (masalan, Top (Tepadan ko‘rinish) oynasida) yaratilgan syomka kamerasi belgilanadi va uni har tarafga qo‘zg‘atiladi. Kameraning joylashuvini o‘zgartirish yo‘li bilan sahnaning ko‘rish rakursi o‘zgartiriladi. Shunday qilib, ko‘rish rakursini sozlash harakat va aylantirish manipulyatorlari orqali bajarish mumkin. Bu proyeksiya oynasidagi boshqarish manbalaridan ko‘ra ancha qulay. 7. Syomka kamerasi projektor kabi ikki obyektdan tashkil topgan: kameraning o‘zi va uning maqsad nuqtasi. Fazoda maqsad nuqtasini o‘zgartirib, kamera orqali ko‘rishni o‘zgartirish mumkin. Kameraning o‘zi esa joyidan qo‘zg‘almaydi. Kamerani o‘zini surib, ko‘rish nuqtasini o‘zgartirish mumkin, yo‘nalish esa doimiy bo‘lib qoladi. 8. Syomka kamerasi orqali ko‘rish rejimini o‘zgartirish uchun va Perspective (Perspektiva) rejim oynasiga qaytish uchun, proyeksiya oynasining menyusidan Perspective (Perspektiva) bandi yoki dastlab syomka kamerasining proyeksiya oynasini belgilab yoki “P” tugmasini bosish lozim. Sahnaning standart rejim ko‘rinishi qaytadi. 9. Syomkaga olish kamerasini yaratish usulining yana bir turi bu yo‘naltirilgan kamerani avtomatik ravishta yaratish va uni fazoda shunday joylashtirish kerakki, uning rakurs ko‘rishi hozirgi Perspective (Perspektiva) oyna proyeksiyasining rakursi bilan mos kelsin. Buning uchun ayni paytda Perspective (Perspektiva) oyna proyeksiyasi faol va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling