Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

6-§. Intralingvistika. Intralingvistikani ichki lingvistika deb ham 
tushunsak bo‘ladi. Intralingvistika til birliklarining sistem aloqasini, 
munosabatini tashqi lingvistikaga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganadi. Ichki 


19 
lingvistikaning o‘rganish ob’ekti fonologiya, leksikologiya va grammatika 
sanaladi. Tovushlar birikib sistem aloqa hosil qilishi jarayoni tadqiq 
qilinadi. Har qanday tovush to‘g‘ri kelgan ikiknchi tovush bilan birika 
olmaydi. Bu erda ham ma’lum qonuniyatlar mavjud bo‘lib, bu qonuniyatlar 
ichki lingvistikada o‘rganiladi. 
7-§. Ekstralingvistika. Ekstralingvistikani tashqi lingvistika deb ham 
ataymiz. Tashqi lingvistika tilning taraqqiyoti va vazifasini ijtimoiy-siyosiy, 
ijtimoiy-tarixiy, etnik, jo‘g‘rofiy kabi faktorlar bilan bog‘liq tarzda 
o‘rganadi. Shunga ko‘ra, ushbu lingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida 
o‘rganadi. Til juda murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, bugungi taraqqiyot 
bosqichiga kelguncha ko‘plab faktorlar ta’sirida bo‘ldi. Ijtimoiy-siyosiy, 
ijtimoiy-tarixiy, etnik, jo‘g‘rofiy kabi faktorlar tilning rivojlanishi uchun 
muhim vazifani bajaradi.
Nazorat uchun savollar: 
1.Tilshunoslik bilmi nazariyasining o‘rganish ob’eti haqida nimalarni 
bilasiz? 
2.Tilshunoslikka kirish fanining asosiy tekshiruv ob’ekti nimalardan 
iborat? 
3.Umumiy tilshunoslikda qanday masalalar o‘rganiladi?
4.Mikro va makrolingvistikalar haqida ma’lumot bering. 
5.Til sistemasi va uning asosiy unsurlari nimalardan iborat? 
6.Semotika deganda qaysi sohani tushunasiz? Til belgisi deganda -chi? 
7.Jamiyat 
taraqqiyoti 
va 
insonlarning 
ongli 
harakati, 
o‘zaro 
munosabatida til-nutq va yozuvning muhim o‘rni haqida nimalarni 
bilasiz? 
8. Til qanday fanlar bilan uzviy aloqador? 
9.Tilning jamiyatdagi vazifasi nimadan iborat? 
10.Tilning material asosini nima tashkil etadi? 
11.Ferdinand. de. Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtlarning til va 
tilshunoslik fanini o‘rganish sohasidagi fikrlarini aytib bering? 
12.Komporotivistikaning asoschilari kimlardan iborat? 
13.Frans Boppning qiyosiy –tarixiy tilshunoslik sohasidagi xizmatlari 
nimalardan iborat? 
14.Rasmus Raskning qiyosiy –tarixiy tilshunoslik sohasidagi xizmatlari 
nimalardan iborat? 


20 
15.Yakov Grimning qiyosiy –tarixiy tilshunoslik sohasidagi xizmatlari 
nimalardan iborat? 
16.Aleksandr Vostokovning qiyosiy –tarixiy tilshunoslik sohasidagi 
xizmatlari nimalardan iborat? 
17.Tilshunoslik fani bilan til tarixi fani tushunchasi hamda tilning 
ijtimoiy hodisaligi haqida “Yosh grammatikachilar “ fikrlarini izohlang? 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling