Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-rasm.Xorijiy davlatlarda korxonalardan olinadigan foyda solig„ining stavkalari miqdorlari 57
- 16-rasm.Xorijiy davlatlarda korxonalardan olinadigan foyda solig„ining stavkalari miqdorlari 58
6. Frantsiya
33,3 7. Buyuk britaniya 30 8. Qozog‗iston Respublikasi 30 9. Germaniya Federativ Respublikasi 25 10 . Rossiya Federatsiyasi 24 11 . O‗zbekiston Respublikasi 14 15-rasm.Xorijiy davlatlarda korxonalardan olinadigan foyda solig„ining stavkalari miqdorlari 57 Jadval ma‘lumotlarini tahlil qiladigan bo‗lsak, foyda solig‗i stavkasi dunyoda iqtisodiy salohiyati bo‗yicha faqat AQShdan keyingi o‗rinda turgan Yaponiya 57 IBFD. Publications. European Tax Handbook-2017. r. 59. 303 mamlakatida 37 foizni yoki korxonalar moliyaviy natijasining 1/3 qismidan ko‗pini tashkil etmoqda. Bu O‗zbekiston Respublikasida o‗rnatilgan soliq stavkasiga qaraganda esa 3 barobardan ham ko‗pni tashkil etmoqda. Umuman olganda nomlari keltirilgan davlatlar ichida O‗zbekistondan bir pog‗ona oldin Rossiya Federatsiyasi bo‗lib, undagi stavka ham bizdagiga qaraganda ikki barobar ko‗p bo‗lmoqda. 16-rasm.Xorijiy davlatlarda korxonalardan olinadigan foyda solig„ining stavkalari miqdorlari 58 AQShda korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliqni qo‗llashga xos bo‗lgan xususiyatlardan biri shundaki, bu erda dividendlar soliqqa tortish bazasidan chegirib tashlanmaydi. Ammo, dividendlarga nisbatan sezilarli darajada soliq imtiyozlari qo‗llaniladi. Masalan, korporatsiyalarning daromadalaridan olinadigan soliq imtiyozlari ularning aktsionerlik kapitalidagi salmog‗idan kelib 58 IBFD. Publications. European Tax Handbook-2017. r. 59. 304 chiqqanholda, belgilangan. Xususan korporatsiyaning boshqa korporatsiya aktsionerlik kapitalidagi salmog‗i 80 foiz va undan ortiq bo‗lsa, u holda korporatsiya oladigan dividend 100 foiz soliqqa tortish bazasidan chegirib tashlanadi. Agar bu ko‗rsatkich 20 foiz va undan ortiq bo‗lsa dividendlarning 80 foizi, qolgan barcha boshqa holatlarda dividendlarning 70 foizi soliqqa tortish bazasidan chegirib tashlanadi 59 . Buyuk Britaniya kompaniyalari kapitalning o‗sishidan soliqni ham to‗laydilar. Norezident kompaniyalar bu soliqni to‗lamaydilar60. Korporativ daromad solig‗i jamiyatning kelajakdagi rivojlanish darajasiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Ushbu hujjat uchta usulda mavjud tadqiqotlarga o‗z hissasini qo‗shadi: birinchi navbatda, mavjud soliq manbalarini kengaytirib, soliqlar odamlarning kelajagiga bo‗lgan munosabati kabi asosiy shaxsiy qadriyatlarga ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligini isbotlovchi dalillarni taqdim etadi61. Germaniyada korporatsiyalar foydasiga soliq solishda soliqqa tortilmaydigan minimumlar bor. Soliq stavkasi 25 foizni tashkil etadi. Korporatsiyalar foydasini soliqqa tortishda foyda ikkiga bo‗linadi; taqsimlanadigan va taqsimlanmaydigan 62 . Fransiyada esa korxonalar foydasidan olinadigan soliq - bu korxonani barcha operatsiyalar yig‗indisi bo‗yicha olingan sof foydasidan undiriladi. Hozirgi kunda soliqning asosiy stavkasi 33.3 foiz bo‗lib, ushbu soliq stavkasiga pasaytiruvchi koyeffitsiyentlar qo‗llaniladi. Eng yuqori soliq stavkasi 42 foizdir. Yaponiyada korporatsiyalar foydasiga soliqning stavkasi 37 foizni tashkil etadi. Ushbu soliqqa nisbatan ham pasaytiriluvchi koyeffitsiyentlar qo‗llaniladi. Eng yuqori soliq stavkasi 48,8 foizni tashkil etadi63.( 59 Александров И. Налоговые системы России и зарубежных стран. -М.: ―Бератов-Пресс‖. 2017. Стр. 123. 60 Перов А., Толкушкин А. Налоги и налогообложение. //Учебное пособие. -М.: ―Юрайт-Издат‖. 2017. Стр. 108. 61 https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1061951804000151 62 James E.Smith. West Federal taxation: Taxation of business entities. 2015 e. р. 121. 63 Бард В., Павлова Л. Налоги в условиях экономической интеграции. //. –М.: ―Кнорус‖. 2017. Стр. 102. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling