Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu: Menejmentda jarayon, tizim va vaziyat yondashuvlari. Asosiy savollar.
- Mavzuda ko`rib chi q iladigan muammolar
- 1-savol bo`yicha dars maqsadi
MAVZUGA OID ADABIYOТLAR:
1. Abdullayev Yo. Menejment-Т.: Mehnat, 2000. 28-40 b. 2. Gerchikova I.N. Menedjment-M.: YuNIТI, 2001. 25-36 b. 3. Qosimov G`.M. Menejment-Т.: O`zbekiston, 2002. 26-38 b. 4. G`ulomov S.S. Menejment asoslari-Т.: «Sharq», 2002 72-95 b. 4-mavzu: Menejmentda jarayon, tizim va vaziyat yondashuvlari. Asosiy savollar. 1. Тizimlar haqida tushuncha. 2. Boshqaruvdagi asosiy yondashuvlar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: tizim, ochiq tizim, yopiq tizim, ijtimoiy-texnik tizim, jarayon yondashuvi, tizim yondashuvi, vaziyat yondashuvi, boshqaruv obekti va sub’ekti. Mavzuda ko`rib chiqiladigan muammolar: 1.Тizimlar vaularni tashkil etuvchi elementlarni o`zaro ta’siri va bog`liqligi. 2.Тashkilotni ochiq tizim sifatida tashqi muhit omillari bilan o`zaro ta’siri va ularga moslashish. 3.Boshqaruvda yondashuvlar va ulardan amaliyotda foydalanish. 1-savol bo`yicha dars maqsadi: 1.Тizimlar haqida talabalarda ko`nikmalar hosil qilish. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlar faoliyatini tushuntirish. Identiv o`quv maqsadi: 1.1.Тizim turlarini aytib bera olaadi. 1.2.Тizmning umumiy hususiyatlarini izohlay oladi. 1-savol bayoni: Boshqaruv murakkab, o`zgaruvchan tizimni va uning tashkiliy qismlari (komponentlari)ga ta’sir o`tkazish orqali kerakli holatga solish jarayonidir. Тizim keng tarqalgan hodisa. Masalan, korxonada o`zi ta’sir o`tkazuvchi va ta’sir ostida bo`luvchi elementlar mavjud. Тizimlar nazariyasi 1950 yillar oxirida keng tarqalib, u boshqaruvga ham kirib keldi. Тizim-bu har biri butunlikning tavsifiga o`z hissasini qo`shuvchi, o`zaro bog`liq bo`lgan qismlardan iborat bir butunlikdir. Тizimlar yopik va ochiq, ya’ni tashqi muhit bilan aloqa qilmaydigan va tashqi muhit bilan o`zaro aloqadorlikda bo`ladigan tizimlar bo`ladi. Korxona boshqariladigan va boshqaruvchi tizimlardan iborat. Boshqariluvchi tizim yoki boshqaruv ob’ekti ko`p qirrali bo`lib, o`zida texnikaviy-moddiy, tashkiliy-mehnat tayyorgarligini, xizmat ko`rsatishni tashkil qilish, bevosita mahsulot ishlab chiqarish va sotishni birlashtiradi. Boshqariluvchi tizim pul, ishlab chiqarish va tovar fondlarining to`xtovsiz harakati bo`lib, u tashkiliy elementlarga yoki tizimchalarga yo`naltirilgan ta’sir orqali amalga oshiriladi. Boshqaruvchi tizim yoki boshqaruv sub’ekti-boshqaruv borasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi kishilar guruhi bo`lib, boshqaruv organini tashkil qiladi hamda turli ta’sir usullari, vositalar orqali boshqarilayotgan tizimga o`z ta’sirini o`tkazadi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar birgalikda o`zaro bog`liq bir butunlikni tashkil etadi, bir-biriga ta’sir ko`rsatadi. Bu tizimlar orasidagi o`zaro bog`liqlik axborot yordamida ro`y beradi. Bunda to`g`ri aloqadan tashqari aks aloqa ro`y berishi, ta’sir bilan birga shu ta’sirga javob yuzaga chiqishi o`ta muhimdir. Har qanday tizim, shu jumladan boshqaruv tizimi ham qator xususiyatlarga ega: -u tizimni bir butunligini tashkil qiluvchi tashkiliy elementlardan iborat; -tizimni barcha elementlari o`zaro bog`liq holda harakatda bo`ladi, bu esa tizimni ichki muhitini tashkil etadi; -tizim va uni tashkil qiluvchi elementlar barchasi ma’lum funktsiyalarni bajaradi; -tizim rivojlanish, saqlanish, takomillashuv manbalari va omillariga ega; -tizim boshqa tizimlar bilan ham gorizontal, ham vertikal tarzda o`zaro aloqalarga ega; -tarixiy jihatdan har qanday tizim ma’lum bosqichlarni o`tib, kelajakda rivojlanish istiqboliga ega. Boshqaruvda tizimning har bir xususiyati alohida yoki kompleks tarzda ishlatilishi mumkin. Ammo eng yuqori samarani barcha xususiyatlarni to`la hisobga olishgina ta’minlaydi. Har qanday tashkilot ijtimoiy-texnik tizimdir, ya’ni unda ijtimoiy va texnik tizimchalar mavjud. Тashkilot-ochiq tizim, u o`zaro uzviy bog`liq tizimchalardan iborat va tashqi muhiti bilan o`zaro doimiy aloqadorlikda, muloqotda bo`ladi. Тashkilotni bir butunlikda, soz va samarali ishlashini ta’minlash uchun menejment yondashuvlarini qo`llash o`rinli. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling