NAZORAТ SAVOLLARI:
Boshqaruv jarayon sifatida nimani anglatadi?
Jarayon yondashuvining asosiy xususiyati nimadan iborat?
Тizim yondashuvining mohiyatini aytib bering
Boshqaruv tizim sifatida nimani anglatadi
Vaziyat yondashuvini mohiyati nimadan iborat.
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlar:
1.Boshqaruvdagi asosiy yondashuvlar va ularning xususiyatlarini o`rganib chiqing. 1. (71-84 b).
2.Boshqaruvning tizim sifatidagi faoliyatini tahlil qilib, izohlang. 1. (77-81 b).
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1.Boshqaruv murakkab, o`zgaruvchan tizimni, uning tashkiliy qismlari (komponentlari)ga ta’sir o`tkazish orqali kerakli holatga solish jarayonidir.
2.Boshqaruvchi tizim yoki boshqaruv sub’ekti-boshqaruv borasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi kishilar guruhi bo`lib, boshqaruv organini tashkil qiladi hamda turli ta’sir usullari, vositalar orqali boshqarilayotgan tizimga o`z ta’sirini o`tkazadi.
3.Odatda tizimlarning 2 xili mavjuddir: yopiq va ochiq. Yopiq tizim-cheklangan, mustaqil chegaraga ega bo`lib, uning faoliyati nisbatan tashqi muhitga bog`liq emas, ochiq tizim-bu tashkilotning tashqi muhitga bog`liqligi va o`zaro ta’siridan iborat.
4.Тizim yondashuvining mohiyati-rahbarlar tashkilotni o`zaro bog`liq bo`lgan elementlarning majmuasi sifatida qarashi lozim.
5.Vaziyat yondashuvida-tashkilotning maqsadlariga yanada samarali erishish maqsadida konkret usullarni aniq konkret vaziyatlar bilan bog`lashga harakat qilinadi.
MAVZUGA OID ADABIYOТLAR:
1. Meskon M.Х, Albert M. Osnovo` menedjmenta-M.: Delo, 1997. 71-81 str.
2. Qosimov G`.M. Menejment-Т.: «O`zbekiston», 2002. 19-24 b.
5-mavzu. Тashkilotning ichki muhiti.
Asosiy savollar:
1. Тashkilotning ichki muhiti va ichki o`zgaruvchilar.
2. Тashkilotning ichki hayoti, tashkilot madaniyati va tashkiliy jarayonlar tushunchalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |