Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet42/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

Nazorat savollari:

    1. Boshqaruvning iqtisodiy usullariga nimalar kiradi?

    2. Тashkiliy-ko`rsatma va ijtimoiy ruhiy usullar mohiyatini ochib bering.

    3. Boshqaruv usullarini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini aytib bering.



Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari.
1.Boshqaruv usularini turkumlanishiga oid jadvallarni chizib, tahlil qiling va baholang. 1. (136, 138, 142, 144, 146, 162 betlar)
2.Boshqaruvning iqtisodiy usullari va ularni takomillashtirish zaruriyatini o`rganib izohlang. 2. (289-297 b)
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1.Boshqaruv usullari-boshqarilayotgan ob’ektga boshqaruv sub’ekti tomonidan amalga oshiriladigan maqsadli ta’sir vositalari, yo`llaridir.
2.Boshqaruv usullari doimiy o`zgarishda bo`lib, ularga bir nechta tashqi va ichki omillar o`z ta’sirini o`tkazadi.
3.Boshqaruv usullarini boshqaruv bosqichlari bo`yicha (davlat, mahalliy, korxona doirasida), tarmoqlar bo`yicha, turli boshqaruv sub’ektlari tomonidan amalga oshirilishiga ko`ra har xil turlarga ajratish mumkin.
4.Barcha boshqaruv usullarini yirik uchta guruhga ajratish mumkin. Bular iqtisodiy, tashkiliy ko`rsatma va ijtimoiy-ruhiy (psixologik) boshqaruv usullaridir.
5.Iqtisodiy boshqaruv usullari insonlarga ularning iqtisodiy manfaatlari orqali ta’sir o`tkazadi.
6.Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi - ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar mikdorini kamaytirishga imkon beruvchi yangi xo`jalik mexanizmlari va usullarini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
7.Тashkiliy-ma’muriy ta’sir ko`rsatish - bu boshqaruvning aniq boshqarilayotgan ob’ektga yoki shaxslarga qaratilgan bajarilishi majburiy shaklda bo`lgan to`g`ridan-to`g`ri ma’muriy ko`rsatmalardir.
8.Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullari - bu ishlab chiqaruvchilarni va alohida shaxslarning ijtimoiy ehtiyojlariga ularning ruhiy xususiyatlari orqali ta’sir etish usullaridir. Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullarini qo`llash ijtimoiy hodisalarni chuqur o`rganish va ishlovchilar tabiatiga (asabiga) ta’sir etuvchi ruhiy omillarni bilishni taqozo etadi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling