Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo`yicha dars maqsadi
- 2-s a vol bayoni
Nazorat savollari:
Boshqaruv usuli nima? Boshqaruv usullarini o`zgaruvchanligi nimadan iborat? qanaqangi boshqaruv vositalarini bilasiz? Boshqaruvda iyerarxiya tamoyilini izohlab bering. 2-savol bo`yicha dars maqsadi: 2.1. Тalabalarda boshqaruvning iqtisodiy, tashkiliy-ko`rsatma, ijtimoiy-ruhiy usullari haqida ko`nikmalar hosil qilish. 2.2. Boshqaruv usullarini takomillashtirish zaruriyatini tushuntirish. Identiv o`quv maqsadi: 2.1. Boshqaruvning iqtisodiy usullarini izohlay oladi. 2.2. Boshqaruvning tashkiliy-ko`rsatma va ijtimoiy-ruhiy usullariga ta’rif bera oladi. 2-savol bayoni: Iqtisodiy boshqaruv usullari insonlarga ularning iqtisodiy manfaatlari orqali ta’sir o`tkazadi. Ularning mohiyati -korxona ishchi-xodimlarining manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan mos ravishda amalga oshishi uchun qo`l keladigan iqtisodiy shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari ichida iqtisodiy usullar birlamchi o`rin tutadi. Iqtisodiy usullar baho, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag`batlantirish va xok. shu kabi iqtisodiy vositalar majmuasidan foydalanadi. Bozor iqtisodiyotidagi boshqaruv usullarining ichida ayniqsa, biznes-reja muhim o`rin tutadi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining mohiyati va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ta’siri: -korxonalarga xo`jalik yuritish usullarini tanlab olishda keng mustaqillik berish; -korxonalarning o`z faoliyatida moddiy manfaatdorlikni oshirish va iqtisodiy rag`batlantirishni kuchaytirishga shart-sharoit yaratish; -majburiyatlarni bajarish borasida shartnomaviy munosabatlar rolini mustahkamlash va oshirish; -moliya-kredit munosabatlarini ratsional hal qilish; -narxlar, foyda, rentabellik, raqobat kabi bozor elementlarini keng qo`llash; -adolatli tashkil etilgan soliq siyosatini ta’minlashga qaratilgan. Demak, iqtisodiy usullarning mohiyati - korxonaning aniq imkoniyatlari va shart-sharoitlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratiladigan to`g`ri qarorlarni qabul qilishni talab etadigan iqtisodiy sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Iqtisodiy ta’sirning mazmunini iqtisodiy hisob-kitob tashkil qilib, u o`z faoliyatini aniq hisob-kitob qilishni, sarf xarajatlar va daromadlarni solishtirish, topshiriqlar va xom ashyoni tejash, texnikani unumli qo`llash, yangi texnologiyalarni joriy qilishni taqozo etadi. Iqtisodiy hisob-kitob korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini iqtisodiy rag`batlantirishga tayanadi. Boshqaruvning iqtisodiy usullarini amalga oshirishning yana bir muhim instrumenti - bu texnik-iqtisodiy tahlildir. Тahlil nafaqat joriy masalalarni, balki istiqbolni belgilovchi masalalarni hal qilish imkonini beradi. Тahlilda Funktsional qiymat tahlili usuli alohida o`rin tutadi. Jarayon yoki mahsulotni bunday tahlil qilish usuli moddiy va mehnat resurslarni shakllantirishning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi-ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan harajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi yangi xo`jalik mexanizmlari, yangi usullarini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. Хo`jalik yuritish mexanizmining negizini uchta asosiy jihat tashkil etadi. Bular ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish va rag`batlantirishdir. Boshqaruv usullarining yana bir guruhi tashkiliy-ko`rsatma yoki tashkiliy-ma’muriy usullardir. Тashkiliy-ma’muriy ta’sir ko`rsatish - bu boshqaruvning aniq boshqarilayotgan ob’ektga yoki shaxslarga qaratilgan bajarilishi majburiy shaklida bo`lgan to`g`ridan-to`g`ri ma’muriy ko`rsatmalardir. Quyi pog`ona rahbarlari, xodimlar bajarishi lozim bo`lgan farmoyish va ko`rsatmalarni berish, ularning bajarilishini nazorat qilish, ma’lum normalar ishlab chiqish, xodimlarni to`g`ri tanlash va joy-joyiga qo`yish, ishchilarni bir joydan boshqa joyga o`tkazish, taqdirlash yoki jazolash yuqori pog`ona rahbarlarining vazifasiga kiradi. Тashkiliy-ma’muriy usullar iqtisodiy usullarni to`ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy va davlat aktlari shartlarini bajarishni kuzatish va baholashga asoslanadi. Davlat maxsus tashkil topgan boshqaruv organlari orqali boshqaruvchi tizimga ma’muriy va tashkiliy ta’sir ko`rsatadi. Тashkiliy-ma’muriy usullarni to`g`ri qo`llanilish asosini boshqaruv tamoyillariga rioya qilish tashkil etadi. Тashkiliy-ma’muriy usullar tashkilotga aniqlik beradi: uning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; boshqaruvning har bir bo`g`inining funktsiyalarini aniqlaydi; boshqaruv apparatining faoliyat samaradorligi va intizomni ta’minlaydi. Тashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari manbalari va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir qilish yo`nalishlari bo`yicha guruhlanadi. Shunga mos ravishda tashkiliy-ko`rsatma usullar uch guruhga ajratiladi. Bular tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, ko`rsatma va intizomlashtiruvchi usullar guruhlari. Barqarorlashtiruvchi tashkiliy usullar birgalikda faoliyatning tashkiliy asoslarini, ya’ni funktsiyalar, majburiyatlar, ma’suliyat va vakolat taqsimoti, tartib intizom o`rnatishni hamda ishbilarmonlik munosabatlarini tashkil qilishni ta’minlaydi. Ma’muriy ta’sirning tashkiliy shakllari ikki turda bo`ladi: tashkiliy tartibga solish (reglamentlash) va tashkiliy me’yorlashtirish. Ko`rsatma-ta’sir usullari joriy tezkor boshqaruvni ta’minlaydi, ular aniq vaziyatdan kelib chiqadi. Ko`rsatma usullar buyruqlar, ko`rsatmalar, farmoyishlar va boshqa normativ aktlar orqali amalga oshiriladi. Intizom-ta’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va ko`rsatma usullarni to`ldiradi hamda intizom talablari va ma’lumotlar tizimi, tashkiliy o`zaro aloqalarni barqarorligini qo`llab-quvvatlash uchun kerak. Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullari-bu ishlab chiqaruvchilar va alohida shaxslarning ijtimoiy ehtiyojlariga ularning ruhiy xususiyatlari orqali ta’sir etish usullaridir. Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullarini qo`llash ijtimoiy hodisalarni chuqur o`rganish, ishlovchilar tabiatiga (asabiga) ta’sir etuvchi ruhiy omillarni bilishni taqozo etadi. Sotsiologiya ishlab chiqarish sharoitidagi mehnat omillari, insonlar orasidagi ijtimoiy munosabatlarning asosi, ijtimoiy tizimlarning qonuniyatlari va turli ijtimoiy hodisalarning o`zaro uzviy bog`liqligini o`rganadi. Ijtimoiy psixologiya inson hatti-harakatiga ta’sir etuvchi stimullarni, alohida guruhlarning va ommaning xususiyatlari, ijtimoiy fikrni o`rganadi. Psixologiya shaxsning qiziqishlarini, temperamenti, xarakteri, qobiliyatlari, fikrlash doirasi va uning faoliyatiga ta’sirini o`rganadi. Mehnat psixologiyasi esa har xil faoliyat turlarining xususiyatlarini, shu jumladan, rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy xususiyatlari, tanlov usullari, faoliyatini baholash usullari, mehnat jarayonining ruhiy jihatlari, mehnat va o`qitish tadbirlarini o`rganadi. Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullari ishlab chiqarishda amal qiluvchi ijtimoiy mexanizmni, ya’ni o`zaro munosabatlar, ijtimoiy ehtiyojlar va boshqa ijtimoiy omillardan iborat bo`lgan mexanizmni qo`llashga tayanadi. Ijtimoiy boshqaruv usullari ijtimoiy tartibga solish va ijtimoiy boshqarish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy boshqarish, tartibga solish usullari turli ijtimoiy guruhlar va shaxslarning ehtiyojlari, manfaatlarini yuzaga chiqarish, o`zaro muvofiqlashtirish orqali ularni tartibga solish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash uchun qo`llaniladi. Ushbu usullarga ijtimoiy tashkilotlarning nizomlari, shartnomalari, o`zaro majburiyatlari, ishlovchilarni tanlov tizimlari, taqsimoti, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish kiradi. Ijtimoiy tartibga solish inson omilining faolligini oshirishga va boshqaruvning demokratlashuviga xizmat qiladi. Ruhiy ta’sir usullari kishilar orasidagi o`zaro munosabatlar borasida jamoada optimal ruhiy sharoit yaratishga qaratilgan. Ruhiy usullarga mehnat jamoalari va kichik guruhlarni shakllantirish, mehnatni insoniy asosda tashkil etish, kasbiy tanlov, kadrlarni o`qitish va boshqalar kiradi. Kishilarning fikrlash tartibi, ongi o`zgarishi bilan ijtimoiy-ruhiy omillarning ahamiyati yanada oshib boradi. hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida esa tamoman yangicha fikrlash tarzi kishilar ongiga singib borishi tabiiy. Insonning ruhiy qobiliyatini uning faoliyatidan ajratgan holda tushunish mumkin emas, chunki inson qobiliyatlari va xarakteri uning faoliyati davomida shakllanadi va namoyon bo`ladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling