Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet43/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

MAVZUGA OID ADABIYOТLAR:
1. Abdullayev Yo. Menejment-Т.: Mehnat, 2000. 135-163 betlar.
2. Gerchikova I.N. Menedjment-M.: YuNIТI, 2001. 289-307 str.
3. Zaynutdinov Sh. Menejment asoslari-Т.: O`qituvchi, 1998. 71-82 b.
4. Zaynutdinov Sh va boshq. Menejment asoslari-Т.: Moliya, 2001. 87-90 b.


9-Mavzu: Axborot va aloqa.


Asosiy savollar:
1. Axborot va uning turlari
2. Boshqaruvda aloqa va uning ahamiyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: axborot, aloqa, axborot tizimi, murakkab axborot tizimi, axborot uzatuvchi, axborot qabul qiluvchi.
Mavzuda ko`rib chiqiladigan muammolar:
1. Тashkilot maqsadlariga erishish uchun axborotni yig`ish, tahlil qilish orqali o`zaro muloqotni amalga oshirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
2. Axborot tizimi va uni boshqaruv samaradorligiga ta’siri.
3. Kommunikatsiya jarayoni va uning bosqichlarini o`zaro bog`liqligi.
4. Axborotni yetkazish jarayoni va teskari aloqalar samaradorligi.
1-savol bo`yicha dars maqsadi:
1. Korxona maqsadlariga erishishda axborotning o`rni va ahamiyatini yoritib berish.
2. Axborotlarni tahlil qilish va uzatishni tushuntirish.
Identiv o`quv maqsadlari:

    1. Axborot tushunchasiga ta’rif bera oladi.

    2. Axborot tizimi turlarini izohlay oladi.



1-savol bayoni:

Тashkilot maqsadlari belgilangandan so`ng ularga erishish uchun kerakli axborot va ma’lumotlarni yig`ish, tahlil qilish hamda boshqa sub’ektlar bilan aloqaga kirib, o`zaro muloqotni amalga oshirish jarayonida ushbu ma’lumotlardan foydalanib boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Aloqa va boshqaruv qarorlarini qabul qilish bog`lovchi jarayonlarga oiddir. Aloqa (kommunikatsiya)-ma’lumot, axborot almashish jarayonidir. Uning asosida rahbar zaruriy ma’lumotlarni, ya’ni samarali (ratsional) qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo`lgan ma’lumotlarni yig`ib olib, keyin tashkilot xodimlariga qabul qilingan qarorlarni yetkazish bilan shug`ullanadi. Kommunikatsiya yomon tashkil qilingan bo`lsa, qaror xato ketishi mumkin. Kommunikatsiya samarasi ko`pincha qarorning sifatini va keyinchalik uning to`liq amalga oshishini ta’minlaydi. Тashkilotda boshqaruv odamlar orqali amalga oshiriladi, demak, menejer qo`lida jamlangan axborot va ma’lumotlar ham boshqaruvning ta’sirchan instrumentlaridan biriga aylanadi. Ushbu axborot va ma’lumotlardan foydalanib, ularni uzatib va aks ta’sirini qabul qilish bilan menejer xodimlar faoliyatini tashkillashtiradi, ularning hamkorlikdagi harakatlarini o`zaro kelishtiradi va motivatsiyalaydi. Ko`p harakatlar samarasi axborotning qanday tarzda uzatilishiga bog`liq bo`ladi. Uzatishning samarasi esa axborot qabul qiluvchining tushinib olishiga ham, uzatish vositalariga ham bog`liq bo`ladi. Aloqa ro`y berishi uchun kam deganda ikki kishini mavjud bo`lishi talab etiladi, hamda bu jarayonda qatnashuvchilarning har biriga qat’iy talablar qo`yiladi. Samarali aloqa ikkala tomondan ma’lum ko`nikmalarni, ma’lum jihatdan bir-birini tushunishga intilishni talab etadi. Aloqaning ahamiyatini ko`rsatish maqsadida “Dyu-Pont” kompaniyasi xodimlarining aloqaga sarflaydigan vaqti taqsimotini kuzatish joiz: shaxsan majlislardagi aloqalar umumiy vaqtning 53% ini, yozma ravishdagi muloqot 16% ni, o`qib olish orqali 15% ni, telefon suhbatlari 8% ni, boshqa tur aloqalar 8% ni tashkil qiladi. Rahbarlarning umumiy vaqtining 50% i dan 90% gacha qismi aloqaga sarflanadi (bular bevosita boshqaruv borasidagi qarorlarga bog`liq aloqalar). Rahbarlardan “tashkilotda eng murakkab jarayon qaysi”-degan savolga 73% amerikalik, 63% ingliz va 85% yapon menejerlari aloqa jarayoni deb javob berganlar, hamda tashkilot samaradorligini ta’minlashdagi asosiy to`siqlar qatorida aloqani keltirganlar. Yana bir izlanishlar natijasi: 2000 ta turli kompaniyalarning 250 ming xodimlaridan so`rovnoma o`tkazilganda, ular tashkilotda aloqani amalga oshirish eng murakkab muammolardan biri deb ta’kidlaydilar. Ma’lumotlar kelib chiqish manbaiga ko`ra, tashqi va ichki axborotlarga, shartli o`zgarmaydigan va o`zgaruvchi axborot turlariga bo`linadi. O`zgarmaydigan axborotlar nisbatan kam o`zgaruvchi axborotlar, o`zgaruvchi axborotlar esa murakkab, tabiatan tez o`zgaruvchan va muhim axborotlardir; ularni to`plash va ularga ishlov berish ham murakkabdir.


Ma’lumotlar to`plash-odamlar bilan muloqotda bo`lish, intervyu olish, xujjatlarni o`rganish, majlislarda, yig`ilishlarda, konferensiyalarda qatnashish, statistik ma’lumotlarni o`rganish, ma’lumotlarni solishtirish orqali hamda qo`shimcha vaqt, mablag` talab qiladigan shakllari, ya’ni anketalar tarqatish, ekspert baholashlar, testlar, tahlilning har xil usullari orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarning tahlili ularni guruhlashtirishdan boshlanadi, guruhlash turli usullarda amalga oshiriladi. Misol uchun bitta usulni keltiramiz: tartibi va ketma-ket amalga oshirilishi bo`yicha; hodisalar bo`yicha; takrorlanishi, vaqti, o`lchami, tendentsiyalari, sabablari,oqibatlari bo`yicha; ishchi guruhlari bo`yicha; mahsulot va topshiriqlar bo`yicha; kelib tushishi va tashqariga uzatilishi jihatidan guruhlanadi.
Kerakli ma’lumotlarni olishni osonlashtirish maqsadida ma’lumotlar tizimi hosil qilinadi. Bunday ma’lumotlar tizimi ma’lumot oqimlari, xujjatlar, aloqa kanallari va texnik vositalarni tashkiliy rasmiylashtirilgan majmuasidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish hajmini oshishi, korxonaning ichki va tashqi ishlab chiqarish aloqalarining kengayishi, qarorlar qabul qilishdan oldin inson o`zlashtirishi zarur bo`lgan axborotlar hajmini haddan ziyod ko`paytirib yubordi. Bunday sharoitda boshqaruv amaliyotida ikkilamchi axborotlardan ham keng foydalaniladi. Axborotlarga ishlov berishda iloji boricha chaqqonlik zarur, aks holda bunday axborotlar o`zining muhim va kerakli ahamiyatini yo`qotishi mumkin.
Axborot tizimi tarkibi bo`yicha hamma vaqt bir xil bo`lib qoladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmidan, boshqaruv tizimi vazifalaridan qat’iy nazar, u axborot to`plash, uni jo`natish,unga ishlov berish jarayonlaridan iborat bo`ladi. Boshqaruv va axborot tizimlari boshqaruvning har qanday bosqichida bir butun bo`lib faoliyat ko`rsatadi. Axborot tizimlari ikki xil bo`lishi mumkin: oddiy va murakkab. Oddiy tizimda-axborot yuzaga kelish joyidan to`g`ri ishlatilish joyiga keltiriladi. U telefon orqali yoki signallar yordamida kelib tushushi mumkin. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi. Murakkab axborot tizimi-bu tizimda axborotning yuzaga kelishi va uni uzatish ishlab chiqarish va boshqaruvning tashkiliy tarkibi murakabbligiga mos ravishda ro`y beradi. Murakkab axborot tizimida axborotga ishlov berishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur bo`ladi.
Axborotga ishlov berishda hisoblash texnikasidan keng miqyosda foydalanilmoqda, avtomatlashish darajasiga ko`ra quyidagi tizimlar mavjud:
-axborotlarni to`la o`zlashtirish davri inson orqali va oddiy mexanizmlar yordamida amalga oshiriladigan axborot tizimi;
-aralash axborot tizimi, ya’ni axborotga mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qurilmalar yordamida ishlov berish tizimi (bu tizim avtomatlashtirilgan nazoratni ta’minlaydi, ba’zida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati ustidan oddiy boshqaruv jarayonini amalga oshiradi);
-axborot ma’lumotnoma tizimi (bu tizim nazorat uchun ba’zi bir ma’lumotlarni berish bilan cheklanadi);
-kuzatuvchi axborot tizimi (bu tizim avtomatlashgan nazorat va boshqaruvni ta’minlaydi).
Axborot jamlash tizimini uning barcha ro`yxatga olish shakllari bilan, dispetcherlik xizmati bilan qo`shib olib borish samara beradi, ya’ni EHM ga zarurat tug`iladi. EHM asosida boshqarish tizimini yaratish ХХ asrning 60-chi yillaridan boshlangan. EHMning qo`llanilishi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish (ASUТP), loyihalash (SAPR), axborotlarga qayta ishlov berish (ASOI), ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash (ASUТPP), korxonalar, firmalar, birlashmalar, tarmoqlar, hududiy tumanlarni boshqarish (ASUP) uchun mahalliy avtomatik tizimlar yaratilishi bilan amalga oshiriladi hamda (OGAS) axborotni yig`ish, uni qayta ishlash uchun umumdavlat avtomatlashtirish tizimidan foydalaniladi. Bu tizimni yiriklashgan holda to`rt darajaga bo`lish mumkin:
-Respublika davlat hisoblash markazi;
-O`zbekiston Respublikasi viloyatlarining davlat hisoblash markazlari (OТVS);
-Iqtisodiy-hududiy davlat hisoblash markazlari (EТGVS);
-korxona, firma, hisoblash markazlari (VS).
ASUP odam-mashina tizimlari, quyidagi uch vazifani bajaradi: boshqarayotgan ob’ekt haqida axborot yig`ish va uni uzatish; uni qayta ishlash; axborotni tahlil qilish va boshqarilayotgan ob’ektga boshqaruv ta’sirini ko`rsatish.
Ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, solishtirish orqali qayta ishlanadi. hozirgi kunda bu qatorga qayta tekshirib olish ham kiradi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida, kuchli raqobat doirasida ko`pincha raqib tomonlar oldindan noto`g`ri yoki teskari ma’lumotlarni tarqatishdan manfaatdor bo`ladilar. Ayrim ommaviy axborot vositalari “kim ko`proq to`lasa - shu haq” qabilida ish tutib, ma’lumotlarni buzilishlariga yo`l qo`yadilar. Shuning uchun ham hozirgi kunda yirik firmalar qo`shimcha tarzda ma’lumotlarni qayta tekshirib olish yoki to`g`ri ma’lumot kanallarini qo`llab-quvvatlash uchun juda katta mablag`lar sarf qiladilar. Ma’lumotlar qo`lda va mexanizmlar, avtomatlashgan tizimlar orqali qayta ishlanishi mumkin.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling