Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- 1-savol bo`yicha dars maqsadi
- 1-savol bayoni
MAVZUGA OID ADABIYOТLAR:
1. Abdullayev Yo. Menejment-Т.: Mehnat, 2000. 59-72 betlar. 2. Meskon M.Х, Albert M. Osnovo` menedjmenta-M.: Delo, 1997. 255-430 str. 8-mavzu: Boshqaruv usullari. Asosiy savollar: 1. Boshqaruv usullari va ularning mohiyati. 2. Boshqaruv usullarining tasnifi. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: boshqaruv usuli, iqtisodiy usul, ijtimoiy ruhiy usul, tashkiliy ko`rsatma usul, boshqaruv vositasi. Mavzuda ko`rib chiqiladigan muammolar: 1.Тashqi muhit omillarining ta’siri ostida boshqaruv usullarining o`zgaruvchanligi va uning egiluvchanligini ta’minlash. 2. Boshqaruv usullari va vositalarining o`zaro bog`liqligi hamda eng ta’sirchan usulni tanlash jarayoni. 3. Insonning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish orqali korxona samaradorligini ta’minlash. 1-savol bo`yicha dars maqsadi: Тalabalarda boshqaruv usullari va vositalari haqida ko`nikmalar hosil qilish. Identiv o`quv maqsadlari: 1. Boshqaruv usullari va ularning o`zgaruvchanligi bilan tanishadi. 2. Boshqaruv vositalarining harakatini izohlay oladi. 1-savol bayoni: Boshqaruv usullari-boshqarilayotgan ob’ektga boshqaruv sub’ekti tomonidan amalga oshiriladigan maqsadli ta’sir vositalari, yo`llaridir. Aniqrog`i, boshqaruv usullari rahbarning o`z qo`l ostidagi xodimlariga belgilab berilgan maqsadlarga erishishlarini ta’minlash yoki ularning o`zaro hatti-harakatlarini, birgalikdagi faoliyatlarini ta’minlash borasidagi maqsadli ta’sir o`tkazish vositalaridir. Boshqaruv usullari boshqaruvning qonunlari va tamoyillari bilan o`zaro bog`liq bo`lib, boshqaruv fanida muhim o`rin tutadi. Albatta, hozirgi boshqaruv mexanizmida bozor iqtisodiyoti sharoitidagi boshqaruvning ob’ektiv qonunlariga to`liq mos keladigan, davr talablariga javob beradigan usullargina ahamiyatlidir. Aynan shu ma’noda boshqaruv usullari ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tizimi bilan bog`liq. Boshqaruv usullari doimiy o`zgarishda bo`lib, ularga bir nechta tashqi va ichki omillar o`z ta’sirini o`tkazadi. Umuman, boshqaruv usullari ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlarining va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o`zgarishi bilan bevosita bog`liq ravishda takomillashib boradi. Boshqaruv usullarini to`g`ri tanlash iqtisodiy rivojlanishda muhim o`rin tutadi. Boshqaruv usullarini boshqaruv bosqichlari bo`yicha (davlat, mahalliy, korxona doirasida), tarmoqlar bo`yicha, turli boshqaruv sub’ektlari tomonidan amalga oshirilishiga ko`ra har xil turlarga ajratish mumkin. Boshqaruv fani va amaliyotida mavjud turli tuman boshqaruv usullari o`ziga xos boshqaruv usullari tizimini tashkil etadi. Barcha boshqaruv usullarini yirik uchta guruhga ajratish mumkin. Bular iqtisodiy boshqaruv usullari, tashkiliy ko`rsatma va ijtimoiy-ruhiy (psixologik) boshqaruv usullaridir. Bu usullarni barchasini birgalikda va o`zaro uzviy bog`liqlikda qo`llash lozim. Ularni qo`llashda to`g`ri tanlab, amalga oshirilgan mutanosiblik boshqaruv muvaffaqiyatining garovidir. Insoniyat o`z rivojlanishi tarixida uchta ta’sirchan boshqaruv vositasini ishlab chiqqan. Bular: iyerarxiya, ya’ni bevosita bo`ysindirish; madaniyat, ya’ni jamiyat miqyosida shakllanib kelgan an’ana, qoida va namunalar asosida ta’sir o`tkazish; va bozor, ya’ni talab va taklif yuzaga keltiruvchi munosabatlar. Shu usullar ichida eng ta’sirchan usul deb, albatta, kishini o`z-o`zidan harakatga soluvchi bozor vositasi tan olinadi. Umuman, bozor vositasi deganda iqtisodiy usullar, iyerarxiya deganda tashkiliy ko`rsatma usullar, madaniyat deganda esa ijtimoiy-ruhiy usullar anglanadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling