Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   200
Bog'liq
pdf

 
 
 
 


205 
XXII BOB. Daryolarning suv resurslari va ulardan
samarali foydalanish
 
 
O‘rta Osiyo, aniqrog‘i Orol dengizi havzasi suv resurslari geografik 
joylashishi va gidrologik xususiyatlari nuqtai nazaridan yagona tizimni 
tashkil etadi. Shu tufayli ularni nafaqat ma’muriy, ya’ni ayrim davlatlar 
sarhadlari bo‘yicha o‘rganish, hatto bu resurslardan shu hududda joy-
lashgan alohida davlatning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan manfaatlari 
yo‘lida ustivor holda foydalanish ham qator muammolarni keltirib 
chiqarishi aniq. 
Quyida, dastlab, "suv resurslari" tushunchasiga ta’rif berilib, so‘ng 
O‘rta Osiyoning yuza suvlari resurslari, bu suvlarning ayrim daryolar 
havzalari bo‘yicha taqsimlanishi, ulardan samarali foydalanish istiqbollari 
va muhofaza qilish masalalari haqida so‘z yuritiladi. 
 
22.1. Daryolar suv resurslari haqida 
Suv ­ Yer yuzasida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. 
Lekin hozirgi kunda tabiatdagi barcha suvlardan bevosita foydalanib 
bo‘lmaydi. Shu bilan birga, "suv resurslari" tushunchasini barcha 
suvlarning sinonimi deb tushunmaslik kerak. Haqiqatan ham bu kategoriya 
faqatgina tabiatga xos bo‘lmay, balki ijtimoiy­tarixiy va iqtisodiy 
bosqichlarda o‘zgarib turadi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida suv resurslari 
tabiatdagi barcha chuchuk va o‘rtacha minerallashgan, tabiiy holda yoki 
sun’iy ravishda chuchuklashtirilgan, tozalangan suvlardan iborat bo‘lib, 
ayni paytda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan va 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan suv manbalari yig‘indisidir. 
Hajmi, miqdori, hosil bo‘lish va joylashish o‘rniga bog‘liq holda suv 
manbalari mahalliy, regional va global suv resurslariga bo‘linadi. 
Xalqaro bitimlarga asosan esa milliy, davlatlararo va umumiy 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling