Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
(umuminsoniy) suv resurslari birbiridan farqlanadi.
Suv qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiradi. Lekin buning uchun, birinchidan, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari zaxirasi asrlar davomida o‘zgarmas bo‘lishi va, ikkinchidan, insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida tabiiy suvlarning ifloslanishi darajasi ularning sifat jihatdan o‘zo‘zini qayta tiklash imkoniyatidan katta bo‘lmasligi kerak. O‘lkamizdagi suv resurslarining asosiy manbalari: daryolar, soylar, buloqlar, suv omborlari, ko‘llardagi tabiiy toza suvlardan hamda yer ostida joylashgan chuchuk va o‘rtacha minerallashgan suvlardan iborat. Bularga qo‘shimcha ravishda muz osti va muz ko‘llari suvlarini, termal (issiq) yer 206 osti suvlarini, tozalangan (ikkilamchi) suvlarni, oqava suvlarining bir qismini, atmosfera yog‘inlari va tuproqdagi namlikni kiritish mumkin. Demak, joylashish o‘rniga ko‘ra yuza suv resurslari bilan yer osti suv resurslari birbiridan farq qiladi. Lekin ular o‘zaro uzviy bog‘langan. Quyida o‘lkamizning yuza suv resurslari sifatida oqim hosil bo‘lish joyidan kelayotgan suv miqdori tushuniladi va ular daryolarning tog‘lardan chiqish joyidagi suv o‘lchash postlari ma’lumotlari asosida baholangan. Shu bilan birga, o‘lkamizda mavjud bo‘lgan ko‘llar va suv omborlarining suv resurslari, ularning tabiiy va antropogen omillar ta’sirida sarflanishi, suv resurslarini muhofaza qilish masalalari ham yoritiladi. 22.2. O‘rta Osiyo suv resurslarining daryolar havzalari bo‘yicha taqsimlanishi O‘rta Osiyoning yuza suvlari resurslari o‘lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog‘liq holda g‘oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Tog‘lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko‘pchilik daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qo‘shilmaydi. O‘lkamiz tog‘larida sertarmoq daryolar, kattakichik soy va jilg‘alar juda ko‘p. Tog‘larni o‘rab olgan tog‘oldi tekisliklarida ancha zich bo‘lgan sun’iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarakatrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya ka- nallaridan, ariqlardan va, shuningdek, zovur hamda kollektorlardan iborat. Tekisliklarda va ayniqsa, tog‘oldi tekisliklarida bug‘lanish jarayoni juda kuchli bo‘ladi. Chunki tog‘larda hosil bo‘lgan suvlar bu yerda sertarmoq irrigatsiya kanallari va ariqlari orqali keng dala maydonlariga yoyilib, ularning katta qismi bevosita suv yuzasidan, tuproq yuzasidan va o‘simliklar orqali atmosferaga bug‘lanadi. O‘rta Osiyo hududidan oqib o‘tuvchi daryolar suvlarining yillik zaxirasi 129,7 km 3 ga teng bo‘lib, ularning daryolar havzalari bo‘yicha taqsimlanishi 27jadvalda keltirilgan. Orol havzasi va umuman, O‘rta Osiyoning eng yirik daryolari - Amudaryo va Sirdaryodir. Mazkur daryolar va ularning Norin, Qoradaryo, So‘x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Sheroboddaryo kabi yirik irmoqlari respublikamiz hududida o‘zlarining o‘rta va quyi oqimlari chegarasida oqadilar. Quyida o‘lkamizda mavjud bo‘lgan yuza suv resurs- larining ana shu daryolar havzalari bo‘yicha qisqacha so‘z yuritiladi. O‘zbekistondagi yirik daryolarning suv zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham 22.1-jadvalda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling